Шавкат Мирзиёев сардобаликларга тезроқ ҳовли қуриб бериш кераклигини таъкидлади

Президент кеча бўлиб ўтган йиғилиш давомида мутасаддиларга аҳоли учун қуриладиган уйлар сифати ва муддати борасида ҳам алоҳида топшириқ берган.

«Уй қурилишини бир йилга чўзманглар, барча жабр кўрган инсонлар икки ойда янги, ҳовлисига райҳон ва мевали дарахтлар экиладиган сифатли уйларга кўчиб ўтиши керак», деган Шавкат Мирзиёев.

Топшириқ бўйича 14 майдан бошлаб вилоят ҳудудида қурилиш ишлари бошланади.

Яқин кунларда президент Сирдарё вилоятига бориши кутилмоқда.


👉 @xushnudbek 👈

165 comments

Show 100 more comments
2 oyda sifatli uy qurib bomiydiyu
Eshitishimcha kop qavatli uy qurib berilar ekanku. Yana kamiga kreditga
Jahongir
Sabr bersin sizlarga! Yana bu uylar ham qoldan o'tar egasiga yetar uylardan bo'lmasin tag'in. Bu qurilish standartlarini tekshiradigan idoralar ham konditsionerli honada o'toravermasdan davlatdan o'ylikni olib borib tinmay tekshinsin sifatini u yerdagi o'girliklarni joyoda yoqotsin .
Jahongir
defektolog_Durdona
Kim SUV omborini chala Qurgan bolsa oshani ozi qurub bersin yana oddiy xalq ogir axvolda qoladigan boldi
Tiyin tiyinigacha yetmasa mol-mulki musodara qilinsin. Shuncha to'layotgan soliqlarimiz oltinlarimiz tabiy boyliklarimiz pullari qayerga ketyabdi
Jahongir
Hurmatli prezidentimiz shaxsan o'zingiz nazoratga oling. Bundan keyin ham sizga ovoz beraylik. Shuncha miliyon xalq sizni duolarimiz bilan qollaymiz
Давронбек
Jahongir
Tiyin tiyinigacha yetmasa mol-mulki musodara qilinsin. Shuncha to'layotgan soliqlarimiz oltinlarimiz tabiy boyliklarimiz pullari qayerga ketyabdi
Уларни гуштни бизга караганда купрок истеьмол килади.мана каёкка кетяпти
Sirdaryoliklar?? Qurilish ishlari qanday ketyapti?