Abituriyentlardan tushgan arizalar sonini yo‘nalishlar kesimida onlayn ko‘rish mumkin
Buning uchun Davlat test markazi tomonidan yaratilgan
qabul.dtm.uz saytiga kirish va
oliy ta’lim muassasasi hamda
ta’lim tilini tanlash kifoya.
Bunda tanlagan oliy ta’lim muassasasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar
aks etadi:
👉 qabul rejasi (davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida);
👉 abituriyentlar soni;
👉 tanlov ko‘rsatkichi.
Mazkur ma’lumotlar har bir
ta’lim shakli bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi.
Ma’lumotlar
har soatda yangilanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Assalomu aleykum Hushnudbek aka yaxshimisiz. Bir savol bilan murojaat qilayotgan edim .savolim shundan iboratki joriy taʼlim mavsumidan har bir OTMlarida horijiy OTMlar bilan qoʻshma talim yunalishlari ochilgan edi va bu 2020-2021 yilda ham davom etirilar ekan . Lekin nima sababdan bu yunalishlarda davlar granti yoʻq va kontrakt toʻlovi juda qimmat . Bir tanishim oʻqidi milliy universitetda qozon federal universiteti bilan qoʻshma taʼlimda kontrakt summasi 20 mlndan ortiqroq ekan eshitishim buyicha .stipendiya yoʻq ekan . Agar iloji boʻlsa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarizda shu masala boʻyicha atroflicha izoh berib post qoldirsez yaxshi boʻlar edi. Chunki kopchilik 2+2 da oʻqishga qiziqadi lekin shartlarini bilishmaydi va ushbu talim yunalishi boʻyicha oʻzimizning OTM larga perevod qilsa boʻladimi. Sizga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman oʻqib chiqqaniz uchun. Raxmat!