This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Танзила Норбоева олий таълимда коррупция илдиз отиб кетганини танқид қилди

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати раиси Танзила Норбоева Сенатнинг 6-ялпи мажлисида мамлакатдаги бирорта олий таълим муассасаси дунёнинг энг кучли олий таълим муассасалари 1000 талигига кирмагани ва мамлакатда ОТМларга киришдан бошлаб, битиргунгача коррупция илдиз отиб кетганини танқид остига олди. 

“Таълим тизимини, айниқса, олий таълим коррупция иллатидан буткул ҳалос этишимиз зарур. Таҳлилларга кўра, олий таълимда коррупция ҳолатлари деярли барча босқичларда мавжуд. Талабаликка қабул қилишдан тортиб, ўқиш жараёнидаги синовлар, талабаларнинг ўқиш жойини кўчиришгача бўлган босқичларда кенг тарқалган. Таълим сифатида бу ҳолатлар салбий таъсир кўрсатибгина қолмай, мамлакатимиз олий ўқув юртларининг халқаро рейтинглардаги ўрнини ҳам туширяпти”, дейди Норбоева. 

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈

51 comments

🤙•B€K•🤙
👏👏👍👍
Deyarli so'ziga o'rin yo'q. Aniq barcha bosqichda bor
Din va diyonatni bilmagan odam nafaqat oliy talimda, barcha soxalarda ham korrupsiya qiladi.
Sanamjon
Ba bir ham OTMlarda judayam ko'p korrupsiya ro'l o'ynab ketadi
Sanamjon
O'qshga kirshzdan tortib bitrb chiqunzcha qancha hop bitrb oldiz yaxshiro ishga kiraman dsezam pul bershga to'g'ri keladi hozrki payyta ....
Гуля Гули
Буларкану хақиқатни тан олишга ва ошкор айтишга.
Рахмат Тонзила хоним, шу йуйсинда давом етсайиз, Узбекистонда яшаётган камбагал катлам болалари учун ПАРЛОҚ КЕЛАЖАК яратасиз.
Сизга омад ёр булсин.
E'zozaxon
Assalomu alaykum. Shu majlisi mavzusi juda yaxshi ayni hozirgi eng muhim masala. Man ozimi fikrimi etsam eng avvalo maktab ta'limini dars berish jarayonini surunkali kuzatib borishligi kerakligini aytgan bolardim. Balkim shunda o'qituvchlarimiz ikkiyuzlamalik qilmasdan har doim darslarni mukammal olib borishardi. Man bu yil 11-sinfi bitirdim. Lekin umuman qoniqmadim darslardan, shu sababli repititorga bordim. Agar maktab bilimi avvalgidek kuchli bolgan hech kim hozirgi kunda repititorga borib otirmasidi. Mablagi yoq oila bolalari repititorga borolmasdan oqishga qizigi yoqolib bormasidi.
Sanamjon
Bizani davlatmizi kelajagi porloq qachonki korrupsiya degan narsaga batamom nuqta qoyilsagina....
Bir talaba aytdi: domla sessiya un shuncha shuncha pul yig'ib oldi. (Jahli chiqib) shoshmay tursin bolasi mani qo'limda ham o'qiydi, ikki baravar qilib qaytarib olaman dedi. Talabaning aytishi bo'yicha: qasosini korrupsiya bilan olarmish. Unday qilma desak, hamma shundayku dedi, hamma olyaptiku dedi. Qovun qovundan rang oldi.
Sanamjon
Bizani davlatmizi kelajagi porloq qachonki korrupsiya degan narsaga batamom nuqta qoyilsagina....
Korrupsiya batamom tuxtamidi uni hayol qlshgina mumkin. Manaman degan davlatlarda ham korrupsiya bor faqat korrupsiya foizi kam
Sanamjon
Bizani davlatmzchalik kop bo'lmasa kerak chet davlatlarida
Do'slar bu qo'shma hamkor uqish ochildiku ekzamen buladimi kantrak yuqori ekanda. Kimda malumot bor
Sanamjon
Haqiqatdan ham qovun qovundan rang oladi shu sessiyani ming azob bilan yopgan boladan qandey domla chiqadi u yam kelajakda huddi shu qilmasligiga kim kafolat beradi hich kim
Pora olganlarni qo'lini kesish kerak shunda to'htaydi korrupsya ☹️
Shohrux Bahodirov
Pora olganlarni qo'lini kesish kerak shunda to'htaydi korrupsya ☹️
Qonunchilikda bu jazo yoqda. Paygambarimiz qilgan edilar. O'g'rilik qilgan onani qolini kesgan edilar. Bolasi ochlikdan o'lmasligi un.(majburan qilgan edi) bizada esa nagliiii(ularga qo'l kesish ham kam)
Show next 32 comments