This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

1063 comments

Show 100 more comments
Muhammadali
Qonunlarimiz ishlamaydi amalda. Ko'p gap qog'ozda va og'izda qolib ketadi. Nega ilm yo'lidagi o'qituvchilarni oyligini boshqa davlatlardagidek oshirmaysizlar. Bizda ilm yo'liga sarmoya kiritishni istashmaydi. Oyligi mayli qadrini ham yerga urishadi.
Рахмонова
Raxmat Xushnudbek toʻgʻri fikirlariz uchun.
Andijondagi bu voqeani ko'rib to'g'risi jaxlim chiqdi. O'qituvchilarga berilgan buyrakratik topshiriqlarni deb o'zining asosiy vazifasini to'liq bajarishigayam vaqt yetkazolmaydi.
Bu xabarni òqib juda tushkun kayfiyatga tushdim,chunki òzim ham òqituvchiman.Biz òqituvchilarning maqsadi faqat ziyo tarqatish,yaxshilik qilish.Shu insonlarni ham òqituvchi òqitgan--ku! Nima haqqi bor ! Òsha òqituvchilarning soģligi nima bòldi? Buni òylashmadimi?Nega hadeb òqituvchini ayblashadi?Birinchi òrinda muhit,ota-ona,oila turadiku! Oddiy muallimga bu ishni ravo kòrganlar bir kun kelib maktabda dars berib kòrishsinchi?Balki,bizni tushunisharmidi?Essiz,essiz!Agar òsha òqituvchilar ichida boĺganimda,aniq soģligimni yòqotgan bòlardim.Har qanday vaziyatda ham bu ish notòģri,hech kimning haqqi yòq birovning shaxsiyatiga tegishga,ayniqsa,ustozlarning.Buyuk bobolarimiz ustozlar sha'niga she'r,ģazallar bitishganda,bu nimasi endi! Òsha maktab òquvchilari ustozlariga qanday qarashadi,nima deb òylashadi?Obròsizlantirib qòyishdiku òz òqivchilarini oldida.Bunga albatta chora kòrish kerak.Rahmat ,sizga Xushnudbek,fikrlaringiz uchun.Ustozlik mashaqqatli,ammo sharafli kasb. Òqituvchi bòlganimdan afsuslanmayman,ammo bu holatda..... Biz ham farzandlarimizga,oilamizga ,kimgadur kerakmiz-ku axir!
To‘g‘risi, uzr so‘raysan hammang desa indamay tik turib uzr so‘ragan o‘qituvchilarga ham qoyil qolmadim, inson sal o‘zini haq-huquqiniyam bilishi kerakda..
➣꯭꯭😻🍇❀ 𝐌𝐚𝐥𝐢𝐤𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐳𝐚𝐲𝐞𝐯𝐚 😌꙰꙲🌸꙲꙰➣
Ассалому алайкум,авваломбор,ушбу вокеага реал фикрингизни билдирганлигингиз учун Хушнудбек,сизни Ота онанингизга Рахмат, таълим ва тарбия учун аввало ота она маъсул,агар хакикатдан укитувчи боладан катьийлик билан таълим ва тарбия ни таълаб килса,хозирги ота оналар буни тугри тушинмай,укитувчи устидан арз килиб рахбариятига чикади.Бунака холатдан укитувчилар учун бир йилда бир марта содир булса хам бас, бутун умрига татийди,зеро устоз хар доим укувчиларини яхши инсон булишга чорлайдиган даъватини тушиниб,тушинмасликка олган ота оналар бадали бутун укитувчилар фаолиятига кескин таьсирини утказади деп уйлайман.
Shu fikrga qòshilaman. Hozirgi ota-onalar issiqqayam sovuqqayam kònmaydigan xilidan. Ularga òqituvchi farzandini faqat erkakab papalab kòklarga kòtarib turib olim yetishtirib berishi kerak. Umuman hech nima talab qilmay faqat natija kòrsatishi kerak. Yoqmas qolsin
Abror
Oldin bola o'qimasa qo'rqitilgan ota ona ham ustoz ursa uncha buncha ga indamagan, hozirgi bolalarga va bazi odamlarga bunday holat bolani xo'rlash hisoblanadi, bunday xo'rlanish maktabda sinfdoshlar oldida yoki mahallada bir ikki marta bo'lsa menimcha har qanday bola ko'zini ochib o'z yo'lini topib ketadi to'g'ri tushuncha berilsa, bo'lmasa bir umr xo'rlanadi o'zining menini ustun qo'ysa.
Bunday holatdagi ba'zi rahbarlar hamma joyda tiqilib yotibdi, chunki ular yaloqxo'r va ura urachi ularda bilim yo'q. Ular o'zini o'ylaydi.
Yana ba'zi joylarda maktablarni Bazi OTM qaramog'iga bergan, bu yana rasvogarchilik, OTMdagi o'qituvchi OTM da dars o'tish ishlash uchun o'z ustida ishlasinmi, yoki maktabga borib vaqtini otkazsinmi,bazi XTV xodimlari eplolmayotgan bo'lsa quyi bo'g'indan xodim jalb qilib rahbar qilsa o'zi eplab ketadi, hozircha bazi rahbarlar ishini rasmga tushish uchun bajarish adi. Hamma Ruslan Davletovga o'xshab fikrlab ishlasa yaxshi bo'lsa kerak. Oldimizdagi axmoqroq odam rahbar lavozimga otirsa omadini bersin deymiz, u omadini bilmadimu kimningdir dodini beradi, shunaqa gaplar. Ular va unga o'xshaganlarning bazilari ertaga ko'tariladi, ko'raverasiz.
