This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳиндларнинг «Уч савдойи» фильмини кўпчилик кўрган бўлса керак. Зўр мотивацион ва кайфият кўтарадиган фильм.

Унда таълим тизими камчиликлари, ўзи умуман инсонларнинг таълимга, илмга бўлган нотўғри қарашлари ажойиб тарзда тасвирланган. Яъни бир қолипга тушиб қолмаслик, ҳаммадан ўзгача фикрлашга ҳаракат қилиш ва бундан уялмаслик, ота-оналар ўз фарзандларининг қизиқишларини инобатга олиши кераклиги, таълим тизими роботга ўхшаган ижрочиларни эмас, балки энг аввало эркин фикрловчи ташаббускорларни тайёрлаши лозимлиги ҳақида.

Айниқса фильмда менга энг ёққан жойи — бу диплом учун эмас, билим учун ўқиш кераклиги ҳақидаги қисми. Азбаройи илм олиш мақсадида ўзганинг номидан ўқишга рози бўлган Пхуншук Вангду охир-оқибат энг машҳур ихтирочига айланади. Чунки дипломсиз билим билимсиз дипломдан 100 чандон қийматлироқ. Бугунги кунда бу янада ўз исботини топмоқда.

Ҳурматли ёшлар, илм олинг! Китоб ўқинг, дунёқарашингизни кенгайтиринг. Диплом учун ўқишга келиб-кетадиган кўзбўямачилардан бўлманг.


👉 @xushnudbek 👈

218 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum yurtdoshlar. Xushnudbek aka sizga rahmat biz yoshlarga doimo yaxshi fiklaringizni aytasiz siz kabi bizlar ham bilimli bõlaylik kuchli
Hind kinosidan bitta shuni korar edim, owa kinoni bugun ham korsatdi, menga eng yoqgan joyi, owa ikki dostini ismini doskaga yozin, bu nomani aglatadi degan joyi edi, Xushnud oka siz ham bugun yana bir bor koribsiz owa kinoni😊😊👍👍😤
Juda ajoyib film rahmat ilm olishimiz uchun kuchliroq urg'u berganingiz uchun
G'oziyev Xurshid
Assalomu alaykum haqqatdan ham kino zo'rga o'xshaydi lekin ko'rmaganman. Zakovat intelektual o'yinini ham eferdan olishgani yaxshi bo'lmadi. Bizni telvidinyalar ham shunday kinolarni ko'proq namoish qilsa, qora niyat va shunga o'xshash turk seriyallaridan ko'ra. Shu telekanallarni ham tartibga chaqirish kerak.
Har bir insonga ta'lim bn birga sal farosatam kerakda oddiy tuģilganlik haqidagi guvohnomami suddan kelgan qoģozmi afsus imloviy xatoliklar mujassam kim qayerga qarab òqiganu kim shunaqalarni ishga olgan tovbaa
Bugun ertalab korgandim shu kinoni, zor kino
Rachel Miller
Ilm uchun oʻqinganlarga shu kino yakuni kabi holat nasib qilsin inshaalloh
Buxgalterlar bu maqolni o'zlariga moslashtirishgan "Chiqim bo'lmasa Kirim bo'lmaydi, Chiqimga yarsha Kirim bo'ladi"
Xushnudbek Aka siz aytgan gaplarizga qoshilaman xaqiqatdan bilim bebaxo nemat uni DIPLOM bilan o'lchashni ilojisi yo'q. O'zimdan misol oliy ma'lumotli diplomsiz xam yaxshigina ishlab yuribman bitta kursida.
Unisi bunisini quying svet masalasi juda ogir bulopti kuniga 10 soatla yuq nima digan gap odamga uxshab yashaylik yuq svetga yangi uchochik nima kere
Бу фильм жуда хам маъноли.Инсонни биринчи бахти уз хохлаган машгулоти Билан шугулланишида.Шунда кунгил таскин топади.Баъзи укитувчилар уша фан учун тугилгандек.Илтимос устозлар шогирдларингизга хеч качон "Укисанг узинг учун укийсан" деб айтманг.Ёш бола узига нима кераклигини билмайди."Мен шунча вактимни билимимни ,энергиямни сизларга сарфлаяпман, укишга мажбурсан" деб мажбурлаб укитиш керак.Унутмайлик Буюк бобокалонларимиз хам Эски мактаблардан чиккан.
Menga ham bu filim juda yoqadi aynan shu filimdan har doim motivaciya olaman yana bir sòzi bor edi oqishga bugun qanday baho olaman dep emas bugun qanday ilim organaman dep kelish kerak degan joyi yoqadi !
Гулноза Адхамовна
Бизни кишлокда хам укимишли ёшлар жуда куп.лекин иш йук.
Sotib olib bo'lmaydigan narsalardan biri bu - Ilmdir !!!
Mexmanov Akmal
Körmaganlarga vaqt topib körishlarini tavsiya qilaman
KAMCHILIKNI BIR BIRIMIZGA AYTGNAIMIZDAN NIMA FOYDA YO BU MUAMMOLARR SHUNDAN OZ YECHIMINI TOPIB QOLADIMI??????????????. HAMMA SOHAGA JAMOATCHILIK NAZORATINI KIRGIZISHIMIZ KERAK!! BU SHAFFOFLIKNIHAM OLIB KELADI JAMIYATGA. BILIMLI INSONNI HAMMA HURMAT QILISHI KERAKLIGINI SINGDIRSH KERAKDA. DIPLOMI BOR BOM BOSH QOVOQNI KIMGA KERAGI BOR AHIR KITOB OQISH KERAK DEYMIZ LEKIN ANIQ BIR KITOBNI KORSATADIGAN BOLSAK AVVALO HADISI SHARIFNI ORGANSIN BOLALAR ULAR HALOLIKNI ORGANISHSIN SHUNDA HAM OCHKO'Z BO'LMIDI, HAM OLGAN BILIMI TUFAYLI QILGAN YAXSHI ISHLARI OXIRATI UCHUN HAM ASQOTISHINI BILIB OLARDI.
Bugun ertalab shu filmni berayotuvdi
Koʻpla pul bilan instga kirib bilimlilar qob ketvotti kiyin yuramiz 2000 talikgayam hm kirolmey
Oʻzimam guvoh boʻldim
Shu filmni korsam falsafa fanidan darsga kiradigan oqituvchimni esimga olaman talaba bolganimdan beri bunday insonlar kamligini hamma ham shu insondek dars bersa bizdan oqishga sovuqqonlik bn qaraydigan talabalar emas ana shunday kino qahramonidek insonlar yetishib chiqar edi deb oylayman
Show next 74 comments