Bilasiz, Toshkent shahrida maktabimiz va oʻquv markazimiz bor. Shu sababdan turli grantli olimpiadalar qilamiz.
Xorazmda hozircha bunday imkoniyatga ega emasmiz. Lekin tajriba sinov tariqasida bu hafta faqatgina 3-4 sinf oʻquvchilari uchun mukofotli (naqd pul va onlayn darslar uchun vaucher) hamda bepul olimpiada oʻtkazib koʻraylikmi?
Ushbu xabar 100 ta reaksiya olsa, oʻtkazishni oʻylab koʻramiz😉
Izoh: Faqat 3-4 sinf deganimizni sababi, bu hafta ulgursak ham faqatgina 3-4 sinflarga mos yangi savol tayyorlay olamiz. Bizda eng muhimi yangi va sifatli savollar. Bu tajribamiz ijobiy natija bersa, boshqa sinflarda ham navbatma-navbat qilamiz. Barchaga birdek oʻtkaza olmaymiz. Bu maktab sigʻimi bilan ham bogʻlik.