Муштарийдан мактуб“Assalomu alaykum Xushnudbek aka yaxshimisiz. Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidanman. Kanalizni doimiy kuzatuvchisiman. Kanalda
openbudget.uz portalida "ochiq budjet" loyihasi haqida ma‘lumot bergan edingiz. Men ham siz bergan ma‘lumotlar asosida qishloq yo‘llarimizni ta‘mirlash taklifi bilan loyihada qatnashgan edim. Loyihada yutib chiqdik yaqinda qishloq yo‘limizni ta‘mirlab ketishibdi”
P.S.: бу каби сўзларни эшитиш ёқимли. Қайсидир ислоҳотлар амалда секин-аста ишлашни бошлаганини кўриб, аслида барча ўзгаришлар ўз қўлимизда эканлигига янада ишонаман.
Халқ уйғониши, давлатни бевосита ва билвосита бошқаришда иштирок этиши
(гарчи бу йўлда қийинчиликлар ва тўсиқлар кўп бўлса ҳам), асосийси бефарқ ва лоқайд бўлмаслиги керак. Айниқса, тўлаётган солиқлар қаёққа кетаётганлигига кўпроқ қизиқиш
(ва албатта солиқлардан бўйин товламай, ўз вақтида тўлаш), давлат бюджетининг тасарруф этилиши бўйича доимий жамоатчилик назорати ўрнатиш лозим. Бу мамлакат келажаги учун жуда муҳим.
👉 @xushnudbek 👈
Kuz-qish mavsumi boshlandi. Tabiiy gazga ulanish masalasini ham olib chiqing. Mustaqillikka 30 yil bo'ldi, qachon hammani uyida tabiiy gaz bo'ladi? Qachongacha gaz ballonlar tashib, ko'mir yoqib, qishda o'tin yorib kun o'tkaziladi, uylar tutab zahar tutunlar hammani kasal qiladi.
Odamlarga eng avvalo sharoit kerak eski uyda bo'lsa ham. Yangi uyga hammani iloji yetmaydi. Va odamlarga eng avvalo gaz, svet va toza ichimlik suvi kerak, yangi uy ham emas, bular birlamchi ehtiyoj,qorni och bo'lsa ham issiqqina uyda o'tirsin.