🫥 Ilmga homiylik qiladigan tadbirkorlar koʻpaysin!

Kuni kecha Namanganlik tadbirkorlar homiyligida Matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf), Fizika (7-8 sinf) va Kimyo (7-8 sinf) fanlaridan mukofot jamgʻarmasi 90.000.000 soʻmlik olimpiada oʻtkazilishini e’lon qildik.

PARLAK AMBALAJ, MEXMASH va IFODA korxonalari rahbarlari (Namanganlik) oʻz viloyatidagi iqtidorli yoshlarni aniqlash va ragʻbatlantirish niyatida olimpiada oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishgan edi.

Bundan tashqari PDP UNIVERSITY asoschisi Odilbek Mirzayev tashabbusi bilan umumiy sovrin jamgʻarmasi 5.5 milliard (!) soʻm boʻlgan 10-11 sinf va akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan Respublika olimpiadasi tashkil etiladi. Bu haqida batafsil ma’lumot beraman.

Boshqa viloyatlarda ham olimpiadalar tashkil etilishini xohlaymiz, lekin tadbirkorlar yoki hokimlar bizga koʻmak berishi kerak. Bizni emas, gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirishi kerak!

🤝 Ushbu xabarni oʻz viloyatingizdagi ilmni qadrlovchi insonlarga yuboring. Ular tashabbus koʻrsatishsa, biz tayyormiz!

P.S: oʻtgan 2 yilga yaqin hokimlar, tadbirkor va oʻquv markazlar rahbarlari bilan koʻplab olimpiadalarni yuqori saviyada oʻtkazdik. Gʻoliblar pul mukofotlari va maishiy texnikalar bilan taqdirlanishdi.

33 comments

Show 9 more comments
Наима Умарова
Toshkent shahrida bo'lsa juda yaxshi bo'lar edi
𝚂𝚑𝚊𝚑𝚛𝚘𝚖OKE
Fargonadayqm bosin
Специалист По Таможенным Оформлением
👍хайрли болсин
Mirzayev Odilbek tashabbusi olimpiadasi haqida ma'lumot bering. Bu olimpiada barcha viloyatlar uchunmi?
10-11-sinflarni olimpiadasi yoniga 9 sinflarni ham qo'shinglar
DilnozaDilmurod
9sinflar uchun ham bo'lsin
Namanganlik bo'lmaganlar ham qatnashsa bo'ladimi
6sinf qatnashsa boladimi
Assalomu alaykum. Man olimpiadalar marafonida g‘olib bo‘lgan edim. G‘oliblarga "Mantiqiy matematika" kitobi sovg‘a tariqasida berilar ekan. Qayta aloqaga chiqasizlarmi? Chunki, saytda faqat telefon raqam qoldirilgan.
Javohirbek Orifjonov
Qayerda yozilgan? Ko‘rmadim.
Aynan shu xabaringizni qayerdan copy qildiz))
S B
Aynan shu xabaringizni qayerdan copy qildiz))
O‘sha kommentga kirib ko‘rdim. Javob berilmagani uchun qayta yubordim.
Javohirbek Orifjonov
O‘sha kommentga kirib ko‘rdim. Javob berilmagani uchun qayta yubordim.
Birinchi marta qatnashib, g‘olib bo‘lganim uchun qiziqib so‘ragan edim. So‘ramasam bo‘lar ekan.
Javohirbek Orifjonov
O‘sha kommentga kirib ko‘rdim. Javob berilmagani uchun qayta yubordim.
Unda uzr, shu ma’nodagi xabarga pochtadan ham telegramdan ham javob bergan edik.

Saytdan roʻyxatdan oʻtilgan raqamga pochtadan yuboramiz 18-yanvardan keyin
Сайт ишламаяптими,кира олмаяпмиз,илтимос жавоб қайтарворинглар.Унақада Наманган олимпиадасига қандай қатнашсак бўлади.
5-синфларники эртагаликка кўчирилдими
Наманганликларни натижаларини қачон эълон қиласизлар,илтимос жавобини интизор кутиб қоламиз.
Show next 3 comments