⚡️ Ota-onalardan kelgan takliflar!

Xayrli kun azizlar. Ko‘pchilik nega sinflar birlashtirilib olimpiada qilinishi haqida savol berishadi. Bu xalqaro tajribada qo‘llaniladigan usul. Lekin ota-onalarni taklifini ham inobatga olgan holda medalli olimpiadalarni 1, 2, 3, 4-sinflarni alohida o‘tkazish va 50% testlar darslikda mavzular asosida bo‘lishiga qaror qildik. Endilikda har boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faqat o‘z sinfida kurash olib boradi. O‘rta va yuqori sinfdagilar odatdagidek davom etadi.

Yana takliflaringiz bormi? Marhamat izohlarda qoldirsangiz adminlar o‘qib chiqishadi. Salomat bo‘ling.

44 comments

Show 2 more comments
Zo'r taklif bulibdi sinf kesimida bulsa yaxshi bulardi. Ingliz tili fanidan xam olimpiada bulsin
Jumaniyazova Malika Mirzayevna
Yuqori sinflar uchun ham alohida alohida bo'lsin
Jumaniyazova Malika Mirzayevna
Iltimos
Жуда зур булибди. Сизлардан Оллох рози булсин. Олимпиадалар сонини купайтирсангизлар яна хам максадга мувофик буларди.
O'rin olgan ishtirokchilarni zoom orqali oğzaki savol javob qilingizlar. Balki boshqa inson ishlab berayotgandir
Assalomu alaykum.Sinflar kesimida bo'lsa yaxshi bo'lardi
Madina Rajabova
Assalomu alaykum sinflar kesimida boʻlsin. 5-sinflar umumiy 5-6-7-8- sinf testni ishlashga qiynaladi
Assalomu alaykum. Juda zoʻr lekin foydalanayotgan adabiyotlarizni tarjima qilib bizlarga sotsangiz ham zoʻr boʻlardi(baribir oʻzbek tilida juda kam yoki yoʻq)). Darslik bilan cheklanib qolmasdi Oʻquvchilar. Taklifim. Shu
Zamira Kushnazarova
Ассалому алайкум бу жуда яхши булибди 5-6-7-8-синфларни хам алохида килиб 50% мактаб программасидан кушса булмайдими?
Juda zo'r bo'libdi raxmat tashkilotchilarga
Ruwaa
Har bitta sinfga alohida qilib o‘tqazsangizlar juda yaxshi bòlardi
Нигора Исакова.
Sinflar kesimida savollar yoki testlar chiqarsezlar,va aloxida kanal tashkil qilibkunlik noodatiy topshiriqlar berilsa,farzandlarimiz xar kuni1soat vaqtini shunga sarflab óz ustida ishlashsa va xafta oxirida natijalar berilsa, óz xatosini tekshirib yanayam óz ustida ishlashga mativatsiya bólarmidi.
Жуда яхши бўлибди.Мен ҳам шуни ўйлаётгандим. Ўғлим қатнашяпти. Аммо математекасини тушунмаган жойига ёрдам қиляпмиз.Инглиз ва рус тилларини ўзи қиляпти. Танқидий фикрлашни ҳам ўрганяпти. Раҳмат жамоага. Омад ёр бўлсин.
Нигора Исакова.
Farzandim intil olimpiadasi qatnashib judayam qiziqib qoldi.yuqoridagi taklifimga munosabat bildirasiz degan umiddaman,zero farzandlarimiz bósh vaqtidan unimli foydalanishga órganishadi.
Istam Xo'jayev
Ajayib fikr sizlarga katta raxmat.Biz tomondan har qanday yordamga biz tayyormiz.Albatta o'ta iqtidorli bolalar bilan onlayn suhbat uyushtirsangiz nur ustiga a'lo nur bo'lardi albatta imkoniyat darajasida.O'ta iqtidorli bolalardan qanaqadir jamoa tuzish imkonini qilish qilsangiz biz ota onalar yordam berardik.
Синфлар кесимида булади деган гапингизга кушиламан, бошлангич синфлар учун! Дарсликдан булгани янада яхши!!!👍👍👍💤
Катта углим Илхомжонов Илгорбек онлайн олимпиадаларда иштирокини сизларни каналингиздан бошлаган ва кун саволи лойихасида иштирок этиб 2-уринни эгаллаган эди, 2020 йил.У сизлардан бошлангич билимларни олган озми купми... Хозирча углим Президент мактаби укувчиси! Бунинг учун Сардор Базарбаев жамоасига уз миннатдорчилигимизни билдираман!👏👏👏👏👏
Yaxshi lekin katta sinflarga ham shunday bo‘lganda bo‘lar edi 5-8 sinflar bo‘lgandi kichik sinflar qiynalib qolishadi ya'ni 5-sinflar va boshqalar
Olimpiada zoʻr boʻldi
Show next 21 comments