❗️1 февралдан иш ҳақлари ва стипендиялар 10 фоизга ошади

Президент қарорига мувофиқ, 2021 йил 1 февралдан бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи, нафақа ва стипендия миқдори 10 фоизга оширилиши белгиланган.

1 февралдан бошлаб мамлакатимизда:

➖ меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори - 747,3 минг сўм миқдорида (ҳозир 679,3 минг сўм);

➖ базавий ҳисоблаш миқдори - 245 минг сўм миқдорида (ҳозир 223 минг сўм) белгиланди.


👉 @xushnudbek 👈

186 comments

Show 100 more comments
Shox Medic
Oylik olmaydiganlarni farzandlari nma boladi endi kontrakt 20% oshsa 16 mln boladi kechagi murojaatdagi xalqni qashoqlikdan chiqarish haqidagi gaplar qayoqga ketdi endi
YUSKA🔥
Biz bilgandik, biz kutgandik
🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️
Bu yerda yana narx navo kantirak lar oshadi xali 4 kurslardi kantiragini kamaytir madi xam 4 kurslar 12 oy o'qimaydiku
Ha yana shu xolat faqat oylik osha ekan hamma narsaga tasir etadi bu 10%oshishi
Ataylab kontrakt oshdi degan postning emas, stipendiya oshdi degan postning izohlarini o'qigandim. Hamma norozi kayfiyatda ekan. Ishqilib oxiri baxayr bo'lsin.
Keyingi safar maosh oshirishmoqchi bo‘lsa kattokoñlar hech qayerda e‘lon qilmasa yaxshi bo‘lardi shunchaki oshirilgan maosh bo‘yicha beraverish kerak 🤣🤣🤣 chunki narxlar patolokni yorib yubordi 😂😂😂😂
Kontraktlarni oshirmaslik masalasini mening fikrim portaliga joylasak. Ovoz berasizlarmi ?
Ulugʻbek
Surxondaryolik talabalar ham bormi
Oylik 10% oshadi narxlar 50 60 70% oshadi oylik oshmagani maqulmi
Лола
Ойликка ушокгина кушилади аммо кантрактга филдек кушилиб биз ота оналарни кийнайди
Инфляция бу йил 11,1 фоиз экан, утган йили 15,2% булган экан. Ойликлар 2019 йил учун- 7%, 2020 йил учун 10 % кутарилди. Нимадир кампании?
Раъно Маматкуловна
Ulugʻbek
Albatta kopchilik ovoz bersa kk menimcha
Albatta
Kantrak oshadi😭
Assalomu aleykum Xushnudbek aka, stipendiyalar oshgani nima uchun stipendiyasiz ta'lim olayotgan talabalar uchun zarariga ishlashi kerak, stipendiyasiz tizimdagilarning 12 oylik stipendiyasi 400 ming soʻmdan hisoblanadi, lekin stipendiyali tizimdagilarniki esa hozir 428 ming soʻm, 1-fevraldan esa 470 ming soʻm, stipendiyasiz taʼlim olayotganlar har oy 70 ming soʻmni olmaydimi?
Пенсия ошмасаканми
Show next 8 comments