This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳиндларнинг «Уч савдойи» фильмини кўпчилик кўрган бўлса керак. Зўр мотивацион ва кайфият кўтарадиган фильм.

Унда таълим тизими камчиликлари, ўзи умуман инсонларнинг таълимга, илмга бўлган нотўғри қарашлари ажойиб тарзда тасвирланган. Яъни бир қолипга тушиб қолмаслик, ҳаммадан ўзгача фикрлашга ҳаракат қилиш ва бундан уялмаслик, ота-оналар ўз фарзандларининг қизиқишларини инобатга олиши кераклиги, таълим тизими роботга ўхшаган ижрочиларни эмас, балки энг аввало эркин фикрловчи ташаббускорларни тайёрлаши лозимлиги ҳақида.

Айниқса фильмда менга энг ёққан жойи — бу диплом учун эмас, билим учун ўқиш кераклиги ҳақидаги қисми. Азбаройи илм олиш мақсадида ўзганинг номидан ўқишга рози бўлган Пхуншук Вангду охир-оқибат энг машҳур ихтирочига айланади. Чунки дипломсиз билим билимсиз дипломдан 100 чандон қийматлироқ. Бугунги кунда бу янада ўз исботини топмоқда.

Ҳурматли ёшлар, илм олинг! Китоб ўқинг, дунёқарашингизни кенгайтиринг. Диплом учун ўқишга келиб-кетадиган кўзбўямачилардан бўлманг.


