This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Xorazmda kichik Al-Xorazmiylar olimpiadasi oʻtkazildi

🏆21-yanvar kuni Urganch shahrida 1-4 sinf oʻquvchilari uchun mantiqiy matematika yo‘nalishida olimpiada o‘tkazildi va unda 392 nafar iqtidorli oʻquvchilar oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

🥇 G‘olib va yuqori natijali jami 30 nafar o‘quvchilar turli medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi yanvar oyining yakunida Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tadi.

🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali olishlari mumkin.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

🤝 Loyihamizni qoʻllab kelayotgan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Urganch shahar 6-maktab rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz!

🔜 Andijon viloyatida o‘tkazilgan olimpiada ishlari tekshirilmoqda. Tekshiruv yakunlanishi bilan natijalar va g‘oliblarni e'lon qilamiz.

🇺🇿 Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm

🚩🚩🚩🚩🚩

6 comments

Ахмедова Халимахон
Ассаламу алейкум яхшимисиз устоз 3 синфларда 2 урин Билан 3 урин Бир хил балл туплаган нега иккаласига хам 2 урин берилмаган агар уларга иккинчи урин берилса Хасанова Шахзода 3 уринга чикиши гарак
Sertifikatlar qachon chiqadi?
Yunusova Gulbahor
Ha 3 sinfda oʻrin belgilashda yanglishishgan menimcha
Бисмиллах
Ассалому алайкум сертификат качон чикадт?
Shoira Rahimova
Assalomu alaykum 3-sinflar òrasida qachon òtkaziladi matematik olimpiyada