Максимал балл олганлар сони 52 нафарга етди

ДТМнинг мандат сайтида Президент грантига номзодлар рўйхати эълон қилиб борилмоқда. 5 кунлик тест натижаларига кўра, 52 нафар абитуриент энг максимал 189 балл тўплашга муваффақ бўлган.

Кеча, 9 августда тестга кирган 41 нафар абитуриент 189 балл тўплаган. Жумладан, Тошкент давлат юридик университетида 22 нафар, Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетида 12 нафар, қолгани бошқа ОТМлар.

Ҳозиргача 189 балл тўплаганлар қуйидаги ОТМларда кузатилган:

Тошкент давлат юридик университети — 22;
Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети — 12;
Тошкент тиббиёт академияси — 5;
Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети — 4;
Тошкент давлат иқтисодиёт университети — 3;
Бухоро тиббиёт институти — 1;
Навоий давлат педагогика институти — 1;
Қорақалпоғистон тиббиёт институти — 1;
Қорақалпоқ давлат университети — 1;
Бухоро давлат университетининг Педагогика институти — 1;
Термиз давлат университетининг Педагогика институти — 1.

Президент грантига даъвогарларнинг тўлиқ рўйхати билан мана бу ерда танишиш мумкин.

Эслатма: Президент грантини олиш учун албатта 189 балл олиш шартмас, энг юқори балл олган 200 нафар абитуриент даъвогарлик қилади. Агар 189 балл олганлар 200 нафардан кам бўлса, демак бошқа юқори баллар ҳам ушбу грант учун даъвогар бўла олади.

P.S.: майли, мен ухлай қолай, эртага тонг саҳар тестга боришим керак :)


👉 @xushnudbek 👈

412 comments

Show 100 more comments
🍁ERKATOY🍁
90 ball bilan milliy g‘oyalalarga kirsa bo‘lami bu yil sirtqiga iltimos aytib yuboring
Assalomu aleykum. Agar maksimal ball olganlar 200 kishidan ko'p bo'lsa, unda aynan kimlarga beriladi? Birinchi 200talikkami?
M Yuldosheva
Assalomu-alaykum kim biladi shu yili tarixi sirtqisiga necha ballar bo‘ladi taxminiy
Ikromova Sayyora
Assalomu alaykum Xushnudbek aka
Savolim shuki litseyga hujjat tooshirganmiz 3 ta joyga lekin imtihon sanalari barcha litseylarda bir vaqtda bo'lsa ular hammasiga kira olmaydiku.Nega Unda 5 ta joyga topshirish mn deb aytilgan yo imtihon sanalarini har kunga qoyish kerak edi
Agar birxil bal olganlar 4 ta bõlsa bittasi grantga qolgani kantrakka tushib qoldi unda qanday chora kõriladi qolganlari kantrakka õqiydimi yoki grandlar soni kõpayadimi
X variant tarqalganmi eski sarqit ishlar tagdan ish bajarishlar yoki savollar shunchalik soddami
Ақниет
12 minutlik audio foydasi uxtii
Barakalla ota onasiga rahmat shularni kelajakda yurtimizga halol hizmat qiladigan inson bo'lsin
Fozilkhuja Idrisov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sog'salomatmisiz sizdan bir narsani sōramoqchiman .Men tibbiyot oliyhohiga topshirdim va 152,25 ball oldim hozirda davolashishiga kontrakka tōg' ri kelopti lekin 2- yōnalishim pediateriya edi unga Grantga tōg'ri kelopti shunga sizdan sōramoqchiedim tanlash imkoniyati bormi . Grant I tanlasam ham bōladimi iltimos aniqlik kiritib bering
Oldindan raxmat sizga
Fozilkhuja Idrisov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sog'salomatmisiz sizdan bir narsani sōramoqchiman men tibbiyot oliyhohiga topshirdim va 152,25 ball oldim hozirda davolashishiga kontrakka tōg'ri kelopti lekin 2- yōnalishimga grant ga tōg'ri kelopti shunga sizdan sōramoqchiedim tanlash imkoniyati bormi iltimos shunga aniqlik kiritib bering iltimos
Oldindan tashakkur
Mirzohid
3foizli kvotam bor 122.80 bal bilan Toshkent davlat pedogogika universitetiga,Milliy gʻoya va maʼnaviyat huquq taʼlim yoʻnalishiga kirolamanmi iltimos bilganlar boʻlsa aytib yuboringizlar
Mirzohid
Xushnudbek aka iltimos aytib yuboring
Shuxratjon Sayfutdinov
Ассалому алайкум, абитуриент 189 балл олишига купчилик ишонмаса керак, чунки бу дегани 5 фанни хам жуда яхши узлаштирган дегани.
Хаёт Халилов
Maksimal ball olganlar soni 200 nafardan oshib ketsa qanday bo‘ladi?
Nigora Barnoyeva
Хушнудбек сиз канака тест топширасиз?тушунмадим нима булгандаям омад
Nodira Nuraliyevna
2016 yil shunaqa holatlar ham bulgandiki 189 ball tuplaganlar daje budjetga uta olishmagandi
Dilrabo Bahromovna
Assalomu alekum
Sotliqova kursdoshimni singlisi👍👍👍
Assalomu alaykum. Agar institutga sirtqi topshirsayu, lekin maksimal ball toplasa. Uyog'i nima bo'ladi? prezident stipendiyasini olaveradimi? Yoki faqat kunduzgilae uchunmi? Keyin, kontrakt masalasi nima bo'ladi?
Show next 15 comments