This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда ««Freelance истиқболи» онлайн форумининг 4-қисмида иштирок этганим ҳақида аввалроқ хабар бергандим.

Онлайн форум давомида интернет тезлиги ҳақида ҳам савол берилди ва бу бўйича ўз фикрларим билан ўртоқлашдим.

Кўпчилик муштарийлар интернет тезлиги ва нархи ҳақида каналимда ҳам муносабат билдиришимни сўраб, мурожаат қилишаётгани сабабли онлайн форумда айтган айрим фикрларимни бироз қисқартирган ҳолда эълон қиляпман.

Тўлиқ видеони мана бу манзилдан томоша қилишингиз мумкин:
https://youtu.be/BJwyshHBYWU

Сизнинг бу борада фикрингиз қандай?
Юртимиздаги интернет тезлиги ва нархи Сизни қониқтирадими?

Фикрларингизни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 76 more comments
Yaxshi suhbat bo'ldi...
Davron FOZILOV
Интернет тезлиги, масалан Тошкент шаҳрида деярли яхшиланган. Бироқ, мобиль интернет ва бошқа ҳудудларда интернет тезлиги ва сифати яхшиланишга ҳали анча вақт борга ўхшайди.
Bilmadimu lekin baribir past tezlik. Fast.com saytidan Kanadada skrshot qilingan tezlikni koʻrgandim 260Mbs edi. Qaniii menda qanday ekan deb kirsam 1.2 Mbs ekan🤦🤦 bizniki mayli katta shahar emas, hatto yaxshi ishlaydigan Guliston shahrida ham bu tezlik 6.7 Mbs ekan !
260ni tasavvur qilolmayman toʻgʻrisi !
Ucellda umuman dabdala bulib buldi lekin noshukur bulmaslik kerak tugrisini aytish kerak faqat uzmoball zur ishlayatti malum bir joygacha undan keyin uham hiralashadi boshqa Mfy utsang uyoqda ucell yaxshi bilmaymanu qanaqa bular
Бизда ҳалиям рақамлар ортидан қувияпмиз тўғри олдингидай интернет қиммат эмас лекин сифат борасида ортдамиз фақат марказида интернет ишлаши керак деган тушинчадан воз кечишга тўғри келади алоқа операторига қўнғироқ қилсангиз ҳозир ҳамма уйда интернетга юклама кўп тушмоқда деган гапни айтишади бунга ким жавоб беради алоқа кампания ташкилотчилари жавоб бериши керак менимча чунки улар шу абонентлардан тушган фойдаси билан ўз ҳаёт йўлларин давом этмоқда улар чидасанг шу чидамасанг ана катта кўча қабилида иш юртиши жуда уят ва хато алоқа еампаниялари жуда катта ўзгариш кутамиз
Rixsiboy. Davlatov.
Assalomu alaykum! narxi qimmatlik qilmaydi bizni sharoitga lekin sifati juda yomon. Sifatini yaxshilash kerak.
Biz yashaydigan Chiroqchida ayniqsa sifatsiz internat.
Nimaga internet tezligini oshirishni hohlashmaydi, xech tushunolmayman. Monopoliya, korrupsiya va yana biz bilmagan bir nechta sabablar borga oʻxshaydi.
Nigora Jumayeva
Hammada shu muammo bor ekanku😂qishloqda turganimiz un shunaqa aloqa sifati pastmi deb oylagandim
Internet sifati juda yuqori emas ! Rivojlangan davlatlarda internet tezligi sezilarli darajada yuqori . Internet sifati u yoqda tursin hatto wifi tizimi ham yaxshi emasdek go'yo
Шавкат Нуриддинов
Бизда хамаси манополия
Хусусий мобил компания
Ўзбекистонда фақат белайнми
Bu internet tezligini oʻlchovchi sayt ! Mana hozirgi skrinshot uyimdagi.
Agar Internet tezligini yaxshilashmoqchi bo'lsa moboda, yaponiyadan O'RGANISH kerak shu sohadagi vazirimiz, yaponiyada agar Internet 5 daqiqa yoki 5 sekund uzilsa o'n marta egilib xalqidan uzur so'raydi bizda Internet nima ekanligini bilmaydigan yurtdoshlarimiz anchagina, hozirgi Internet bilan raqamli iqtisodiyotga o'tishni umuman oylamasak ham bo'ladi, lekin xalqimiz har doimgidek yaxshi bo'lib qolishiga ishonadi😥
Качон узимизни суньий йулдошимиз булади? Давлатни нечинчи йилги режасида бор шу масала?
Nimaga internet tezligini oshirishni hohlashmaydi, xech tushunolmayman. Monopoliya, korrupsiya va yana biz bilmagan bir nechta sabablar borga oʻxshaydi.
Bir ertakda boʼri qoʼzichoqqa "seni aybing- meni qornim ochligida yoʼliqqaning"-degan ekan. Xuddi shunday bizni aybimiz dunyodagi yagona Musappo osmoni bor, dunyodagi yagona tinch davlat boʼlgan Oʼzbekistonda tugʼilganimiz boʼlsa kerak. Nima dedingiz doʼstlarim?
Oybek Turayev
Biz taraflarga kelsayiz 1.2 Mb/sni emas, 1.2 Kb/sni ko'rardiz😂 Bunda ham yaxshi ishliydi lekin
😂😂 1.2 deb oshirvoribman men ham bu kamdan kam boʻladigan hodisa boʻgan shekilli hech kim kirmagan paytda kirgan boʻlsam kerak. Hozir yana tekshirib koʻrdim 170 kbs
Sizgayam sabr!
Oybek
Internet juda yomon online darslar umuman bomayapti, kirishni iloji yoq hamma kompaniya bir xil juda past.
Maruf Tojiyev
Bizda ham shu ahvol G yoki E yonadi dastavval keyin H ga zurga o'tadi mobil internet. Trafiklar qimmat tezlik nol. Tungi paketlar arzon tezlik bir oz kutariladi. Lekin har doim ham tunda internetga kirolmeyman. Tezlikni oshirib narxni arzonlatsa bulardi kompaniyalar.
Jaa yomonlormaanglar doʻslar zato kament yozyapmizkuu😂😂😂😂
Toʻgʻri bizda tezlik pas lekin sahroi kabirda undanam pas boʻsa kerak 😂
Show next 100 comments