❗️11 кун қолди

Бугун, 4 июнь. Қабул жараёнлари бошланишига атиги 11 кун қолди.

Бироздан кейин, аниқроғи соат 12:00 да Бош вазир ўринбосари Бехзод Мусаев раҳбарлигида 2020/2021 ўқув йили қабул жараёнига бағишланган онлайн брифинг бошланади.

Онлайн брифингда Олий ва ўрта махсус таълим вазири Иномжон Мажидов, Давлат тест маркази директори Маджит Каримов, Халқ таълими вазири Шерзод Шерматов, бир гуруҳ ОТМ ректорлари ҳамда ОАВ вакиллари иштирок этади.

Тадбирда 2020/2021 ўқув йили қабул жараёнини ташкил этиш, қабул параметрлари ҳамда кириш тест синовларини ўтказиш билан боғлиқ барча саволларга атрофлича жавоб берилиши кутилмоқда.

Брифинг “Ўзбекистон24” телеканали ҳамда радиоси орқали тўғридан-тўғри эфирга узатилади.


👉 @xushnudbek 👈

695 comments

Show 100 more comments
«Sariq🟡» va «qizil🔴» hududda yashaydigan abituriyentlar nima qilishsin?

🟢«yashil» hududlarda 5-iyundan o‘quv markazlar bitta guruhda 10 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘quvchini o‘qitishi, oliy o‘quv yurtiga tayyorlashi mumkin.
Bu adolatsizlik emasmi ?

Ertaga imtihonda baribir bir xil darajadagi savollar tushadi. Voy, Eshmatbek, siz «yashil» hududdan ekansiz, 5-iyundan repetitorda tayyorgarligingiz davom etdi, mana sizga qiyinroq test, yoki voy, Gʻishmatbek, siz «qizil» hududdan ekansiz-ku, «yashil» hududdagi abituriyent raqibingiz o‘qishga tayyorlanishni 5-iyundan boshladi, peshanangiz sho‘r ekan, siz tayyorgarlikni davom ettira olmadingiz, mana sizga osonroq savol, demaydi birov baribir.


Hushnudbek, Shuni ham yoritish kere manimcha, brifingda qatnashsangiz shu savollarni bering , ILTIMOS !!!!
Рахмонова L
Adambaev
Assalomu aleykum. Men shahodotnomamni yoqotib qoydim. Maktabimga qaytadan berasizlarmi degandim. Ular skanerini bolsa beramiz lekin asl nusxa berilmaydi dedi. Asl nusxasiz o'iqshga topshira olamanmi. Iltimos biladigonlar javob bervoringlar.
Siz ozingiz yashayotgan shaxar yoki tuman xtbga uchrab .Ariza bn chiqasiz va ular korib chiqib gazetaga taxriryatga elon berishadi shu orqali tiklashingiz mumkin
Asalomu aleykum brifingda savol bermoqchiman qayerdan berish mumkin
Iltimos javobini ayting juda zarur edi
Hammaga assalomu aleykum ishqilib bugun hal bolsinda
Узи шунака булади асосийларига жавоб беришмайди, беришсаям крутись-вертись коч деган жойи булади. Лекин шунча халк илхак булиб кутяптику......
Hammasi bugun Hal buladi degan umiddamiz. Inshaalloh Hal bulsinda bugun
Assalomu Alaykum, Rasmli TESTlar bo'ladi degandi(Masalan Chet tillaridan) , atigi bittadan namunasini chiqarishsa, o'quvchilar test haqida tushunchaga ega bo'lishi kerak ku... Manashu masala Kim oydinlik kiritadi...
To'g'risi juda ko'p narsa tushunarsiz....
Shaxnoza
Shu kentish bo'lsa bizaniyam talabalar ko'tarilib chiqishadi shekille Amerikaga o'xshab
Unda qizigi yoqku ozimi qiziqtirgan savolni bermasam
Xushnidbek aka qizil hududlardagi o‘quv markazlar faoliyati nima bo‘ladi. Meni Surxandaryoda viloyati Sariosiyo tumanida o‘quv markazim bor. Surxandaryoda virus bilan kasallangan odamlar yo‘q. Lekin Tojikiston bilan chegara hudud bo‘lganligi sababli Sariosiyo qizil hududga kirgizilgan. Undan keyin xonalar sig‘imi katta bo‘lsa masalan 100 kishilik bo‘lsa, o‘sha xonada ham 10 kishiga o‘tish kerakmi yoki belgilangan masofani saqlagam holda 15-20 kishi qilsa ham bo‘ladimi? Qizil hududdagi abituriyentlar taqdiri nima bo‘ladi. Iloji bo‘lsa bugungi brifingda mana shu savollarga aniqlik kiritsangiz
Узи шунака буладику хар доим
Assalomu alekum bu yil harbiy komondonlik tavfsiyanomasi qanaqa taribda o'tadi yoki avalki yilga o'xshab noxaqlik bo'lami
Show next 100 comments