Abituriyentlardan tushgan arizalar sonini yo‘nalishlar kesimida onlayn ko‘rish mumkin

Buning uchun Davlat test markazi tomonidan yaratilgan qabul.dtm.uz saytiga kirish va oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim tilini tanlash kifoya.

Bunda tanlagan oliy ta’lim muassasasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

👉 qabul rejasi (davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida);
👉 abituriyentlar soni;
👉 tanlov ko‘rsatkichi.

Mazkur ma’lumotlar har bir ta’lim shakli bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi.

Ma’lumotlar har soatda yangilanadi.


👉 @xushnudbek 👈

726 comments

Show 100 more comments
𝓐𝓱𝓻𝓸𝓻 𝓐𝓴𝓱𝓶𝓪𝓽𝓸𝓿
Sayt qotib ishlayapti. Umuman kira olmayapman. Do‘stlarimda ham shu ahvol.
Ikromjon Murodilov
Tilni tanlab bolmayaptiku
☆☆☆☆☆☆☆☆ ☆☆☆☆☆☆☆☆
Hammaga xayrli kech. Menga Xushnudbek Xudoyberdiyevning telefon raqami kerak edi. Kim bilsa, aytib yuboringlar, iltimos
Yosinbe Tojiboyev
Tilni tanlab bolmayapti nima qilaylik
☆☆☆☆☆☆☆☆ ☆☆☆☆☆☆☆☆
Manshunday bolayapti
Tilni tanlashda xatolik bosaa play marketdan firefox brauzerini yuklab olinglar
Eski brauzerlarda muammo boladi
Salom nimaga tibbiyot oliygohlariga ro‘yhatdan o‘tishda oliy xamshiralik yo‘nalishi chiqmayabdi
Shahzod ....
Assalomu alaykum yordam beringlar tilni tanlab bulmayapti firefox brauzeridan ham bulmayapti tanlab maslahat beringlar
Asliddin Sattarov
Asalomu alaykum
Hammasi zoʻr ishlayapti. Faqat imtiyozli abituriyentlar sonini ham koʻrsatsa zoʻr boʻlar edi.
Asliddin Sattarov
Men bir narsani suramaqchi edim
Mohitabonim*
Bunda sirtqi shakli chiqmaydimi
Assalomu alaykum, tilni tanlab bõlmayapti. Nima qilishim kerak.
Yordam beringizlar.??
DIYOR
Tilni tanlab bu‘mayapti
Tilni tanlab bôlmayaptii
Show next 100 comments