РАСМАН: мактабларда якуний имтиҳонлар бекор қилинди

Бу ҳақда Халқ таълими вазири Шерзод Шерматов маълум қилди.

Жумладан, хабарда айтилишича, карантин вақтида аҳолига имкон борича қўшимча қулайлик яратиш мақсадида ҳамда кўпчилик ота-оналарнинг илтимосларини инобатга олиб, бу ўқув йили якунидаги имтиҳонлар бекор қилинади.

❗️Мактабларга ўқувчиларнинг йиллик баҳоларини истисно тариқасида жорий ўқув йилининг 3 та чорак баҳолари асосида чиқариш тавсия этилади.

Шу билан биргаликда kundalik.com тизими жорий этилган мактабларда карантин вақтида тиришқоқлик билан ўқиган ўқувчиларимизга рағбатлантириш сифатида 4-чоракдаги фақат ижобий баҳоларини ҳам йиллик баҳоларини ҳисоблашда инобатга олиш тавсия этилади.

«Карантин вақтида «online maktab» орқали фарзандлари билан бирга дарс тайёрлаган барча ота-оналарга ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз!», - деди Халқ таълими вазири.


👉 @xushnudbek 👈

167 comments

Show 84 more comments
Balwack
Oʻquvchilarga maktabni remont qilish vazifasi yuklatilmagan.Ularga bilim olish vazifasi yuklatilgan.
Öqituvchiga ham remont qilish yuklatilmagan. Bilim berish yuklatilgan. Lekin majburlashadi. Avval ham shunday edi. Faqat bu pullar öquvchilarga sochilganda arzimagan 15-20 mingdan tushardi. Endi bitta öqituvchining öziga 500-600 mingga tushadi. Undan köra öquvchilar shu arzimagan pulni berib qöyishganida yaxshiroq edi.
Shundoģam öqituvchilar shu remont bitguncha maktabda yurishadi burni bitib, kiyimlari kraska bölib
Litseylarda imtihon buladimi
uraaaaaaaaa imtihon yoo lekin man tayorlanivotudim
Ibragimov Mamur
Balwack
Oʻqituvchilar sinfdan sinfga qoldirishga huquqi bor .Oʻzbekchilikda ota onangiz bilan koʻz koʻzga tushishini oʻylashadi.Shu oʻrinda albatta sizning obroʻyingiz ham turubdi.Demak oʻqituvchilarni hurmatini joyiga qoʻyish lozim.Andishani otini qoʻrqoq qoʻyma deyishadiku.
Gapingizda jon bor. Aslida ham taraqqiyotimizga katta g'ov bōlayotgan narsa shu ōzbekchilik. Imtihondan ōta olmadimi hammasini yiqitib tashlash kerak. Shunda keyingi yili e'tibor bilan ōqiydi. Hozirda kōpchilik ōquvchilar maktabga shunchaki boradi. Øqimasa ham kuni ōtishini, imtihondan yiqilmasligini biladi
Ўқиган бўлса имтиҳон топшириш яхши синов.Ўзлаштириш натижасини билиб олади.Фақат имтиҳон ўта холисона ва адолатли бўлиши керак.
Lekin yaxshi bolmabdi baxola oqiw davomida bilimiga qarab qoyiladimi?
O'zi shu paytgacha bironta maktab óquvchisi qolib ketganmi
Xushnud aka, qachon lotin alifbosiga o‘tasiz? Bundan 25 yil oldin qabul qilingan til to‘g‘risidagi qonunga amal qilib hammaga namuna bo'ling endi. Barcha OAV va bloggerlarning haliyam kirillchada yozishini qoralayman. Tilimizga hurmat ko'rsatib, qadrini ko‘taringlar endi. Sizdan javob kutib qolaman.
Biz maktab remontiga 300 ming so'mdan o'qituvchilar pul yigdik.Shukr qilaylik bazi kasblarga uxshab oylik olishmadi.Maktab muqaddas dargoh unga qancha va nima qilsagam kam hudo kuryapti ulug ayom kunlari qilgan ishlarimiz huda ajirimini beradi.HUDO XOHLASA YAXSHI KUNLARIMIZ HAM KELADI INSHAALLOX
Unda qachon uddalashar ekan deb yuraveramizmi? Mustaqil davlat bo'lganimizdan beri yagona bir alifboga o'tganimiz yo'q. Judayam achinarli va uyatli holat.
TOG'RIMI XUSHNUDBEK AKA
Balwack
Maqsad 70% (aksariyati 50yoshdan yuqori) aholi lotin alifbosida oʻqish yozishni unchalik uddalashmaydi.Shuning uchun krilldan foydalanadilar
Unda qachon uddalashar ekan deb yuraveramizmi? Mustaqil davlat bo'lganimizdan beri yagona bir alifboga o'tganimiz yo'q. Judayam achinarli va uyatli holat
Ü Ľ K Ë Ñ Ď Ü Ň Ý Ë
O'qimaydigan o'quvchilarga zo'r yangilik
Show next 62 comments