This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳиндларнинг «Уч савдойи» фильмини кўпчилик кўрган бўлса керак. Зўр мотивацион ва кайфият кўтарадиган фильм.

Унда таълим тизими камчиликлари, ўзи умуман инсонларнинг таълимга, илмга бўлган нотўғри қарашлари ажойиб тарзда тасвирланган. Яъни бир қолипга тушиб қолмаслик, ҳаммадан ўзгача фикрлашга ҳаракат қилиш ва бундан уялмаслик, ота-оналар ўз фарзандларининг қизиқишларини инобатга олиши кераклиги, таълим тизими роботга ўхшаган ижрочиларни эмас, балки энг аввало эркин фикрловчи ташаббускорларни тайёрлаши лозимлиги ҳақида.

Айниқса фильмда менга энг ёққан жойи — бу диплом учун эмас, билим учун ўқиш кераклиги ҳақидаги қисми. Азбаройи илм олиш мақсадида ўзганинг номидан ўқишга рози бўлган Пхуншук Вангду охир-оқибат энг машҳур ихтирочига айланади. Чунки дипломсиз билим билимсиз дипломдан 100 чандон қийматлироқ. Бугунги кунда бу янада ўз исботини топмоқда.

Ҳурматли ёшлар, илм олинг! Китоб ўқинг, дунёқарашингизни кенгайтиринг. Диплом учун ўқишга келиб-кетадиган кўзбўямачилардан бўлманг.


