This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

1063 comments

Show 100 more comments
kerak vaqtda ota onadan ham ko'proq joni achidi ayniqsa boshlang'ich sinf o'qituvchilar o'z farzandlaridan ziyoda ko'rishadi kerak vaqti
МАМЛАКАТ ХОР ЭТСА МУАЛЛИМИНИ

Кеча қонли эди юраклар, аммо
Бугун қонатяпмиз яна камини.
Эртага авлодлар кечирмас асло,
Мамлакат хор этса муаллимини!

Юксакдан тушмасми Темурнинг туғи,
Чирқираб қолмасми аждодлар руҳи,
Қачон рост бўлади ёлғон шукуҳи,
Мамлакат хор этса муаллимини!

Илмсиз гўзал деб бўлмас ҳаётни,
Танитиб бўлмайди дўстлару ётни,
Тушида кўргайдир тараққиётни,
Мамлакат хор этса муаллимини!

Ақллар ўсмайди, қолгайдир қотиб,
Тафаккур лаззатин кўрмайди тотиб,
Кўча тозалатиб, дарахт оқлатиб,
Мамлакат хор этса муаллимини!

Норғул йигитлари қулликка маҳкум,
Қизлари андиша дарсидан маҳрум,
Жанозаси тайин, ўлимга маҳкум —
Мамлакат хор этса муаллимини!

Бу ҳасрат тугамас, битмасми ҳали,
Шуми ўқитувчилик касбин бадали,
Ўзига келгайдир хорликнинг гали —
Мамлакат хор этса муаллимини!

© Ўткирбек Муҳаммадсобир
Ismoil Qulto‘rayev
To‘g‘risi,bu xabarni eshitib o‘qituvchi sifatida shokka tushdim. Hali ham hazm qilolmayapman.Manimcha,o‘qituvchilar maqomi to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishini kechiktirmaslik kerak.
Xushnudjon,shu qonun loyihasi haqida batafsil ma'lumot bering,iltimos.
Tfu bunday mansabdorlarga
Tubanlikning eng yuqori darajasi
5 YILDAN BUYON O‘QITUVCHINI SHANI VA ISH HAQQINI KO‘TARAMIZ DEB GAPIRISHADI
ISH HAQQINI YANA 5 YILDAN KEGINGA KO‘TARAMIZ DEB BAYONOT BERISHDI.ADLIYA VAZIRI MABLAG‘ YOQ DEB GAPIRDI .QANI NATIJA .....
Soxibjon Mamadaliyev Oqsuv- G'ovazon
Xammasiga ota onalar aybdor sal qolini tegassa yugurib kelib sudga berib tolli novdasida bollari soniga urushni joriy qilish kk qo'ligami ustozni sal xurmat qilmasak millat tanazzulga yuz tutishi aniq
barcha chuqur iltimosim barchangizdan iltimos qilaman buni shunday qoldirmaylik balki shu ozgina xarakatimiz bilan internet zamon yangiliklaridan foydalanib bu masalani ijobiy yakunlaylik
shu xolicha qolmasin
М.Рустамовна.
Мен барча укитувчиларга таъзимдаман
Muhammadiyev
Malades ustozlarni yana ham ko'proq yerga uraylik, hurmatsizlik qilaylik, bir kun kelib holimizga maymunlar ham yig'lashga or qiladi bu ketishda
Bekhzodjon Baxodirovich
Bu juda dahshatli vaziyat. Tarbiyasiz, baʼzilari esa umuman bolasi bilan ishi yoʻq loqayd ota onalar aybdor taʼlim sifati tushib ketishiga. Ular kelib yoppasiga ustozlardan kechirim soʻrash kerak.......
Sanjar Sidiqov
Xushnudbek sizni telefon raqamizni anchadan buyon izlab topolmayabman.
pedagogni jamiyatimizda davrimizda o'rnini tiklash mustaxkamlash sizu bizni qo'limizdadur balki
Sanjar Sidiqov
Sizga ba'zi bir savollarim bor edi. Oldindan rahmat.
Tulqin
Uqtuvchillarni hurmat qilishi kerak
Doʻstlar, qachon birlashamiz? Qayerni qarasam bir-birimiz bilan talashib, bir-birimizni obroʻsizlantiramiz.
Boʻldi endi, hadeb tortishavermaylik.
Qachongacha Pandaga o'xshab "Ichki xotirjamlik" deb yurarkanmiz-a😔
Тан олиш хам керак эпламачи болиб кетди мактабдаги устозлар хам дарс тугаса болди
Show next 100 comments