❗️Ота-оналарга яна бир бор маслаҳат!

Илтимос, фарзандингизни хорижга, айниқса қўшни давлатларга ўқишга юборишдан олдин яхшилаб ўйланг. 4 йил хорижда ўқитишга розимисиз, бунга шароитингиз борми, бораётган университетида тайинли билим бериладими ўзи, нуфузли олийгоҳми, таълим сифати қанақа, эртага ўғлингиз ёки қизингиз хорижда Сиздан узоқда қийналиб қолмайдими, шуларни яхшилаб ҳисоб-китоб қилинг.

“Майли, ҳозир бораверсин, кейинги йил бир амаллаб “перевод” қиволамиз” деган алдамчи хаёлларга берилманг. Фарзандингиз тестда жорий йилги ўтиш балини тўплай оладими ёки йўқми, шуни ўйлаб кўринг ва кейингина қарор қабул қилинг.

‼️Яна ва яна қайтараман: хорижга ўқишга бориш ёмон иш эмас, аксинча, қанийди кўпроқ ёшларимиз нуфузли хорижий университетларда ўқиб қайтишса, дунё кўриб, ривожланган жамиятлар ҳавосидан нафас олиб келишса, зўр бўларди-ку. Аммо ўқиш учун эмас, балки “перевод” қилиш учунгина хорижга боришни тавсия қилмайман.

ℹ️ Эслатма: жорий йилда ўқишни кўчиришда ўтиш бали йўналишларга қараб 56,7 балдан 105 баллгача белгиланган эди. Энг катта қисмида эса 66,1 балл этиб белгиланди. Мана шундай нисбатан паст балл бўлишига қарамасдан, хориждан ўқишини кўчирмоқчи бўлганларнинг 72 фоизи ўтиш балини ололмади, 50 фоизи эса 56,7 баллдан паст тўплади.


👉 @xushnudbek 👈

467 comments

Show 100 more comments
Qobiljon Abdurahmonov
Переводни супер контракти качон хал булади.
____
Qanday bogʻlansa boʻlarkin a
Sizga yozdim ko'ring telegramizga kirib
Четга укишга кирганларни билимсиз дейиш керакмас, бу ер билан у ернинг контракт туловида фарки бор шуни хакикатни айтиш керак
Zamonov Sarvar
kim bu
Chetga ketishni qoralabdi kimdir. Go'yo bu perevod uchun ekan. Zo'ra. Bizda 100mln tolagan yaxshi chetta yurgandan kora. Bizdagi pullar ozimizda qoladi. Chetdagi esa chetga ketadi. Qisqasi bu gaplar bir tomonlama. Dangal ochib berilmayapti. Chetta oqimang, bizda 100mln tolab oqisangiz yaxshi deganday bolmoqdada. Galatilikda. Hayron qolasan kishi. Perevod ballari ham o'zgarar emish. Sila nima qisalaring ham to'g'ri bolaveradiya degan gap borku, oshanga uxshab ketti. Fikrlarim kop. Hamasini ham tushuntira olmayapamn.
Assalomu alaykum, chetga ketib pervod olib qaytmoqchi bòlganlarni kim qòlidan ushlab turibdi òqisin harakat qilsin hammaga bir xil imkoniyat berilganku yurtimizda 100 mln tulashi ham shart bòlmaydi. Masalan siz 140 bal olib òqishga kirolmadiz Òzbekistonga men 40 ball olib chetga òqishga kirib bir yil uyda chòponlik qildim. Bu yil sz kuchli tayyorlanib 180 bal bn kirdiz ln men 40 ball bn sizzi òqishizda ikkinchi kursman. Adolatni qani, kòyabsizmi adolatni?
@POLVONCHIK@
Sizga yozdim ko'ring telegramizga kirib
Ha koʻrdim rektori bn bogʻlanish kere
📚🖇🧕
O‘qishadi ku shular kirgandan keyin huquqni
Yoge bittayam ishonmiman nega endi oqirkan omadi keldi student endi yuradi mazza qilib domalam boridi bir aytgan edi rossa halol domla edi oqishga kirolmaganimda pulimni qaytarib bergan chin dildan oqitardi. Osha domalam aytgan edi qani edi oqishga ozim qabul qilsam ozim oqidigan bolani oqitib ozim diplomini bersam bu yerga kelgan hammasi ham oqish uchn kelmagan meni yana sokishadi seni oqitayotganlaring ertaga oqitadi kimidir. Kerak bolsa 10 ta gap aytolmaydi cet tilida qanqa qip ertaga ular bollarimizga talim beradi db
UMMIY JANNATIY SUBHAN ALLAH
Yop bunaqa qiliw 100%ga hato chunki shu yoʻnalish boyicha oʻqiganla imtihonda topwirgan fanlarini esidan chiqarib qoʻyadiku shuni oʻylab kordilami yoq bal qoyilsin lekin bunaqa boʻlishi hatti😔😔
@POLVONCHIK@
Shaxsan men Toshkent yeoju technical institutiga kontraktga kirib o'qimadim chunki u yerdan ham perevod qilaman Tojikistonga topshirdim shu yerdan perevod qilaman orzon bo'ladi ekan deb
Ёджуни обройи бир тийин болди копол клиб этганда иттиям биттиям кабул килди шу йил, етмаганига 2марта имтихон койберди
UMMIY JANNATIY SUBHAN ALLAH
Agar shunaqa boʻlsa super kontiraktam yoq bolsin
Biliming yoq iliming yoq ololmeysanda yetarlicha bal di
O‘qish deb qo‘yibdimi demak o‘qib kirish kerak biz ham o‘qib kirganmiz ulmaganmizku
Bizni institutimizda pervodchilarni 70foizi baribir yiqilib kursdan kurs qolib yuripti bo‘lmaydi bu perevod degan narsa
Суннат Толаганов
Mayli 4yil o'qisin Qo'wni davlatlarda diplom ni tog'ridan tog'ri otadigan qilinglar Ozbekistonga nma farqi bor barbr iwga kiriw pulku
Samandar
Hurmatli Xushnud aka Chet elda oqish Oʻzbekiston dan ancha yaxshi engi nufuzi past oliygoh ham atak chet elda nufuzi past oliygoh yogku eng nufuzi pas oliygoh ozbdagi eng baland oliygohdan ham yaxshi 😏
Хватить лизать жопу министерству образования вы все учебную систему в бизнес превратили типо пули бор укиди пули йук укимеди за 245 миллионов лучше за границу отправить студента
O'zimizi OTM laga 5 ta fandan imtihon topshirib 100-120 olishdi. Perevodchila 2 ta fandan topshirib 70-80 oldi. Farqni qaren 5 ta fandan test ishlab yuqori ball oganla bilimli yoki 2 ta fandan pastroq ball oganla bilimlimi.
Kirish bali 120 boldi. 116 bal ogan bola nima qisin. Super tololmidi. Shuncha bilimi bor bola bu yil belarussiyaga ishlagani ketti. Shuni o'rniga super tolaganni omasdan shu bolani osa bo'lardi.
Shu adolatli bo'ladi diysila. Uyalila bu gapga.
Pervodni ham bilimli va bilimsizlar qilyabdi
Show next 100 comments