❗️Абитуриентлар 22 июлгача (шу куни ҳам) онлайн рўйхатдан ўтишлари мумкин

Кўпчилик Ҳайит байрами муносабати билан 3 кунлик дам олиш берилгани абитуриентларга таъсир қилмайдими деб савол бермоқда.

Йўқ, бу таъсир қилмайди. Абитуриентлар аввалги даврдагидек ҳужжатларини кўтариб, қабул комиссиясига боришмайди. Балки шунчаки my.dtm.uz сайти орқали ҳатто телефонидан ҳам бемалол рўйхатдан ўтишлари мумкин. Шу сабабли дам олиш ва байрам кунлари ҳужжат топширишга ҳеч қандай тўсқинлик қилмайди.

✅ Абитуриентлар 22 июль, пайшанба куни соат 23:59 га қадар рўйхатдан ўтишлари мумкин.

Лекин маслаҳатим - охирига қадар тақаб оборманг. Ҳар хил кутилмаган техник муаммолар пайдо бўлиб қолиши мумкин. Шу сабабли бугун ёки эртага рўйхатдан ўтиб, онлайн тўловни амалга ошириб қўйинг.

📹 Онлайн рўйхатдан ўтиш ҳақида видео:
https://t.me/xushnudbek/10227

Яна кўпчилик тўлов ҳақида ҳам савол бермоқда. Дам олиш кунлари банклар ишламайди, аввалги йилда битирганлар тўловни қандай амалга оширади, деб. Бунинг йўли жуда осон, бемалол PayMe, Click, UPay ва яна бир нечта электрон тўлов тизимлари орқали дам олиш кунлари, куннинг исталган пайтида онлайн тўлаш мумкин.

💳 Онлайн тўлаш тартиби ҳақида тушунтириш:
https://t.me/xushnudbek/10205

Барчага омад!


👉 @xushnudbek 👈

509 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum qabul to'lovni amalga oshirish muddati oxirgi sanasi qaysi kun shu haqida ma'lumot bersangiz iltimos
assalomu alaykum , Xushnudbek aka.
rus tili yo'nalishiga topshirgan talaba 3 ta majburiy blok va qolgan 2 ta ixtiyoriy blok savollari rustilida bo'ladimi, yoki qolgan ( ya'ni rus tilidan boshqa ) savollar bloklarini o'zbekcha qilsa bo'ladimi?
ta'lim tili deganda rus va o'zbek tillari chiqyapti, o'zbek tilini tanlasam rus tili ( o'zga til guruhlari uchun rus tili yo'nalishi ) yo'nalishlari chiqmaydi .
sizdan iltimos shu haqida kanalingizda ma'lumot berib o'tsangiz . oldindan raxmat
umarova_nozima
Assalomu aliykum TDYU ga sirtqi ta'lim yunalishga topshirib keyinchalik kunduzgi ta'lim yunalishga o'zgartirsa buladimi szdan iltimos shu haqida malumot bersangiz. Javob ucun oldindan raxmat
Etibor'
Assalomu alekum.
Meni IELTS SERTIFICATIM bor edi, DTM da ròyxatdan òtayotganda uni kiritdim ,ammo haligacha TASDIQLANDI degan xabar yetib kelmadi.
Dòstim ham hujjatlarini topshirgan ammo haligacha unga ham javob kelmadi ,
Agar shu ketishda ketaversa biz tayyor 93 ball olib berafigan sertificatlarimiz kuyib qolib ketaveradimi ❓❓❓❓❓❓❓❓❓❓
DTM ga 3 kundan beri telefon qilaman,Farģona markaziga ham qildim ,hattoki kòtarishmadi ham........
Ertaga qabul yakunlanadi ,bizchi biz nima qilamiz , "TASDIQLANDI" degan xabarni kutib qachongacha òtiramiz
Etibor'
Bor umidim sizdan -Xushnudbek Xudoyberdiyev
Iltimos shunga doir post qilib chiqing,iltimos sizdannn
Oripov
Assalomu aleykum Xushnudbek Xudoyberdiyev Milliy sertifikatni javobi qachon chiqishini bilib berolasizmi call sentirga xam telfon qilabman telfonni kotariahmayamdi 95 1991914 raqamga xam telfon qilyabman telfon ochirilgan deyabdi shunga oziz bilib bering ertaga xujjat topshirish tugaydi sertifikatni javobi qachon chiqadiyu qachan xujjatga sertifikatni qoshib qoyamiz 20 ish kunida chiqishi kerak edi 20 ish kunidan xam otib ketdi shunga oziz yordam berib yuboring iltimos
••●✮ ✨☄ Bek ₯₰✍ ••●✮ ✨☄
••●✮ ✨☄ Bek ₯₰✍ ••●✮ ✨☄
••●✮ ✨☄ Bek ₯₰✍ ••●✮ ✨☄
Photo
Hujjat topshirib bo'lmayaptiyu uch kundan beri
+14704970770
Xushnudbek aka men to'olv qildm lekin to'lov amalga owirilmadi dedi dtmdan sms keldi to'lov qimasez imtihonga kirmisz deb aytdi menga dtm chiqarib beradimi ham saytda nosozlik bor ekan huddi har doim yaxwi ishlaydigandek hammada wu muammo wuni chuntirib iloji bosa kanalizga tawang oldindan rahmat
Assalomu alaykum bir tanishimni aytishi bóyicha vaksina olmagan abituriyentlar imtihonga kiritilmas emish, bu qanchalik toʻgʻri ?? Iltimos javob bersangiz.
Анвар
Айтингларчи, 2 мутахассислик очиладими
Iltimos menga ham yordam berib yuborsangizlar ta'lim yo'nalishimni o'zgartirmoqchi edim ammo o'zgartirolmayapman.qanaqa qilib o'zgartirsam bo'ladi
Assalomu alaykum meni bir iltimosim boredi. Ielts sertifikatim bor hujjat topshirdim lekin haligacha tasdiqlandi degan xabar kelmiyopdi nima qilsam bòladi qayerga murojaat qilsam bòladi
NoZiMa MiRzAyeVa NiZoMovna!
Assalomu alaykum! Sirtqi ta'limga tooshirganlar soni va rõyxatini qanday kõrsam bõladi yordam berizlar iltimos
Assalomalikum menda IELTS sertifikati bor hujjatlarni qabulga kiritganimga 2kun boldi lekin hali ham tasdiqlanmadi yana kimdadir shunday bolyaptimi
To'lovni ham ertaga 23:59 gacha to'lasa bo'ladimi qayta topshiryatganlarga
Show next 12 comments