Ozimam salkam oqituvchiman opa! Ozimam kurs otganman mashaqqatini bilaman. Kasbga chidamas ekan shunday ustozlar tanlamaslik kk edi bu kasbni. Oqituvchilik faqat dars berishdan iboratmas.
Siz hozir bilan yashamen. Hop hoz toʻgʻri qilgan boʻlsa indinga qaysi bala ustozni hurmat qiladi. Agar mani farzandim ustoziga hurmatsizlik qilsa yoʻqotaman katta boʻlganda keyin manga ham shunday boʻlib qaytishi mumkin. Sal aqlni ishtinge bugun farzandizni tarafini olib ustozni bexurmat qilib ertaga oʻziz shu ahvolga tushib qolishdan qoʻrqmesizmi
Nma majbur qildikan uzr sorashgacha boribdi oqituvchilar
Gulnora To'raboyeva
Эхххх, мен хам сал кам 30 йиллик укитувчиман, бу бош неларни курмади, энди укитувчига хам офтоб тегди десак, эссиз, эссиз, укитувчини эзиш шунчаликка бориш, билмадим устозлар сабрини синашаяптими дейманда......
Sanjar Sidiqov
SHugun bitta vidoe ko‘rdim. Bir bola hajviy qilib vidoe taxlagana.Unda shunday deyilgan: "Bizning TA'LIM TIZIMIMIZ da ikki narsa yo‘q: 1. Ta'lim 2. Tizim
O'qituvchiga Imperatorlik unvonini emas oddiy o‘qituvchilik unvonini bersak ham edi ancha yaxshi bo'lar edi.
☘
Juda jahlim chiqdi to'g'risi. Aslida ota-onalar o'qituvchilardan kechirim so'rashlari kerak edi farzandlari yaxshi natijalarga erisha olmaganliklari uchun. O'qituvchi bilimni beradi. Uni o'zlashtirish o'quvchidan. U o'zlashtirishni hohlamasa o'qituvchida nima ayb?! Eng avvalo ota-ona farzandini yaxshi tarbiya qilsa, menimcha yaxshi tarbiya olgan farzand maktabda yaxshi bilim oladi, o'z ustida ishlaydi. Insonlarning kelajakda yaxshi natijalarga erishishida avvalo maktabning o'rni juda katta. O'qituvchilarni shunga majbur etganlarga nisbatan keskin chora ko'rilishi kerak
To‘g‘risi,bu xabarni eshitib o‘qituvchi sifatida shokka tushdim. Hali ham hazm qilolmayapman.Manimcha,o‘qituvchilar maqomi to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishini kechiktirmaslik kerak. Xushnudjon,shu qonun loyihasi haqida batafsil ma'lumot bering,iltimos.
Óкитувчилар эмас óзи коринвой, хорамхор амалдорлар узр сораш керак
"Bizning TA'LIM TIZIMIMIZ da ikki narsa yo‘q:
1. Ta'lim
2. Tizim
O'qituvchiga Imperatorlik unvonini emas oddiy o‘qituvchilik unvonini bersak ham edi ancha yaxshi bo'lar edi.
Кеча қонли эди юраклар, аммо
Бугун қонатяпмиз яна камини.
Эртага авлодлар кечирмас асло,
Мамлакат хор этса муаллимини!
Юксакдан тушмасми Темурнинг туғи,
Чирқираб қолмасми аждодлар руҳи,
Қачон рост бўлади ёлғон шукуҳи,
Мамлакат хор этса муаллимини!
Илмсиз гўзал деб бўлмас ҳаётни,
Танитиб бўлмайди дўстлару ётни,
Тушида кўргайдир тараққиётни,
Мамлакат хор этса муаллимини!
Ақллар ўсмайди, қолгайдир қотиб,
Тафаккур лаззатин кўрмайди тотиб,
Кўча тозалатиб, дарахт оқлатиб,
Мамлакат хор этса муаллимини!
Норғул йигитлари қулликка маҳкум,
Қизлари андиша дарсидан маҳрум,
Жанозаси тайин, ўлимга маҳкум —
Мамлакат хор этса муаллимини!
Бу ҳасрат тугамас, битмасми ҳали,
Шуми ўқитувчилик касбин бадали,
Ўзига келгайдир хорликнинг гали —
Мамлакат хор этса муаллимини!
© Ўткирбек Муҳаммадсобир
Xushnudjon,shu qonun loyihasi haqida batafsil ma'lumot bering,iltimos.