Abituriyentlardan tushgan arizalar sonini yo‘nalishlar kesimida onlayn ko‘rish mumkin

Buning uchun Davlat test markazi tomonidan yaratilgan qabul.dtm.uz saytiga kirish va oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim tilini tanlash kifoya.

Bunda tanlagan oliy ta’lim muassasasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

👉 qabul rejasi (davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida);
👉 abituriyentlar soni;
👉 tanlov ko‘rsatkichi.

Mazkur ma’lumotlar har bir ta’lim shakli bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi.

Ma’lumotlar har soatda yangilanadi.


👉 @xushnudbek 👈

726 comments

Show 100 more comments
Bu faqat 1 yonlish sifatida tanlangalarmi sonimi yo jami 1_2_3_4_5 hammasi bolib hisoblagndami
Criminal
Sirtqi taʼlim sohasiga topshirgan abiturientlar qanday ko'radi topshirgan sohasiga qancha odam topshirganligini Xushnudbek aka shu haqida ham aytib o'tsangiz!
Kechigi 18:00 dagi statistika bilan hozirgi statistika orasida +21k farq bo'lishi mumkinmi???
Assalamu alaykum.bu korsatilgan raqamlar abiturentlarning faqat birinchi yo’nalish qilib tanlaganimi yoki hammasimi iltimos oydinlik kiritib beringlar
Bu yil grant boʻladi inshaalloh. Hammaga omad!!!!!!
Pardayev.О.Т.PP/227
Topshirgan sohasini qanday uzgartiradi agar fikridan qaytib qolsa????
Diplomatiyaga topshirganlar bayramni qilishni boshlagandir-aaa.Hammasi òqishga kiribdiku😀
Nargiza Boboyeva
Assalomu aleykum
Заочныйниям билса булармикин ?
Сохиба Абдувалиевна
qanaqasiga?
25ta kvota uchun 19kishi dokument topshirgan.Diplomatiyaga qabul tugadi.Endi soni òzgarmaydi
Сохиба Абдувалиевна
Bu raqamlar umumiy olinganmikin yoki faqat 1-tanlaganlarnimikin
Сайёра Абдурахимова
Diplomatiyada odam juda ozmi yoki ...
Сохиба Абдувалиевна
Ohhooo😂😂
Мелиева Я.Х
Nega ba'zilarida topshirganlar soni ko'rsatilmagan
Show next 100 comments