Assalomu alaykum hurmatli kimyoga qiziquvchilar, kanal obunachilari! YKO ning 1-bosqichi oldin xabar berganimizdek online test shaklida bo'ladi. Hozirda test savollari saralanib, tayyor holga keltirilmoqda👨‍💻📚📝
Hakamlarimiz tuzib yuborgan sara topshiriqlar ichidan eng kreativ, ajoyiblarini tanlab olishga harakat qilyapmiz. Ammo bu oson bo'lmayaptida😉 Ko'plab yaxshi savollar yuborilgan🙃

1-bosqichga oxirgi tayyorlov jarayonidan oldin umumiy ovoz berish o'tkazmoqchimiz:

📌Testni qaysi tilda ishlashni xohlaysiz?📌

Rus tilida kimyo o'rganganlar shu tilni afzal ko'rishlari mumkin, ammo bunday yoshlar YKO ishtirokchilari orasida bo'lmasligi ham mumkin. Xullas, agar YKO da qatnashuvchilar orasida ham olimpiada testini rus tilida ishlashni xohlovchilar yetarlicha ko'p bo'lsa, biz topshiriqlarning rus tilidagi variantini ham tayyorlashimiz lozim bo'ladi.

Shuning uchun, azizlar ovoz bering, va do'stlaringizni ham chaqiring, balki tanishlaringizdan kimdir boshqa variantni afzal ko'rar.

#Ovoz bering, boshqalar ovoz berishi uchun ulashing.

4 comments

Ingliz tilida bolsin
Rahmatova Dilorom
ㅤ
Ingliz tilida bolsin
Nega🧐🤔
Rahmatova Dilorom
Nega🧐🤔
Ingliz tilida boʻlsa shu baxona kimlardur shu tilni oʻrganishga qiziqib qolar
Зиёдахон Бобожонова
Qachon buladi