❗️Ота-оналарга яна бир бор маслаҳат!

Илтимос, фарзандингизни хорижга, айниқса қўшни давлатларга ўқишга юборишдан олдин яхшилаб ўйланг. 4 йил хорижда ўқитишга розимисиз, бунга шароитингиз борми, бораётган университетида тайинли билим бериладими ўзи, нуфузли олийгоҳми, таълим сифати қанақа, эртага ўғлингиз ёки қизингиз хорижда Сиздан узоқда қийналиб қолмайдими, шуларни яхшилаб ҳисоб-китоб қилинг.

“Майли, ҳозир бораверсин, кейинги йил бир амаллаб “перевод” қиволамиз” деган алдамчи хаёлларга берилманг. Фарзандингиз тестда жорий йилги ўтиш балини тўплай оладими ёки йўқми, шуни ўйлаб кўринг ва кейингина қарор қабул қилинг.

‼️Яна ва яна қайтараман: хорижга ўқишга бориш ёмон иш эмас, аксинча, қанийди кўпроқ ёшларимиз нуфузли хорижий университетларда ўқиб қайтишса, дунё кўриб, ривожланган жамиятлар ҳавосидан нафас олиб келишса, зўр бўларди-ку. Аммо ўқиш учун эмас, балки “перевод” қилиш учунгина хорижга боришни тавсия қилмайман.

ℹ️ Эслатма: жорий йилда ўқишни кўчиришда ўтиш бали йўналишларга қараб 56,7 балдан 105 баллгача белгиланган эди. Энг катта қисмида эса 66,1 балл этиб белгиланди. Мана шундай нисбатан паст балл бўлишига қарамасдан, хориждан ўқишини кўчирмоқчи бўлганларнинг 72 фоизи ўтиш балини ололмади, 50 фоизи эса 56,7 баллдан паст тўплади.


👉 @xushnudbek 👈

467 comments

Show 100 more comments
Фарзандларимиз олий маьлумотлилари купайса яхшику. Укишни кучиришни балини кутаришни нима кераги бор.
Pozor ta'lim vazirligii. Nagili aytilar undan pulni bizga berilar super kontrakka o'qiysan deb. Pozor...
Assalomu Aleykum men bu yil imtihon topshirgan edim ammo o‘zimizning universitetlarga kira olmadim hozir men Yeoju technical institute da o‘qiyapman va keyingi yili o‘zimizning universitetlarga perevod qilmoqchi edim savolim " agar men keyingi yili perevod qilmoqchi bo‘lsam o‘sha universitetning o‘tish baliga yetadigan balni to‘plashim kerakmi?
Ona tilidan Cefr va ingliz tilidan IELTS im bo‘lsa bu sertifikatlar qabul qilinadimi?"
Supet kontrak o'qimoqchi bolganlar shu pulga chetga nufuzli oliygohlarga o'qinglar ming marta yaxshi ta'lim olaslar korrupsiya yoq.
Assalomu alaykum
Shu adolatli qaror bólardi
Men shunday ózgarish kutayotgandim to'g'risi
Assalom aleykum Superga kirganlarni perevodchilarni gapirgandan kuraa wunchalik bollar bilimli ilmli buliwini hohlasa uqiwga kiriwdi onson qilib uqiwdi qiyin qilsin wunchaki kirib tavvakkal belgilar omad bilan uqiwga kirganlarham kup institutni 4yil arzimagan kup borib bitirganlar sonmingtaa... Faqat super bn perevodchilarni yomonlab bu bumaydi bu adolatdanham deyw tugri emas
Shirin
Тугри адолатли карор кабул килишибди100фоиз кушиламан четга топширган четда укисин билими булса шу ерга кирарди
Xuddi bizda yaxshi bilim beriladigandek
Феруза Эсанова 00717
Фарзандларимиз олий маьлумотлилари купайса яхшику. Укишни кучиришни балини кутаришни нима кераги бор.
Opajon, marxamat òz kuchlari bn oliy ma'lumotli bòlishsin, òzimizda òzbekistonda shu ballni yiģib òqishsin. Ota onasini ortiqcha xarajatga qòyib faloon summa tòlab chetga keyin òzimizga yugurmay. Bilm yòqligidan shu osongina perivotni urganishgan edi. Bu qarorni maqullayman. Juda tòģri qaror
Максуда Каримова
Ozbekistondagi nodavlat institutlarida ta'lim juda yaxshi olib boriladi,talab ham kuchli, pul togrisida gap ham bolishi mumkin emas.Sessiyalar pulga yopilmaydi faqatgina diplom muammo
Men 4 yil bakalavr o‘qidm o‘qishga kirgunimcha nima o‘rgangan bo‘lsam shular bor boshqa hech nma o‘rganmadm.
★_𝑼𝒍𝒖𝒈'𝒃𝒆𝒌𝒐𝒗𝒏𝒂_★
Bu qaror juda tòģri bõlibdi biz studentlar nechi yillab qancha kechalar uxlamay tayyorlanib õqishga kiramizku ular arzimagan ballarni tõplab òqishni kòchirishmoqda Bu qarorni qòllayman
★_𝑼𝒍𝒖𝒈'𝒃𝒆𝒌𝒐𝒗𝒏𝒂_★
Farrux Jalilov
O'qishga kirish qiyinligi ham ma'qul. Son emas, sifat òsadi, ham qiyinchilik bn erishsa qadrli bòladi
Shu gapga qòshilaman sifat bulishi kk
Inson faqat uzini uylawi kk emas bunchalik kuynchak bulmilik faloncha perevod qilbdi falonchani puli kup kuribdi tovbaaa.. fikrm uqiwga kiriwdi onson qlb darslarni qiyin qilsn bilimlilar kutarilb ketaveradi blmszlar kursdan kursga qolb puliga kuyadi
Ketish kerak chetga o‘qishga talabani qadri yo‘q O‘zekistonda. Bemalol o‘zizniyam eplisz, o‘qish puliniyam topasiz, uyga pul jo‘natish imkoni ham bor chetda
Assalom aleykum yaxwimisz ha bilib tulasa buladi va chegirmalarham mavjud Men 2marta bulab tulaw haqidaligini bilaman ln bu yil bilmadm undan ham kuproq bilb tulaw ham mumkindr
#Raximova m#
Tan olish kerak bizni institutlarimiz talabga javob bera olmidi xorijiy davlatda o'qibgina bilasiz qanaqa dars otiliwini men xorijda oqiwni tafsiya bergan bolardim
Show next 100 comments