Dastlabki ta'lim oilada boshlanadi. O'qishga kirish un dastlab oilada muhit yaratilib, bola qo'llab quvvatlanishi kerak. Oilada sharoit ochib berilmasa faqat ustozni kuchi yetmaydi, nazarimda.Lekin ahvol shu darajaga yetguncha maktab jamoasi ham oila bn hamkorlikda targ'ibot ishlarini olib borib o'qish, yuksalishga qiziqtirishi kerak edi.
Maktablarni har xil ranglarga ajratilishini o‘zi noto‘g‘ri. O‘qishni istamagan o‘quvchiga, ming xil yo‘l bilan bilim bering baribir o‘qimaydi, chunki uni qiziqishi o‘qishga emas hunarga bo‘lishi mumkin. Ota onasi umuman tarbiya bermasa o‘qituvchi nima ham qilsin. Masalan hozir ura-ura bilan maktablarni Kundalik.comga o‘tkazishdi. Maktabdagi vay-fay ikki sinf narida ishlamaydi. Qog‘oz kundalikni tekshirmagan onalar kundalik.comni tekshirarmidi. Endi kundalik.comda qizilga tushib qolmaslik uchun sinf rahbarlar ham ota-onalar, ham o‘quvchi uchun kundalik.comga kirib chiqishga majbur bo‘lishyapti. Sinfda kamida 30ta o‘quvchi bo‘lsa hisoblayvering necha soat o‘qituvchi telefonga tikilib o‘tirishini. O‘qituvchilar o‘qituvchi bo‘lganiga ming bora pushaymon bo‘lib ketishyapti. Xullas, gapirsa gap ko‘p....
Otalar uyida shoh bolsin ,farzand tarbiyali boladi
u oz ishini qiladi
hamma jihatdan maktabga osilgan
O‘shanda hokimlarga insof berarmidi.