👉 @xushnudbek 👈

218 comments

Show 100 more comments
ассалому-алайкум барчага, бу кино ҳақиқатда зўр ишланган, бизда бундан ҳам зўр кино ишлашганку, "ТАНК" деган. Хуллас гапни индаллоси, илм ўрганишга қанча яхши шарт-шароит яратилсада, уни эгаллашга бўлган истак ва ҳохиш шунча пастламоқда менинг назаримда. Нега японлардан ўрнак олмаймиз, улар кичкиналигидан ҳам илм ўрганишга ҳам меҳнатга мослашадилар. Бизда эса...бу муаммоларга бир киши ёки бир нечта рахбар эмас, аввало халқимиз ҳаракат қилиш керак. АХир ким ўз фарзандининг келажагини ёмон бўлишини истайди. Ҳеч ким, фақат объектив ва субъектив муаммоларни аниқлаб, уларни тезроқ бартараф этишимиз керак...рахмат
Азаматжон
Ajoyib kino. Bizni ta'lim tizimiga ayni mos. Oliy ta'limdagilar ham soqqa qilayotganga o'xshaydi. Ishsiz yurgan minglab oliy ma'lumotli kadrlar turib, super kontraktga nima bor. Ta'lim sifati zo'r bo'lsa boshqa gap.
Mustafayev Axror
Rahmat.Motivatsiya uchun 👍
Doston Turayev
hind kinolarida jamiyatdagi muammolar ko'pincha olib chiqiladi
Бехзод Рахматов
Ajoyib kino. Bizni ta'lim haqida gapiradigan bo'lsam - bizda ta'lim yaxshi tomonga o'zgarmaydi. Bundan battar bo'lsa bo'lar, lekin yaxshi bo'lmaydi. Men 4 yil institutda ishladim. Shu o'quv yilini boshida ishdan bo'shadim. Tizimga chidab bo'lmadi....
Rachel Miller
Kitoblar va youtube,google-wikiepedia, foydali telegram kanallari eng yaxshi oʻrgatuvchi bugungi kunda, OTM lar esa uxlagan
Мен ўзи хинд фильмлари мароқ билан тамоша қиламан! Лекин бу фильм кўнглимдан ўзгача жой олган! Энг яхши мотивацион руҳ бағишлайдиган фильмлардан биридир.
Кимдир сотмаса айтоламанки домлаларни кўпчилиги ўзи айтган бизга билимли талабалар керакмас деб. 1-курсдаёқ шу сингдириляпти . Шундан кейин ким ўқийди?
Rachel Miller
Avvalo OTM. Grantlarni alohida guruhda jamlasin , kontrakt bilan aralashtirmasdan, 2 - dan reyting daftarchasi ikki xil rangda bu tabaqalanish)).
3 - dan internet manbalari bilan oʻzlarini ustida ishlashsin bu tekin)). Eng soʻnggisi va eng muhimi KITOB oʻqishsin!!!!!!!!!!!!!!??!!!!!
Пармонов Азизжон Эгамкулович
Prosta klassss👍👍👍👍
❤❤Qalbimizda Allox❤❤
Bizda bir matimatik maqol bor.."Harajatsiz harakat 0 ga teng"..
Hurmatli, Xushnud Xudoyberdiyev, yozgan fikringiz ajoyib, lek ayni shu mavzuda yirik muommoga duch kelganimda o'z "maslahat"ingizni ayagan edingiz
Bir so'z bilan shuni ayta olamanki, bizning maktablarda òqituvchilar eski tizimda qolib ketgan.Òquvchini qiziqtirish òrniga battar sovutishyapti. Hammasi ham deyolmayman lekin men òqigan maktabda bunday òqituvchilar anchagina Òzimning 4-sinf ukam ana shu òqituvchisining odam ajratish, sòraganda tògri muloyimlik bilan emas balki shuniyam bilmaysanmi bu oddiy masalaku deb dakki berishi òquvchini ustozdan qaytib biror narsa sòrashga bolgan ishtiyoqi va jur'atini sòndirib yubormoqda.Deyarli har kuni uyda mana shu masala. Kechagina ukamga òzing mustaqil misol masalalarni yechib ustozingdan sòra tushunmaganingni desam kòziga yosh olib!!!!!etibor bering aynan ana shunday holatda ustozimdan sorasam hammani oldida sharmanda qiladi deb yiģlab yubordi. Biz qaysi zamonda yashayapmiz. Boshqa davlatlar talim tizimini hadeb òrnak qilmasdan òzimizga ham tatbiq qilaylik. Yoshi òtgan, zamondan chetda qolgan òquvchini darsga bilimga bòlgan ishtiyoqini sòndirib uni kamsitadigan òqituvchilarni eskicha fikrlaydiganlarni javobini berish vaqti kelmadimi. Boshlangich sinf òquvchisini bilmagani uchun Temir lineyka bilan qòlini qonatib urush qaysi zamonning ggapi????!!!!!. Bechora bola òqituvchisidan qòrqqanidan aytmagan bizga ham. Chunki aytsa ota ona ustozidan sababini sòrab telefon qilsa yoki maktabiga Borsa yana kun bermaydi yuziga soladi bunday holatlar ozimniyam boshimdan òtgan. Murģak beģubor bolajonlarga hayotning shunday chirkin illatlari adolatsizliklarini kòrib ulardan tatib kòrib ulģayishini ravo kòrsak?!
Rachel Miller
Sovetdan qolgan kadrlarni ishdan olishsin , ular yaxshi oʻrnak boʻla olmadilar va olmaydilar. Chunki deyarli hammasi pul bilan yoki tanish bilan kirgan , ularni ustoz shogird tizimiga shubham bor!!!!!!!!!!
Assalomu alaykum yurtdoshlar. Xushnudbek aka sizga rahmat biz yoshlarga doimo yaxshi fiklaringizni aytasiz siz kabi bizlar ham bilimli bõlaylik kuchli
Hind kinosidan bitta shuni korar edim, owa kinoni bugun ham korsatdi, menga eng yoqgan joyi, owa ikki dostini ismini doskaga yozin, bu nomani aglatadi degan joyi edi, Xushnud oka siz ham bugun yana bir bor koribsiz owa kinoni😊😊👍👍😤
Juda ajoyib film rahmat ilm olishimiz uchun kuchliroq urg'u berganingiz uchun
G'oziyev Xurshid
Assalomu alaykum haqqatdan ham kino zo'rga o'xshaydi lekin ko'rmaganman. Zakovat intelektual o'yinini ham eferdan olishgani yaxshi bo'lmadi. Bizni telvidinyalar ham shunday kinolarni ko'proq namoish qilsa, qora niyat va shunga o'xshash turk seriyallaridan ko'ra. Shu telekanallarni ham tartibga chaqirish kerak.
Har bir insonga ta'lim bn birga sal farosatam kerakda oddiy tuģilganlik haqidagi guvohnomami suddan kelgan qoģozmi afsus imloviy xatoliklar mujassam kim qayerga qarab òqiganu kim shunaqalarni ishga olgan tovbaa
Show next 90 comments