❗️Абитуриентлар 22 июлгача (шу куни ҳам) онлайн рўйхатдан ўтишлари мумкин

Кўпчилик Ҳайит байрами муносабати билан 3 кунлик дам олиш берилгани абитуриентларга таъсир қилмайдими деб савол бермоқда.

Йўқ, бу таъсир қилмайди. Абитуриентлар аввалги даврдагидек ҳужжатларини кўтариб, қабул комиссиясига боришмайди. Балки шунчаки my.dtm.uz сайти орқали ҳатто телефонидан ҳам бемалол рўйхатдан ўтишлари мумкин. Шу сабабли дам олиш ва байрам кунлари ҳужжат топширишга ҳеч қандай тўсқинлик қилмайди.

✅ Абитуриентлар 22 июль, пайшанба куни соат 23:59 га қадар рўйхатдан ўтишлари мумкин.

Лекин маслаҳатим - охирига қадар тақаб оборманг. Ҳар хил кутилмаган техник муаммолар пайдо бўлиб қолиши мумкин. Шу сабабли бугун ёки эртага рўйхатдан ўтиб, онлайн тўловни амалга ошириб қўйинг.

📹 Онлайн рўйхатдан ўтиш ҳақида видео:
https://t.me/xushnudbek/10227

Яна кўпчилик тўлов ҳақида ҳам савол бермоқда. Дам олиш кунлари банклар ишламайди, аввалги йилда битирганлар тўловни қандай амалга оширади, деб. Бунинг йўли жуда осон, бемалол PayMe, Click, UPay ва яна бир нечта электрон тўлов тизимлари орқали дам олиш кунлари, куннинг исталган пайтида онлайн тўлаш мумкин.

💳 Онлайн тўлаш тартиби ҳақида тушунтириш:
https://t.me/xushnudbek/10205

Барчага омад!


👉 @xushnudbek 👈

509 comments

Show 100 more comments
Barchinoy Norova "²⁰³-²⁰"
Assalomu alaykum hayrli kech hamma hammaga. Toʻlovni qaysi hisobga qilinadi. Agar toʻlovi bugundan kechiktirilsa kirish imtihonlariga qatnasha olmaydimi
World
Mashhura Rahmonova
Hech kimga javob bergani yoʻq-ku
Qaysi yonalishga topshirgansiz o'zi Mashhura
1 soatdan beri topshirib bölmayabdin kod kelmayabdi
Mirjalol Orifov
22-iyulgacha ulgishmasa undan keyin ham tekshirishadi albatta yani dtm 29-iyulda chiqadi ungacha vaqt bor
Sertifikatni DTM markaziga borib oflayn topshirsak boladimi? Konglimiz hotirjam bolishi uchun?
Assalomu aleykum. Menda topshirishda muammo bo'lyapti. Ya'ni Muasassa degan joyida tamomlagan kollejim chiqmayapti. Iltimos bilganlar bo'lsa yordam bervoringizlar. Balki internet pastligi ta'sir qilishi mumkinmi. 2kundan beri topishira olmayapman.
Dilafruz
Biologiya milliy sertifikat natijasi qachon chiqishini Kim biladi
Assalomu alaykum! Xushnudbek aka, sizga savolim shundan iboratki, men oʻtgan yili qishloq xoʻjaligi sohasida oliy ta'limni tamomladim va bakalavr diplomi bilan magistratura, ikkinchi oliy ta'lim va hamda kollej diplomim bilan bakalavrga hujjat topshirgan edim. Shunda bakalavrga oʻtolmadim va ikkinchi oliy ta'lim va magistraturaga kontrakt asosida kirdim. Moddiy ahvolim tufayli magistraturada hamda ikkinchi oliy ta'limda oʻqiy olmadim. Bu yil ham shu tarzda oʻqishga topshiraman desam magistraturaga oʻqishga onlayn hujjat topshirdim lekin bakalavrga kollej diplomim bilan oʻqishga topshirolmayapman. Menda hozirda xotin-qizlarga ajratilgan 4% li tavsiyanomam bor. Bu yili ham magistraturaga ham bakalavrga topshirishni iloji yoʻqmi? Magistratura va ikkinchi oliy ta'limga kontraktga kirsa agar kontrakt toʻlovini hokimiyat yoki oliy ta'lim muassasasi toʻlab berishi mumkinmi yoki bu qaror faqat bakalavrga tegishlimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Assalom aleykum agar oʻqiyotgan universitetida grant boʻlsayu boshqa universitetga kontrakt bn koʻchiradimi
Tolov uslubini ham ahmoqona qigan bular
Show next 100 comments