This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда ««Freelance истиқболи» онлайн форумининг 4-қисмида иштирок этганим ҳақида аввалроқ хабар бергандим.

Онлайн форум давомида интернет тезлиги ҳақида ҳам савол берилди ва бу бўйича ўз фикрларим билан ўртоқлашдим.

Кўпчилик муштарийлар интернет тезлиги ва нархи ҳақида каналимда ҳам муносабат билдиришимни сўраб, мурожаат қилишаётгани сабабли онлайн форумда айтган айрим фикрларимни бироз қисқартирган ҳолда эълон қиляпман.

Тўлиқ видеони мана бу манзилдан томоша қилишингиз мумкин:
https://youtu.be/BJwyshHBYWU

Сизнинг бу борада фикрингиз қандай?
Юртимиздаги интернет тезлиги ва нархи Сизни қониқтирадими?

Фикрларингизни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum men yashaydigan hududda internet unchalik ham havas qilarli darajada deb bolmaydi trafik masalasiga keladigan bòlsak anchagina qimmat menimcha tez kunlarda bu muammolarning yechimi topilishiga men ishonaman shuncha chora tadbirlardan sòng ham bu masalalar yechimi topilmasa bilmadim...
Furqat Soliev
Интернет тезлиги жудахам коникарсиз, сабаби узокда булган ошна огайнимиз билан имо, ватсаб ёки бошка сайтлар буйича хам гаплашиб булмайди доимий равишда узилиб турилади ва уйда хозир масофавий дарс утишдахам болалар кийналмокда мен 4ГБликга тулов килсам хам 4 лик берилмайди нархиям хозирги маошимизга караганда жуда киммат
Bundanam battar bolishi mumkunidi😉😅 shunisigayam shukur!
Бунга хали тайор болмай туриб,ишга туширилиши максадга мувофик деб хисобламайман,лекин талабаларни ракамли техналогияга Озгина болса хам ,кизикиши ортди ва ундан кандай фойдалана олябди,ва яна бир масала телевидинияда купрок ОТМ фанлари хам эфирга узатилсин шу тогрирок !
Ассалому алейкум. Интернет тезлиги ута суст, биз талабалар онлайн тизимда утилаётган дарсларга катнашишга жуда кийналамиз, онлайн имтихон топшириш эса ута мушкул, кейинги сахифага утищини кутганингча вакт тугаб колади ва катта эхтимол бн коникарсиз бахо оламиз
FARIDBEK
Men yashaydgan hududda internet sifati juda past 3 G dan foydalanishim uchun tashqarida otirishm kerak uy ichkarisida umuman internet ishlamaydi barcha kampaniyalarda aloqa sifati ham juda past
Sardor Sayitov
Hozirda xammamiz bilamiz talabalar onlayin ta'lim olishmoqda. Qishloq joydagilar nima qilishayapdi? Dalaga chiqib aloqa izlashadi. O'qituvchilar esa talabaga internet tezligini baxona qilma deb aytishadi. Bunda talaba nima qilsin ,hamma qatori u ham uz hisobiga pul tashlab turadi.Qolib ketgan Mb ga achinib qolishayapdi.
Assalomualeykum! Umuman qoniqtirmaydi, oddiy telegrammni ochish uchun ham kutish kerak, qaysidir qishloqda ucell, qaysidirda esa beeline yoki ums zo‘rg‘a ishlaydi. Uzmobile birinchi chiqqanda sifati o‘rtcha edi, hozir shaharlarda ham tormoz bo‘lib qolgan.
Мамажонов Азизбек
Assalomu aleykum!Ko'pchilik fikriga qo'shilgan holda internet juda sust va internet paketlar esa qimmat.Internet qimmat bo'lganiga yarasha tezligini ham oshirib qo'yishsa yaxshi bo'lar edi.Inshalloh buyog'iga yaxshi bo'lib ketsa ajomas
Otabek Abdullayevich
Assalomu alaykum. Davlatni rivojlantiraydigan faktirlardan biri bu zamonaviy axborat texnologiyalari va elektronika sohasidir. So'ngi 3 yilda bu soha sezirarli o'zgardi (har xil turdagi online to'lovlar, online darslar... kirib keldi). Ular esa internet bilan uzviy bo'gliq. Bizdagi internet tezligi esa qoniqarsiz deb baholayman. Bundan tashqari uning narxi ham qimmat. Ko'pchilik xorijdan kelgan mehmonlar va o'qituvchilar bu ikkita faktordan shikoyat qilishadi. Taklifim shuki Respublika bo'ylab optika kabellar orqali internet tizimini yaxlit bir tizim sifatida shakillantirish mumkun. Bu ham arzon ham internet tezligi yuqori bo'ladi.