Farxod Badalov
To‘g‘risi, uzr so‘raysan hammang desa indamay tik turib uzr so‘ragan o‘qituvchilarga ham qoyil qolmadim, inson sal o‘zini haq-huquqiniyam bilishi kerakda..
Òqituvchi zoti shunaqa xokisorda. Aslida esa shu paytgacha haqiqatan Xushnudbek aka aytganlariday biz ustozlar paxta terib, dala ishlariga majburlanib òrganganib qolganmiz. Endi uzr sòrashniyam majburlashsa sòrashganda
Shu XTB boshliqlari hammasini burni koʻtarilgan😒...Bola qiyshiq boʻlsa oʻqituvchida nima ayb😒...Maktabda 5-10% sal yaxshi bolalar bor..qolgani qoʻpol qilib aytganda bir tiyin...Soʻrasa hamma oʻqituvchi istayotgan bilimini bera oladi..Hatto oʻzi bilmasa boshqa oʻqituvchini tavsiya beradi...
Farrux Tursunov
G'ishtni qolipdan ko'chirib quyishadida keyin uzr so'rashadi o'zi yuqoridagilar endi nima o'zgaradi shunchaki o'qituvchining jamiyatimizdagi o'rni qay darajada ekanligiga guvoh bo'lib turibsiz achinarli holat ammo achingandan foyda yuq
O'sha mutasaddilar kursini bo'shatib qo'ysin! O'qituvchini mazax qilishga zarracha haqqi yo'q!
Hokimiyat aralashuvini taʼlimdan optashash kerak. Eng qoʻpol jonzotlar hokimiyatda ishlaydilar. Oʻqituvchi bilan hokimiyat bu alohida insonlar degani. Ular taʼlimni tushunmaydilar.
Хасан А.
Махаллий хокимият еки умуман Узбекистондаги хокимият органлари купчилиги мактаб (коллеж еки бошка урта махсус укув даргохи) укитувчилари ва укувчилари пахта терими еки шунга ухшаш кишлок хужалиги ишларига жалб килинмаяпганлигини, килинмаслигини, жалб киллиш катьиян МАН килинганлини хали хануз хазм килишолмаяпти. Улар букиб колишган, шунинг учун хам буни хазм кила олишмайди. Шунинг учун хам хар хил куракда турмайдиган харакатларни куряпмиз. Екинда кайсидир туманда укитувчилардан "виждон хати" мажбурлаб ездириб олинганлигини курдик. Энди эса бу гап, эртага нима булади, худо билада. Президентимиз канча укитувчиларни обрусини кутаришга харакат килмасин махаллий хокимият барибир чакишдан тухтамаяпти. Битта йул колди, махаллий хокимият аиалдорларини хаммасини ишдан бушатиб урнига еппасигатукитувчиларни тайинлаш. Ярим ставка булса хам, тушликкача мактабда дарс бериб тушликдан кейин хокимиятда ишлашсин.
3D DRIVER
ЭНГ ачинарлиси бундай билимсиз миллат бу кетишда хали узоқ бошқа юртларда оиласини боқиш учун қулдек хизмат қилади, мана натижа . РАХМАТ КИБР ЛИ Х.Т Б. га
Bu butun jamiyatga isnod, ahvol uchun real jazolar qollanilishi kerak
Hurmati tushirilgan o'qituvchilarga ma'lum badal undirib berilishi shart. Hokimyat yana qanaqadir uzrxonlik bilan jamiyatni aldamasin. Ortiqcha gapga hojat yo'q.
Rahmat sizga Xushnudbek.To‘g‘risi kecha o‘sha holatni ko‘rib tamog‘imga bir narsa tiqildi,o‘qituvchi bo‘lganim uchun ularning rasmda egilgan,mung‘aygan boshlarini ko‘rib yig‘ladim.O‘qituvchini oladigan oyligini ustida baxslashib tortishadiganlar hech atrofga nazar tashlaganmikin o‘qituvchi kasbidan boy bo‘lib ketgan "millioner o‘qituvchini"ko‘rganmikin.Bu kasb egalari doim haminqadar yashashgan.Sizdek bizni kasb egalarini tushunadigan farzand tarbiyalagan ota-onangizga rahmat.ILOHIMumringizdan baraka toping.
Дилрабо
Яхшиям шу бир икта инсон бор шунака ахмокгарчиликларни гапириб каршилик билдириб турасизлар булмаса бу акиллилар бошка ишларни хам килдиради узини зур курсатиш учун
Isakulov M.R. (I.M.R.)
To'g'ri Xudhnidbek fikringiz. Mening fikrim o'sha mutasaddilarni o'sha o'qituvchilar bilan bir maktabda birga Oddiy o'qituvchi lavozimida ishlatish kerak o'shanda biladi o'qituvchilik kasbi qay darajada mashaqqatli ekanligini.
Nima deyapsan-e?
Abdurahimjon
Assalomu alaykum. Qoyil qoldim lekin 😏 arzimagan oylikka ertadan kechgacha maktabdan ketmaydigan o'qituvchilar endi ota-onalardanam uzur so'rab o'tirsa. Bola o'qisa nima o'qituvchi uchun o'qiydimi yoki o'qituvchi o'qishga kirgan o'quvchisiga boshqacha dars o'tib beradimi faqat bir tomondan qaramaslik kerakku shunga tepadagilarni aqli yetmaydimi. O'qishga kiraolmagan bo'lsa asosan o'quvchining o'zi aybdorku.
O'sha tupoy mutasaddilarni orqasiga tepish kerak. Ongi shunchalik ham past bo'ladimi. Bazi hayvonlar ham ulardan yaxshi fikrlasa kerak
Show next 100 comments