This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳиндларнинг «Уч савдойи» фильмини кўпчилик кўрган бўлса керак. Зўр мотивацион ва кайфият кўтарадиган фильм.

Унда таълим тизими камчиликлари, ўзи умуман инсонларнинг таълимга, илмга бўлган нотўғри қарашлари ажойиб тарзда тасвирланган. Яъни бир қолипга тушиб қолмаслик, ҳаммадан ўзгача фикрлашга ҳаракат қилиш ва бундан уялмаслик, ота-оналар ўз фарзандларининг қизиқишларини инобатга олиши кераклиги, таълим тизими роботга ўхшаган ижрочиларни эмас, балки энг аввало эркин фикрловчи ташаббускорларни тайёрлаши лозимлиги ҳақида.

Айниқса фильмда менга энг ёққан жойи — бу диплом учун эмас, билим учун ўқиш кераклиги ҳақидаги қисми. Азбаройи илм олиш мақсадида ўзганинг номидан ўқишга рози бўлган Пхуншук Вангду охир-оқибат энг машҳур ихтирочига айланади. Чунки дипломсиз билим билимсиз дипломдан 100 чандон қийматлироқ. Бугунги кунда бу янада ўз исботини топмоқда.

Ҳурматли ёшлар, илм олинг! Китоб ўқинг, дунёқарашингизни кенгайтиринг. Диплом учун ўқишга келиб-кетадиган кўзбўямачилардан бўлманг.


👉 @xushnudbek 👈

218 comments

Show 34 more comments
Жуда хам зурррр фильм. Хар сафар мазза килиб кураман.
Nozima Nurullayeva
👍
Nuriddin
Diploming yoʻqmi tuzukroq ish ham yoʻq
Энг севимли киноларимдан бири! Ҳақиқатдан ҳам зўр мотивацион филм! Ўша филм сабаб, Ҳиндистон таълим тизими кучли эканлигига ҳам амин бўлганман
Mirzatilla va Mohiraxon
Жуда тўғри гаплар кўплаб ота оналар илм олиш тарафдори эмас қизиқишмайди қандай бўлмасин пул топишни талаб қилишмоқда фарзандларидан
Zafarjon
togri 100%
Albatta bilimga diplom diplomga bilim kerak. Motivatsiya uchun katta raxmat Xushnudbek aka🤗🤗
Ohiridagi Phungsu Wangru bilan Chaturni suhbatida maza qilib yuboraman. Doim shu kino telefonimda. Lekin o'zbekchasida ko'p joylari kesib yuborishgan. Ayniqsa vazir kelgan joyi. Maslahatim ruschasini ko'ringlar
Xato yozib quyibsiz уямаслик deb yozilgan уялмаслик bulmaydimi yoki men adashdimmi
Assalomu alaykum Fikringiz o‘rinli albatta! Lekin o‘qishdan keyingi ish faoliyatimizda shu zormonda diplom so‘ralyapti! Men Toshkent moliya institutini Soliqlar va soliqqa tortish fakultetini tamomladim va Farg‘ona viloyatidagi 8 ta bankka hujjat topshirdim. Deyarli hammasidan 1 xil javob sizi yo‘nalishiz bizi bankda ishlashiz uchun to‘g‘ri kelmas ekan!!! Hafsalam pir bo‘ldi Bank tizimidan ko‘nglim qoldi. Agar menga imkon berilganida hozirda ancha muncha yutuqlarga erishgan, o‘sha bankning rivojiga xizmat qilgan bo‘lar edim. Maqtanmoqchi emasman bu gapim bilan. Hullas bunaqa fikrlar juda ham ko‘p. Asosiysi osmonimiz musaffo, faqat ko‘mir xidi va qorasi shu musaffolikni sal buzyapti
Juda ham ajoyib fikrlar
БАХТ
Малака бор дипломи йук мутахассислик буйича дипломи бор малакаси йуклар канча.
Hozirgi talabalar menimcha oddiy ommadan farqi qolmagan oddiy fuqarolar darajasiga yetishdi!Fikrlashi ham ancha tor!Huddiki bir kunimga yarab qolar deb,kuddiki,ish kirib olish uchun shu diplom bilan bola-chaqa boqish uchun o'qiyotgandeklar😔😔😔
InshaAlloh biz diplomni ham ilmni ham mukammal (qoldan kelgancha) egallaymiz har qalay shu yo'lda harakatdamiz. Xushnud aka Zakovatni saqlab qolilar ohirgi vaqtlar bachkanalashib ketgan edi. Zakovat efirdan olinishiga har hil jilpanglovchi sanatkorlar aybdor avval yaxshi edi.
👑ПЕССИМИСТ
Бунинг учун университетдаги ортикча фанларни олиб ташлаш керак
Yoq ,aynan shu fanlar kelajakda asqotadi azgina bo'lsa ham,to'g'ri ayrim keraksiz fanlarni murakkablashtirib o'tiladi buni o'sha o'tadigan fan o'qituvchisi ham tan olgan .yaqin kelajakda bu ham bir katta muhokamaga qo'yilib qolar...
Firdavs
Oqiw sistemasini ózgartirish kere kópro praktika qilish kere ozini yónalishi bóyicha ishlani kórsh kere. Agar kimdur gaplarmzi eshtib fikr qilsa òzgarar biza faqat komentariyada qobketamiza
Zarifov Og'abek
Xato yozib quyibsiz уямаслик deb yozilgan уялмаслик bulmaydimi yoki men adashdimmi
Ha endi katta mamlakatlarda ham kichik kichik svet o'chishlar bo'lib turadi😉 Ho'p deb qo'yorasiz akasi
Magistr diplomi bilan ishga joylasha olmayitganlar ham yuq emas kaminaga o'xshab. Shuning uchun qanaqa diplomingiz bo'lsa ham qo'shimcha hunar o'rganib qo'yish kerak ekan...
Masalan o'qishga uncha etibor bermay til va zamoaviy kasblarni o'qishga urinaman. Ammo universitetdagilar sohangni bilishing kerak qabilida qarshilik qilishadi bosib o'tkazishadi. Shu tufayli faqat universitet darslaruga etibir berishga majbur bo'lamiz.
Show next 100 comments