This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда ««Freelance истиқболи» онлайн форумининг 4-қисмида иштирок этганим ҳақида аввалроқ хабар бергандим.

Онлайн форум давомида интернет тезлиги ҳақида ҳам савол берилди ва бу бўйича ўз фикрларим билан ўртоқлашдим.

Кўпчилик муштарийлар интернет тезлиги ва нархи ҳақида каналимда ҳам муносабат билдиришимни сўраб, мурожаат қилишаётгани сабабли онлайн форумда айтган айрим фикрларимни бироз қисқартирган ҳолда эълон қиляпман.

Тўлиқ видеони мана бу манзилдан томоша қилишингиз мумкин:
https://youtu.be/BJwyshHBYWU

Сизнинг бу борада фикрингиз қандай?
Юртимиздаги интернет тезлиги ва нархи Сизни қониқтирадими?

Фикрларингизни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 100 more comments
Нилуфар Хосиловна
Интернет Ўзбекистон бўйича жуда хам орқада қолиб кетаяпти. гапларингизга мутлоқ қўшиламан.Лекин буни нафақат блогерлар балким сенат кўрадиган глобаль масала деб ўйлайман.
Аскар Норпулатов
Ман 2005дан 2016 гача Россияда ишладим. У ерда интернет ривожланишини 11 йилда кузатдим балки узимда синадим десам тугрирок булади. Узини спутниги булса хам бошида тугри жуда киммат булди лекин сот компаниялар купайгандан хаммаси жойига тушди. 2016 келаётганимда манга Теле2 компанияси таклиф берди ман сим оламан 15 кун ишлатаман 40гб 40минг дакика текинга 15кун утгандан кейин 600 рублей. Энди хисоблаб куринг ва бизадаги шароитни куринг кучиб кетгинг келади.
Assalomu alaykum boshqa sohalarda aniq bir nima deyolmasam ham mening sohamda tibbiyot sohasida bunday talim aslo yaramay di
Oylab koringa sizlar erta bizga oz sogligizni ishonib topshirasiz lar qorqinchili a shundaymi !!?
Bunday internet bilan ishlasa boladi lekin tezlik qoshni davlatlar bilan solishtirganda 😕
Tezlik past. Hamma yerda kamida 1Mbayt/s bolsa yaxshi bolardi. Narxlar arzonlashi mumkin,Monopliyadan qutulsak
Bizdagi eng og'riqli muommolardan biri bu internet sifati. O'zimdan qiyos Toshkent shahrida istiqomat qilsamda biz tarafda yani Uchtepa tumani Sharof kochasida haligacha simli internet yoq hisobi.Har qncha urinmay babir "joy yoq limit tolgan" degan bahonalar sababli ulanomayapman.Uztelekomda har doim bohona tayyor .Monopoliya bogandan keyin shuda.Boshqa "Chasniy"provayderla ham ulab berolmaymiz faqat uztelekomi imkoni bor siz taraflarda deyishdi.Bu qanday ahvol poytaxtda bola turib internet ilojisini qilolmasang.Faqat mobile internet bilan kifoyalishga majbursan qimmat bolsa ham.YOQOLSIN MONOPOLIYA!!!
Rahmiddin Kenjayev
Yomon
Jonga tegdi bu uztelecom deganlari!!! Doim bu yaramaslarda bahona tayyor. Men talabaman va hozirgi sharoitda mobil internetning judayam sekinligi tufayli moodle va zoom kabi online platformalardan foydalana olmayapman. Bu internet deganlari telegram uchun ham yetarli darajada ishlamayapti
Hozirgi paytda eng dolzarb muammolardan biri bu internet tezligi deb hisoblayman internet tezligi sustligi tufayli online darslarga kirish òzlashtirishda qiyinchiliklar yuz bermoqda
Tòģri ishlaydi ishlatsa ham bòladi lekin barbir hamma foydalangandan keyin tezligini oshirsa yaxshi bòlardi abuturentlar video darslardan foydalanadi lekin 200 mb video ochish uchun viloyatlarda 4 5 soat ketadi
Internet 4g chiqqandayam 1mb/s ham iwlamidi 3g daku umuman iwlamidi yurtimizda internet sifati judayam past
Bizni fikrimizni ham kimdur uchun ozgina bõlsa ham qiziqligi juda xursand qildi, rahmat sizga!
Men tanlabaman. Fikrim ham shu borada, ya'ni talabalar uchun qõyilayotgan talablar va ayrim chekka hududlardagi talabalar sharoiti umuman har bir kishini õylantirib qõyadi (ayniqsa xuddi men kabi qishloqdagi talabalarni). Noshukrlik emasku, lekin umuman qoniqmayman internet sifati va bunaqa "tizim"dan. Qõshni qishloĝimizdagi bir mansabdor shaxs (aynan kimligi unchaik muhim emas) butun mahallasiga internet kabelini (wi-fi) torttirib kelganini eshitib, biz ham harakat qilib kõrdik, qancha xarajati bõlsa ham rozi edik (menimcha aslida bu uztelecom tomonidab bepul amaga oshirilishi kerak), ammo "hurmatli" kompaniya xodimlarini ma'nosiz va sanoqsiz bahonalarig duch keldik. Uyoĝdagilar esa (universitetdagilar) masofaviy ta'lim platformasida qatnashmaslik oqibatlari yaxshi bõlmasligi haqida har kuni, xuddi MCHS kabi ogohlantirishadi. Bu juda AJOYIB! Xullas ana shu universitetiga ham tupurib õqish(TDIUda davlat granti)ni tashlab ketmoqchiman
"UZTELEKOMGA" raqobat kompaniya ochish kerak.shunda o'sish bolar
Hayotjon Akbarov
Интернет тезлиги факат кабелни оркали яхши. Лекин хали туманларда 80 фоиз ахолида йук. Телни узида интернет умуман йук битта расмни очиш учун 1 соат вакт кетади. Масофавий таълимда шунинг учун хам натижалар яхши эмас. Алока интернет сифати яхшиланмас экан бизнинг болаларимиз саводсизлигича колиб кетаверади.
Umidaxon
Internet narxi qimmat, tezligi sekin
Kamola Obidova
Izoxga xojat yuq xamma biladi internetni qanaqa iwlayotganini kim kimu menga uxwaganlarga juda bilinyapti chunki men xam talaba xam uqituvchi xam onaman farzandim bn online dars utiladi, uzim dars utaman va unversitetda xar kuni darslarga qatnashish kk tugrisi ulgurib bulmaydi chunki bitta rasmni ochishga xam ancha vaqt ketadi videoniku gapirmasa xam buladi🤐
Зафаржон
Киммат ва сифатсиз.
Sifatsizmas umuman sifati yoq qimmat narhga yahshi internet bersa bu prabayferlar achinmasdik markaziy osiyo boyicha solishtitaylik enh qologi bo"lsa kerak karantindan keyin bu ozbektelecom ishini ham kotib chiqish ketak qachongacha davom etadi bu monopoliya
Assalomu alaykum. Mani singlim Milliyda o'qiydi. Ularda masofaviy o'qish boshlandi. Bizda internet past ham emas umuman yo'q edi. Belayn va uselni uzmobaylni aytmasa ham bo'ladi antenasi ham yo'q. Umsga may oylaridan boshlab net ciqa boshladi. Lekin singlim darslarini hali hanuz topshirishga juda qiynalayabdi, chunki internet juda rasvo holatda. Bularni yozish un uyat bo'lsa ham aytaman tomdaman. Afsus.
Show next 60 comments