Xayrli kech aziz o’quvchilar, ota-onalar va ustozlar. Juda tig’iz bo’lgan ish jarayonim sababli kanalda ozgina susayish kuzatildi:) Albatta buning uchun uzr so’raymiz. Nasib qilsa ertadan #kuntesti va #kunsavoli loyihalari davom etadi. Qolaversa onlayn olimpiadalar ham yana qaytadan boshlanadi. Shu o’rinda ikkita yangilik aytmoqchiman:

1. Bo’sh vaqt topishim bilan siz azizlar uchun qisqa video darslar tayyorlamoqchiman.
(Takliflaringizni commentda qoldiring, shunga ko’ra video yozaman)

2. JOZIBADOR MATEMATIKA onlayn matematika olimpiadasining sertifikatlari shanba kuni e’lon qilinadi.

Cheksiz hurmat bilan Bazarbayev Sardor.

👉
@bazarbaevs

158 comments

Show 78 more comments
Assalomu alaykum, boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun ham soddalashtirilgan matematika darslari olib borsangiz, sababi bizda attestatsiya savollari matematikadan murakkabroq bo'lyapti. Oldindan raxmat.
Mashhura
Assalomu alaykum.Testlar juda yuqori saviyada tuzilgan. Kattarahmat.Ijodiy muvaffaqiyatlar tilayman👍👍👍👏👏
MALIKA
Ziyo taratishda charchamanglar. Kuntestlari qaytadan ishga tushishidan xursandmiz. Shu o‘rinda videodarslar berilsa ham nur ustiga a‘lo nur bo‘lardi.
@Islomali_Muxammadali@
Ассалому алейкум.хайрли кеч. Фарзандларимиз кунлик тестга урганиб колишибди. Хечам чарчаманг. Ишингизга омад. Сиздек инсонлар борлигига Шукур. Рахмат.
👉👨‍👩‍👦‍👦 Gulrux 👨‍👩‍👧👈
Assalomu alaykum Sardor Bazarbayev va u kishining ijodiy jamoalariga omadlar tilaymiz. Farzandimiz kun testlarini doim bajarib kelyapti raxmat sizlarga. Omad ishlaringizga.👍
Shohida Rustamboyevna
Assalomu alaykum ishlaringizga omad olimpiadalaringizda faol qatnashyapmiz yana bo'lsin shunaqa olimpiadalar
⁂ 𝕿𝖊𝖒𝖎𝖗𝖔𝖛𝖆 𝖅𝖆𝖗𝖓𝖎𝖌𝖔𝖗 ⁂
Assalomu aleykum! Sizlarning ishingizdan juda xursandmiz! Berilgan topshiriqlar soddadan murakkabga ko'ra tayyorlangan. Bazi topshiriqlarni bajarishda qiynalishyapti. Lekin har kuni bajaramiz. Ishlaringizga omad!!!
Dinora Baxodirovna
Assalomu alaykum! Boshlagan ishlaringizga omad! Murakkab olimpiada masalalari yechimlari keltirilgan qiziqarli,tushunarli video darslar bo'lsa xursand bo'lardik.
Akbarshox
Assalomualaykum Sardor aka xayrli kun
Sizga iltimosim bor edim. Men o‘qishga onlayn hujjat topshirdim lekin xato qilibman sirtqi ni o‘rniga kunduzgi ni belgilaganman. Endi shu arizani qaytarib bo‘ladimi hech kimdan javob topolmayapman. DTM ga ham tel qildim ammo nomeri umuman ishlamaydi. 1195 qisqa raqam ekan. Iltimos shu masalada menga yordam bering. Javobingizni kutaman.
Baxodir Shoimov
Videodarslarni 1-11-sinflar tushinadigan tilda sodda, aniq va ravon bo'lsin. O'quvchilarga dars oxrida mavzuga oid testlar bersangiz yaxshi bo'lardi. Keyingi darsgacha testlarni bajarish shartini qo'ysangiz. Videodars mofaqiyatli bo'lardi.
Assalomu alaykum. Triganometriya mavzusiga puxta tayyorlangan videolar bo'lsa yaxshi bo'lardi!!!
Assalomu alaykum 16.05 dagi sertifikatlar to'liq berildimi meniki va singlimniki chiqmayapti qidirdim familya ism Arslanova Nodira,Arslanova Saida
Дилдора Тошматова
Карантиндаги бушликни тулик коплаб беряпсилар сизлар бор экансиз фарзандларимиз ун яхши келажакни орзу кила оламиз Ишиларга омад
Sizga omad tilaymiz. Aslo charchamang ziyo bilim yo'lida. Sinflar kesimida qiling. İloji bo'lsa. Farzandim 2-sinf bu yıl.
Nafisa
👍👍👍👍👍👍
E'lon qilinganku
Sertifkatli test yana qachon bo‘ladi aytib yuborila😔
Kamronbek Boymatov
Salom
Дилдора Тошматова
ШАРИПОВ АБДУРАШИД
Sertifkatli test yana qachon bo‘ladi aytib yuborila😔
Овозли хабарни эшитинг
Show next 59 comments