❗️Ота-оналарга яна бир бор маслаҳат!

Илтимос, фарзандингизни хорижга, айниқса қўшни давлатларга ўқишга юборишдан олдин яхшилаб ўйланг. 4 йил хорижда ўқитишга розимисиз, бунга шароитингиз борми, бораётган университетида тайинли билим бериладими ўзи, нуфузли олийгоҳми, таълим сифати қанақа, эртага ўғлингиз ёки қизингиз хорижда Сиздан узоқда қийналиб қолмайдими, шуларни яхшилаб ҳисоб-китоб қилинг.

“Майли, ҳозир бораверсин, кейинги йил бир амаллаб “перевод” қиволамиз” деган алдамчи хаёлларга берилманг. Фарзандингиз тестда жорий йилги ўтиш балини тўплай оладими ёки йўқми, шуни ўйлаб кўринг ва кейингина қарор қабул қилинг.

‼️Яна ва яна қайтараман: хорижга ўқишга бориш ёмон иш эмас, аксинча, қанийди кўпроқ ёшларимиз нуфузли хорижий университетларда ўқиб қайтишса, дунё кўриб, ривожланган жамиятлар ҳавосидан нафас олиб келишса, зўр бўларди-ку. Аммо ўқиш учун эмас, балки “перевод” қилиш учунгина хорижга боришни тавсия қилмайман.

ℹ️ Эслатма: жорий йилда ўқишни кўчиришда ўтиш бали йўналишларга қараб 56,7 балдан 105 баллгача белгиланган эди. Энг катта қисмида эса 66,1 балл этиб белгиланди. Мана шундай нисбатан паст балл бўлишига қарамасдан, хориждан ўқишини кўчирмоқчи бўлганларнинг 72 фоизи ўтиш балини ололмади, 50 фоизи эса 56,7 баллдан паст тўплади.


👉 @xushnudbek 👈

467 comments

Show 89 more comments
Madonna
Hammani omadini bersin,man uzbda falon ball bilan kirolmadim chetdan kelganlar arzimagan ball bilan talab bulyapti degan gaplar nima keragi bor,uzi birov bilan nima ishimiz bor,fe'limizni sal keng qilaylik torga tor dunyo kengga keng dunyo bu,har kim uzini bilsa buldi emasmi.
Saidmurodova Lobar
Hammani oʼqishiga omad
Lola Zokirovna
Men bu yil perevod qildim 70 Ball bn
Biz Osh tibbiyot institute bitiramiz Uzbekistanda kuchli stomatolog bulamiz shu qarorga keldik
📚🖇🧕
Gap bo‘lib qolib ketadi hali
Lola Zokirovna
Lekin juda qiyin boldi
𝓖𝓾𝓷𝓮ş
Hamma òzi uchun ozi javob bersin ayrimlarda pul bor òqiw uchun ayrimlarda yoq bewta qòl barobar emas miyasini wlatib òqiwga kirganlar òzi uchun òqib kirgan
𝐒𝐡𝐚𝐫𝐢𝐩𝐨𝐯 𝑿
Juraeva....
Kelasi yiliga shunday buladimi
Xa boladi ekan
Horijda oqish qiyin
Xushnudbek nimaga xorij öquv yurtlarini reklama qilishyapti.?yana köchirish sharti bilan deb.
𝓖𝓾𝓷𝓮ş
Men bu fikrga qarwiman 66 emas mayli 80 bolsin
Assalamu alekum. Men Иркутский государственный медицинский университет да 2kursda oqiyman . Bizda oqish juda kuchli sifatli oqish asosiysi karrupsiyasiz . Men juda oqishimda oqigim kelyabdi no uydagilar ishi yurushmayatganligi sababli kengi perevod qilasan deyishyabdi . Men 2yil oldin oqiganman abutirient darslarini . Esdan chiqadi x oxlasang xoxlamasang . Menda yana bir savol biz hozir abutirentlar vazivasini oqimizmi yokida ozimizni universitetni darslarinimi? Agarda abutirentlar darslarini qilsak bu darslarimdan qolib ketib otchislenyaga tushishim aniq . Bilmadim silar qanaqa oylayapsizlar.
📚🖇🧕
5 ta fandan bo‘ladimi perevod endi
𝓖𝓾𝓷𝓮ş
Chetda òqigan odam emasmi
✾ۣۣۣۗمۣۣۣۗۗـْۣۣۣۗۗـْْۣۣۣۗۗـْۣۣۣۗۗـۣۣۣۣۣۣۣۣۣۗۗۗۗۗۗـۣۣۣۣۣۗۗۗ Sardor✾ۣۣۣۗمۣۣۣۗۗـْۣۣۣۗۗـْْۣۣۣۗۗـْۣۣۣۗۗـۣۣۣۣۣۣۣۣۣۗۗۗۗۗۗـۣۣۣۣۣۗۗۗ
Uzbda tushunib bomidigan qarorlar chiqadide 190 mln tolasang oqishga 1 ball bilan kirasan chetda oqiseng uzbga diplom otmedi diyishadi atak nastrifikatsiya qilsa boladi chetdagilarni koralmayotganlar qolingdan kelsa senham oqigin. Hamma ozi uchun togri yoli ozi tanlidi Hushnud aka iltimos oziz yolizda davom eting studentga yopishib olgansiz boshqa qiladigan ishiz yoq dey gurupangay
Saidmurodova Lobar
Chetda uqiganlar yaxshi taʼlim olib kelib yurtimizda yaxshi kadr boʼlsin. Hammaga omad.
Faqat boshlamaylar iltimos oldin sen togri yozishni organ deb tez yozdim shuning uchun xatoliklar uchun uzur soriyman oldindan.
Show next 100 comments