🫥 Ilmga homiylik qiladigan tadbirkorlar koʻpaysin!

Kuni kecha Namanganlik tadbirkorlar homiyligida Matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf), Fizika (7-8 sinf) va Kimyo (7-8 sinf) fanlaridan mukofot jamgʻarmasi 90.000.000 soʻmlik olimpiada oʻtkazilishini e’lon qildik.

PARLAK AMBALAJ, MEXMASH va IFODA korxonalari rahbarlari (Namanganlik) oʻz viloyatidagi iqtidorli yoshlarni aniqlash va ragʻbatlantirish niyatida olimpiada oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishgan edi.

Bundan tashqari PDP UNIVERSITY asoschisi Odilbek Mirzayev tashabbusi bilan umumiy sovrin jamgʻarmasi 5.5 milliard (!) soʻm boʻlgan 10-11 sinf va akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan Respublika olimpiadasi tashkil etiladi. Bu haqida batafsil ma’lumot beraman.

Boshqa viloyatlarda ham olimpiadalar tashkil etilishini xohlaymiz, lekin tadbirkorlar yoki hokimlar bizga koʻmak berishi kerak. Bizni emas, gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirishi kerak!

🤝 Ushbu xabarni oʻz viloyatingizdagi ilmni qadrlovchi insonlarga yuboring. Ular tashabbus koʻrsatishsa, biz tayyormiz!

P.S: oʻtgan 2 yilga yaqin hokimlar, tadbirkor va oʻquv markazlar rahbarlari bilan koʻplab olimpiadalarni yuqori saviyada oʻtkazdik. Gʻoliblar pul mukofotlari va maishiy texnikalar bilan taqdirlanishdi.

33 comments

Biz ham Namangan danmiz oglim juda qiziqyapti
ASILBEK
Toshkent uchun bo‘lsa yaxshi bo‘lardi
ASILBEK
👎👎👎
𝑩𝒐𝒔𝒉𝒍𝒂𝒏𝒈'𝒊𝒄𝒉 𝒔𝒊𝒏𝒇𝒍𝒂𝒓 𝒖𝒏 𝒙𝒂𝒎 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊 𝒃𝒐'𝒍𝒂𝒓𝒅𝒊
ASILBEK
👎👎👎
Ertalab muzda bosh bilan yiqilib tushdiz shekilli, Alloh shifo bersin!
Hilola
Sirdaryoda bulsa xam zur bulardida
Xolboyeva Shahloxon
Saytdan ro'yxatdan o'tolmayabman. Yana o'sha narsa chiqoviryapti
Xolboyeva Shahloxon
😔
Наима Умарова
Toshkent shahrida bo'lsa juda yaxshi bo'lar edi
𝚂𝚑𝚊𝚑𝚛𝚘𝚖OKE
Fargonadayqm bosin
Специалист По Таможенным Оформлением
👍хайрли болсин
Mirzayev Odilbek tashabbusi olimpiadasi haqida ma'lumot bering. Bu olimpiada barcha viloyatlar uchunmi?
10-11-sinflarni olimpiadasi yoniga 9 sinflarni ham qo'shinglar
DilnozaDilmurod
9sinflar uchun ham bo'lsin
Namanganlik bo'lmaganlar ham qatnashsa bo'ladimi
6sinf qatnashsa boladimi
Assalomu alaykum. Man olimpiadalar marafonida g‘olib bo‘lgan edim. G‘oliblarga "Mantiqiy matematika" kitobi sovg‘a tariqasida berilar ekan. Qayta aloqaga chiqasizlarmi? Chunki, saytda faqat telefon raqam qoldirilgan.
Show next 14 comments