01.02.2023 soat 00:59
Ko‘pchilik uyquda. Lekin bizning jamoa hali ham
KHISO ofisida ishdamiz. Bir guruh jamoamizdagilar
KUNTESTI mobil ilovamizda yanvar oyi g‘oliblarini aniqlashmoqda. Natijalardan skrinshotlar olindi va ballar nolga aylantirildi.
Yana bir guruh esa
yangi (bir vaqtning o‘zida 3 ta)
kitoblar ustida ishlamoqda. Hammasidan takliflarni eshitganimda xursand bo‘laman. Sababi, barchasidan taklif qanday qilib shu aziz yurtimizning farzandlarini yanada ilmga qiziqishini orttirish mumkinligi haqida.
Ha aytgancha, ertaga
PDP olimpiadasining 1-saralash (onlayn) bosqichi
@pdpolympiad_bot da start oladi va 5-fevralgacha davom etadi. Finalchilar aniqlanib, 12, 19, 26-fevral kunlari
PDP UNIVERSITY binosida oflayn tarzda kurash olib borishadi.
4-fevralda esa Xorazmga uchib ketaman. 5-fevral kuni 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan
"Viloyat hokimi sovrini" uchun olimpiada boshlanadi. Bu haqida batafsil yozaman.
Bu oyda har bir yakshanba (albatta boshqa kunlari ham) tadbirlarimiz bor ekan. Shu sababdan har oylik oflayn olimpiada fevralda bo‘lmaydi, lekin martning 1-yakshanbasida o‘tkaziladi.
Shuningdek, 5-fevral kuni
khiso.uz platformasida
"Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining 5-bosqichi o‘tkaziladi. Bu haqida ertaga e'lon beriladi.