This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда ««Freelance истиқболи» онлайн форумининг 4-қисмида иштирок этганим ҳақида аввалроқ хабар бергандим.

Онлайн форум давомида интернет тезлиги ҳақида ҳам савол берилди ва бу бўйича ўз фикрларим билан ўртоқлашдим.

Кўпчилик муштарийлар интернет тезлиги ва нархи ҳақида каналимда ҳам муносабат билдиришимни сўраб, мурожаат қилишаётгани сабабли онлайн форумда айтган айрим фикрларимни бироз қисқартирган ҳолда эълон қиляпман.

Тўлиқ видеони мана бу манзилдан томоша қилишингиз мумкин:
https://youtu.be/BJwyshHBYWU

Сизнинг бу борада фикрингиз қандай?
Юртимиздаги интернет тезлиги ва нархи Сизни қониқтирадими?

Фикрларингизни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 100 more comments
Bizda pul bor texnika kadrlar bor faqat siyosiy iroda yo‘q bunga dalil qirg‘izistonga qarang internet tezligi zo‘r narxi arzon. Bizda internet tezligi shilliqurt narxi otni kallasidek. Hukumatdagilar joyidan ajralishdan qo‘rqadi.
Qishloqda telegramm zòrģa ishlaydi. Uyam kunning qaysidir vaqtlarida
Qozog‘istonda ham internet tez ham arzon
Тезлигиям пас, нархиям киммад
Энг қиммати ҳам, энг сифатсизи ҳам бизда.
Internet? Nima u? Hozir manashu fikrni yozish va sizga jo‘natish uchun tomdaman.yana kamiga telefonni osmonga otib-otib olyapman
Narx haqida gapirmasa ham bo‘ladi.juda qimmat
Узбекистонда 5 йилгача интрнет муаммоси аник хал булмайди
1 дан монополия
2 дан хамма жойлардаги симлари эскириб кетган
3 дан карупция ва узбекчилик
Нега қишлоқ жойлари билан шаҳарнинг тарифлари бир хил? Қишлоқ жойлари учун шаҳарда тўланадиганни 1/4 ни ҳисоблайдиган қилиш ёки компанияларни тинимсиз судга бериш керак. Коментда фикр билдиринглар дегунча қишлоқ бориб видео олиб қўйинг фейсбукка кириб видео кўраолмаётганизни масалан...
# hero
Men Andijondanman,Uzmobile kompaniyasiga rahmat biziyam qishloqda 3g,4g yoq edi,mana shu mart,aprel oylarida Andijon viloyatini tola taminlab qoydi 3g.4g bilan,yaqinda boshqa viloyatlarniyam ta'minlasa kerak,hozir internet uchyabdi qishlogimizda
# hero
Internet narxi ham arzon qolgan kompaniyalardan
Abduraxmonov Jasurbek
Toshkent viloyatidayam yashayman lekin viloyatlardagi ahvoldan qolishmaydi umid qilishdan boshqa ilojimiz bormi
Shahar bõlmagan hududlarimizdagi tarmoq tezligi hammamizga kundek ravshan. Ammo shuni ham aytib õtishimiz joizki shaharlarimizdagi tarmoq tezligi ham turlijoylarda ma'lum toifalarga bõlinib qolgan. Masalan shaharning bir joyida tezligi meyoriy darajada bõlsa yana bir joyda ancha past. Sizning qurilmangizda 4G H+ ishlamoqda bõladi ammo tezlik ma'lum bir kichik bayt sekundlarda.
Xa meni qoniqtiradi Afrika davlatlaridan yaxshi har holdaaaa🤣🤣🤣
Òzbekiston sharoitida internet qimmatligin karantin davrida bildim. Chunki online dars òtish mobaynida òquvchilarga vazifalarni bajarib online yuborishlarini aytsak bir oilada 3-4 ta farzand hamma fanni vazifalarini o'qituvchilarga yuborish uchun trafik yetmayotganligini, internet paketlar qimmatligi aytishdi. Shu sababli Telefon orqali oģzaki vazifalarni tekshirib òquvchilarni baholashga harakat qilyapmiz
Farxod
Биздаги интернетни тезлиги умуман талабга жавоб бермайди нархи киммат лекин шунга яраша сифатли эмас.
Azizova Hilola Toshpulatovna
Shaharning eng sentrida qanchalik qiynalamizku,chekkaroqlarni gapirmasa ham boladi,umuman qoniqtirmaydi.
Men õzim talabaman. Karantinda qishloqda ekanligimda online darslar boshlandi. Ammo men 2 3 haftalik darslarini õtkazib yubordim. Chunki internet tezligi past emas, internetning õzi yõq. Past tezlik ham 0dan baland bõladiku.
Bizda hammasi zoʻr 4G
Show next 98 comments