👉 @xushnudbek 👈

218 comments

Show 78 more comments
KIM ANIQ JAVOB BERA OLADI SHU SAVOLIMGA???
➡🅱🅾❎🅰⬅
Эээ мактаблардаги китобларни узгартириш керак масалан мен рус синфдан узбек синфга келганимда рус тили фанини тушунмай колдим нимагаки китобда мавзуларни узини номи бошкачабиттагина суз билан айтилайдиган нарсани кийин кийин гаплар билан номлашган халк талимини тубдан узгартириш керак болаларга енгиллик килиш керак укитувчини узи тушунмаган нарсани 10 15 ёшли болалар кайердан тушунсин
Hammasi talabga bog`liq. Qachonki xalq o`zi o`quv dargohlaridan faqat bilim olish kerak degan tuyg`uni farzandlariga uqtirmas ekan, hech qachon hech narsa o`zgarmaydi. Aksincha bundanda yomonlashob ketaveradi. Yoki qonun to`g`ri ishlashi kerak va hech kim uni buzishga haddi siqmasligi kerak, yoki jamiyat aql bilan yodashib oldinga intilish kerak!
Yoshlarga erkinlik berish kerak..nega ularning vaqtini behuda sarflattirishadi..oʻz ustida ishlashsin ...yoʻq bizga konspekt kerak...yoʻq bizga forma..yoʻq bizga soqoli olingan...hijob oʻrqmedigan ...qoʻy miya talaba kerak...afsus🤒 Nega ustozlar xurmat talab qiladi avvalo ustoz bilimli boʻlsa talablar xurmat qiladi ularni
Азизбек
Укиймиз албатта
Zur kino. Ta'lim tizimimizda haqiqatda kamchilik kup
Toʻgʻri fikr oʻqimay diplom olinsa ishlay olmaydi yangiliklar qilolmaydi yoshlarga taʼlim tarbiya berolmaydi shuning uchun diplom oʻqib olish kerak shunda hamma narsa zòr boʻladi
Xushnut bekka qanday murojat qilsa buladi
Sardorbek. Gulimov
Hamma narsa talabaga bog‘liq emas pedagogga ham bog‘liq
Rahmat. Motivatsiya bizga har doim zarur.
Э.В.Р.
Hindlar realniy kino olishgan
Хушнудбек бизда унв-ларда гранта кирган студентларга кизил, контракта кирганларга кук, суп. контракта кирганларга сарик зачётный книжка беришар эмиш, бу нима ёшларни бир бирига нафратда булиши га эришиш учун и ёки пулдор ота оналар ни аниклаш учун и. Олий таълим ота оналар дан пул олишни урганади, хеч булмаса ёшларни то фага ажратмаса яхши буларди. Илтимос бир кизикиб куринг, мен хам супер Контракт тулайман деб 50 ёшимда Россияда юрибман. Болам дан буни эшитиб жуда хафа булди. Мен СССР вакт да уз кучим ва билимим билан укиганман. Куп йиллар давлат ишида ишладим, бепул таълим ни йук килишади, Энди буни и нима хайронман.
Лайло
Ажойиб фильм, биза оилавий бу фильмни яхши курамиз, кайта кайта хам кураверамиз 😊😊😊
Toxir Norov
Ajoyib kino, ko'rsam maza qilaman!
Ta'lim tizimini qog'ozda emas amalda rivojlantirishni vaqti keldi menimcha. Maktablar u yoqda tursin hattoki universtitetlarda ham bu tizim aancha eski va yaroqsiz. Ln qog'ozga qarab fikr qiladigan bo'lsak ta'lim jarayoni nihoyatda zo'r. Ta'lim jarayonini rivojlantirish uchun ko'plab o'qituvchilarni malakasini oshirish kerak yoki faqaaat o'zini emas talaba va o'quvchilarni o'ylaydigan yangi o'qituvchilarni ishga olish kk. Shunday o'qituvchila bor talabalar bilmi va oladigan ish haqqini oqlash uchun sidqidildan ishlashadi ln afsuski bunday o'qituvchilar juda juda kam yurtimizda.
Gapizga qo'shilaman lekin hozirgi kundagi bizning OTMlardagi holat bundanda achinarli o'zi aslida keyin kadrlar masalasi ishga joylashish tizimli emas "talab va taklif"dan kelib chiqib qilinmagan raqobat ham yo'q zo'r kadrlarni "dasturxon"siz ishga olishmeydi shuning un eng yaxshi kadrlar chetga chiqib ketishni afzal ko'rishmoqda diplom olib ham taxi minib yurganlar yoki qurilishda yurganlar qancha men bu yil bitiruvchiman ish izladim ammo umuman ish yo'q yaxshiyam ustachilikdan ozroq habarim bor shu tassali berib turibdi ha mayli.........😁😁
Hurmatli Xushnudbek bizni ta'lim hali hamon o'qituvchini tahqirlashga izza qilib kamsitishga asoalangan qachongacha unday qilamiz bunday qilamiz deb yosh avlodni tarbiyasiz ma'nan qashshoq bolalarni yetishtirib chiqaramiz qachongacha tabaqalashtirib o'qitamiz qachongacha faqat repititor olgan puli borlar oliy ta'limga kiradi barcha barchasi o'qituvchini obro'si yerdanda pastga urilgani uni doim qul sifatida ko'rilgani davlatni qo'lida barchasi nimaga prokratura xodimlarini nimaga hech kim jamiyatdagi o'rni haqida hech gapirmaydi chunki ularni oladigan oyligi o'qituvchini ba'zilari 10 oyga ba'zilari 4-5 oyga oladi ayting kim hurmat qiladi bunaqada o'qituvchini ayollar maktablarni 80%izini tashkil qiladi erkaklar majbur ishlaydi boshqa ish yoqligidan Filandiyada o'qitivchini hatto prezidenti ham ishdan bo'shatolmaydi bizda hammani kuchi faqat o'qituvchiga yetadi exxx gap ko'p bilmadim bu ketishda qamoqxonalarga ehtiyojimiz ortmasa bo'ldi edi.Temi kansler Ottofon Bismark shunday degan edi." Bugun maktablarga e'tibor bermasak ertaga albatta qamoqxona quramiz"." Agar biz o'qituvchilarga 10 yil imkoniyat bersak biz dunyoni eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shilamiz" va dunyondagi rivojlangan 7 tabi biri.
👑ПЕССИМИСТ
Сохасигп алокадор фан булса яхши. Лекин куп дуч келамиз сохага умуман алокаси йук фанлар хам куйилган
Lekin hammada keraksz fanni ham ,o'zini sohasidagi fanni ham o'qiganda ham ko'p vaqt qolib ketadi ya'ni bo'sh o'tadi vaqtini ko'p qismi.bir til kursiga borganda ham yana qoladi bo'sh vaqt,......
Show next 100 comments