Tariflar boshqa qoshnilarimizga qaraganda haqiqatdan ham qimmat.
Ассалому алайкум интернет киммат Яхши ишласа розидик нихоятда суст ишлайди интернет истаб томга чикамиз ,баьзида огородда юрамиз ачинарли хол.
_ UZB_
To‘g‘ri aytilgan manapoliya bo‘lishi kk emas
Хикматулла Муминов
Интернет тезлиги жудаям паст. Балки солиштириш ноўриндир, Россияда уч йил олдин Томск (пойтахтдан анча нари!) шахрида бўлганимда мобил интернет тезлигидан нокия 301 телефоним айфонми деворганман! Нархи ҳам арзон эди
Hammasi aytilib boʻlibdi shekilli. Haqiqatdan ham talabalarga juda qiyin boʻlyapti, tezlik sifati oʻta past. Bu yil nomiga mos ravishda ham biror bir tayinli ish qilib tezlikni yaxshilab olishsa juda yaxshi boʻlardi
Hozirgi vaqtda operatorlarni faqat internet xizmati sifatiga qarab baholash mumkin. Men ucell va uzmobile ishlataman. Ucell 40 % uzmobile 20% qoniqtiradi xolos. Albatta bu nisbatan. Shahardan chekkaroqqa chiqsaku tamom....
Uzbekistonning chekka hududlarida (tuman markazlaridan chekka qishloqlari) ,,internet" so'ziga ,,tezlik" so'zini qo'shish juda kulgili. Shaxarliklar ham qishloqliklar ham ta'rif rejasida bir xil summani to'lashadi lekin imkoniyatlar bir xil emas bu juda ham noinsoflik
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Videoni ko‘rib chiqdim.Fikrlaringin juda o‘rinli.biz to‘gli hududda turamiz.internet tezligi uzmobaylda toshbaqa beelayn yahshiroq lekin uni hammaning cho‘ntagi ko‘tarmaydi.Eshitishim bo‘yicha Kirgizston va Kozokstonda oyning boshida pul tashlansa bo‘ldi.internet 1 oy davomida yo‘niq turarqan.Bizga jaa unchalik bo‘lmasa ham hech bo‘lmasa shuning yarmini kilib berishsa edi.
Men internet haqida gapirmasam ham bo‘larkan.
Umuman gap sozga xojat yo'q...Internet boyicha ota orqadamiz. Rasm ketmidi xattoki. Oldi qochdi gaplar kerakmas. "Otgan yilgidan faloncha o'sishga erishdik", "Internetimiz ancha yaxshilandi" ....Shunaqa gaplarni hammasi yolgon ..Biz internet tezligi va narxi boyicha orqadamiz...judaa orqada...Sal jiddiyroq qarash kerak bunga. Butun dunyo boyicha servisla biznesla online ...lekin bizdamas ...chunki internetimiz 🤘
- "Siz oʻz yurtingizga, yaʼni Toshkentga qaytib borishni oʻylab koʻrgamisiz?(Reporter)
- " Albatta, u yer meni vatanim, u yerda tugʻilib oʻsdim. U yerda doʻstlarim bor" deb javob beradi Akbar Butayev. Dota 2 boʼyicha kibersportchi. Ukrainaning Natus Vencure jamoasi sardori. (SoNNeiko)
- Siz oʻzingiz jamoa tuzib oʻz mamlakatingiz nomidan qatnashsangiz boʻlmaydimi?
- Qani endi, oʻzim xam xoxlab qolardim vatanim shaʼnini balandga koʻtarish, qolaversa oʻz doʻstlarim bilan oʻynash. LEKIN BITTA MUAMMO BOR, OʻZBEKISTONda INTERNET TEZLIGI JUDA PAST.
Akbarning kibersportdagi hozirgi kundagi yutuqlari 120 ming $ ni tashkil etadi.

Xuddi shunga oʻxshash yana bir hamyurtimizni har bir dota2 oʻyinchisi taniydi ARTEEZY ( Artur Babayev. 23 yosh)
Uning kibersportdagi yutuqlari $ 1 522 207 ni tashkil etadi. Ishonmayapsizmi? Mana 👇https://www.google.com/amp/s/www.cybersport.ru/amp/base/gamers/arteezy/dota2

Uning ham O'zbekiston bayrog'ini balandga ko'tarmasligiga sabab oʻzimizda INTERNET TEZLIGI JUDA PASTLIGI.
Show next 7 comments