Муштарийдан мактуб

“Assalomu alaykum Xushnudbek aka yaxshimisiz. Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidanman. Kanalizni doimiy kuzatuvchisiman. Kanalda openbudget.uz portalida "ochiq budjet" loyihasi haqida ma‘lumot bergan edingiz. Men ham siz bergan ma‘lumotlar asosida qishloq yo‘llarimizni ta‘mirlash taklifi bilan loyihada qatnashgan edim. Loyihada yutib chiqdik yaqinda qishloq yo‘limizni ta‘mirlab ketishibdi”

P.S.: бу каби сўзларни эшитиш ёқимли. Қайсидир ислоҳотлар амалда секин-аста ишлашни бошлаганини кўриб, аслида барча ўзгаришлар ўз қўлимизда эканлигига янада ишонаман.

Халқ уйғониши, давлатни бевосита ва билвосита бошқаришда иштирок этиши (гарчи бу йўлда қийинчиликлар ва тўсиқлар кўп бўлса ҳам), асосийси бефарқ ва лоқайд бўлмаслиги керак. Айниқса, тўлаётган солиқлар қаёққа кетаётганлигига кўпроқ қизиқиш (ва албатта солиқлардан бўйин товламай, ўз вақтида тўлаш), давлат бюджетининг тасарруф этилиши бўйича доимий жамоатчилик назорати ўрнатиш лозим. Бу мамлакат келажаги учун жуда муҳим.


👉 @xushnudbek 👈

163 comments

Show 100 more comments
Bu yozganlarni Xushnud aka o'qiydilarmi, nega umuman javob yo'q
Juda hurmatim baland sizga, martabangiz, ilmingiz bundanda ziyoda bo'lsin, xalqni xizmatida charchamang
Mehriniso Nodirova
Assalomu alaykum yaxshimisiz Xushnud aka bizarning oilada 4kishi kontrakt òqiydi shunga bironta imtiyozlar yòqmi
ХА БУ ЖУДА ЯХШИ ЛОЙИХА. БУГУНДАН МАХАЛЛАМДАГИ ХАММАНИ ШУНГА ЖАЛБ КИЛАМАН.
Assalom alekum Xushnudbek xotinim yaqinda tugdi 2 ta farzandimiz bor xotinim uqiydi masofaviy talim bor edi oldin endi yuq qilishdi nimaga yana yuq qilishdi shunga imkoniyatlar bormi, xali bolamiz yosh.
Nodirjon 56-maktab Direktor
Рахмат Хушнудбек!!!- сиз туфайли мен ва жамоамизни харакатлари саробга айланмади. Бизни мактаб Наманган вилояти Чуст туманидаги 56 мактаб булиб, хозирда 665 нафар укувчи таьлим олади , синф хоналаримиз линонуем булиб , улар хар йили йиртилиб , хунук холатга келиб колган эди . Жамоамизни 10-15 нафар жонкуяр мураббийлари билан сиз таклиф берган лойиха оркали синфларимиз замонавий холга келиб пол килинаяпти, бунинг сизга ва тарбиялаган ота- онангизга бутун мактабимиз укитувчилари ва коракуз укувчилари номидан миннатдорчилик билдирмокчиман . Уларни дуосида булиб юриш доимо насиб килсин.
𝑻𝒐'𝒚𝒄𝒉𝒊𝒚𝒆𝒗𝒂 𝑴
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Oldindan talaba bòlish(10 sinf òquvchisi imtihon topshirsa) mumkinmi va buning uchun nimalar talab qilinadi?
Assalomu aleykum hammaga Men Ochiq budjet loyihasiga muammolarni yozgan edim lekin uni ijtimoiy tarmoqlarda ovoz yegʻish kerak degan joyini oʻqib qoldim ,endi shu muammoni qanday qilib ijtimoiy tarmoqga yuborsam boʻladi ,koʻrsatma berib yuboring
Assalomu alaykum openbudget sayti ishlamayapti. Men tashabbusimga ovoz yiğishda qiynalayapman. Nima qilishimiz kerak?
Assalom- u alaykum. Men ham shu tumandanman. Men ochiqbudjet hisobidan aholi uchun kutubxona qurilishi tashabbusi bilan chiqqan edim. Ovoz berish jarayoni boshlangach ( bitta ovoz berilgandan keyin), negadir ma'lumotlar ko'rinmay qoldi. Nafaqat ovoz beruvchilarga, hatto tashabbus egasiga ham. Boshqa tashabbuslar ham ko'rinmay qoldi. Ovoz berish jarayoni boshlanguncha hammasi yaxshi edi. Qisqa qilib aytganda, ovoz yig'ish imkonini qo'lga kiritdik, lekin bu imkondan foydalanish imkoni berilmadi.
Assalomu aleykum yo'limiz tekis va ravon bo'lsin xalqimiz o'rzu umidlari ushalsin