​😳 36% абитуриентлар 56,7 балл ҳам тўплай олмаган

ДТМнинг mandat.dtm.uz сайтидаги очиқ маълумотларига кўра, жорий йилда 892 минг 710 нафар абитуриент тестга кирган.

Минг афсуслар бўлсинким, уларнинг 319 минг нафари (35,8%) ўтиш балининг энг қуйи чегараси бўлган 56,7 бални ҳам тўплай олмаган. Бу даҳшат!

Энг ёмон кўрсаткич, Тошкент вилоятида (39,1%), нисбатан яхшироқ натижа Тошкент шаҳрида (29,5%) қайд этилган (пастдаги жадвалга қаранг).

56,7 балл — бу тўплаш мумкин бўлган энг юқори 189 балнинг 30%и дегани. Яъни абитуриент ҳеч бўлмаса 30% билимга эга бўлса, ушбу кўрсаткични тўплай олади. 30% билим эса рейтинг тизимидан қиёс олсак, ҳатто 2 баҳо ҳам эмас! 1 баҳо десак тўғри бўлар балки.

Яъни 2 баҳога ўқиганлар ҳам тахминан 35-55% натижа кўрсата олиши керак.

Тасаввур қиляпсизми, яқин ўртада мактабларимизни тугатган абитуриентларнинг 36% фоизи, аниқроғи 319 минг ёшлар (балки орасида кам сонли ёши катталар ҳам бордир) фанларни 2 баҳога ҳам билишмайди.🤦‍♂️

❓56,7 балл тўплаш шунчалик қийинми? Нечта саволга тўғри жавоб бериш керак эди?

Ушбу бални олиш учун қуйидагича жавоб бериш кифоя эди:

Мажбурий блокдаги 10 та саволдан 5️⃣ тасига;
Мутахассислик блокидаги 20 та саволдан 4️⃣ тасига.

Шунда 56,7 балл олиш мумкин эди. Кечирасизлару, бунинг нимаси қийин?

Мажбурий блокдаги саволлар ўта ва ўта осон даражада бўлса, мутахассислик блокидаги саволларга эса ҳаммасини битта ҳарф, масалан "А" қилиб белгиласа ҳам 4 тадан ошиқ чиқса, наҳотки 319 минг абитуриентлар шуни ҳам эплай олмаган? Бу даҳшат эмасми?

Ёшларни гапиртирса, дарров «ота-онам камбағал, шароитимиз йўқ, репетиторга пулимиз етмайди», деб гап бошлайди ва айбни осонгина отасига тўнкаб қўя қолади. Ваҳоланки, ҳеч бўлмаса 2 баҳо даражасида ўқиш учун репетиторга бориш шартмас. Озгина қўлига китоб олса, салгина кўнглида хоҳиш бўлса етарли эди.

Тез орада жорий йилги кириш баллари ҳақида ҳам таҳлилларимни эълон қиламан. Унда ҳам кўриш мумкинки, кириш баллари анчайин паст, Ўзбекистондаги барча йўналишларнинг 70%ида кириш бали 100 балдан паст бўлган. Бошқача айтганда 100 балл тўплай олган абитуриент 2720 та йўналишга кира олар эди. Демак, ўқишга кириш аслида қийинмас, шунчаки оммавий билимсизлик бизни қамраб олган. Бу ҳақда ҳали яна батафсил гаплашамиз.

Рақамлардан кўриниб турибдики, абитуриентларнинг умумий билим даражаси анча паст. Йиллар давомида таълимнинг ташлаб қўйилгани, бугун ўзининг салбий «мевасини» бермоқда. Бу бизни кўпроқ ташвишга солиши, халқ таълими тизимига бор кучимизни, маблағимизни аямасдан ташлашимиз кераклигини англатади.

❓Сизнингча, нега билим даражамиз хавотирли даражага келиб қолди? Ўқувчиларнинг катта қисми энг элементар ва содда билимларни ҳам билмаслигига сабаб нима?


👉 @xushnudbek 👈

757 comments

Show 100 more comments
Men o'qituvchiman ota-onani tarbiyalash kerak.Ota-ona Farzandini bilim darajasini birinchi o'ringga qo'ysa,shug'ullansa,kapitalni faqat farzandga ajratsa Biron natija bo'lar.
Maktabda 8-sinfdan kegin o'quvchilar umuman o'qishmiydiyu qattan to'plidi ballni, 9-11 sinflar bo'lganida o'qituvchini Toshkentda bir tiyinga olmidi, "O'qituvchi ham odammi".
꯭❲❍꯭꯭꯭➢꯭❲꯭꯭🇷🇺꯭꯭❳𝞝꯭🇷꯭꯭ⴎ꯭Ꭶ꯭Ꭶⲓ꯭ⲁ꯭𝞝꯭꯭꯭꯭❲꯭🇷🇺꯭꯭❳❍꯭➢
Super kantrakt qachon chiqadi okala blmisilarmi
Nodira Abidjanovna
Õta mehribon va õta e'tiborli ota-onalarimizning farzandlariga bõlgan "mehr-muhabbatlar"i SABAB! Xadeb, maktab, maktab deb boshqalarni ayblaguncha farzand uchun eng oliy navbatta ota-ona turishini esdan chiqarmasligimiz SHART!!! Maktablarda õqituvchilar bor bilim, malakalarini qõllaridan kelgancha har bir õquvchisiga yetkazishga harakat qilishadi. Õqituvchi degan zotta haliyam chimdim bõsayam "VIJDON" deganlaridan bor...
А Р
Хозир укитувчига ортикча нарсалар юкланиш бошланди кундалик ком шулардан бири оддий кундаликни текширмаетган ота она еки шунга бахо куймшга улгурмаетган укитувчидан интернет сифати паст пайтида буни талаб килиг нотугри.оддийгина тартибни тиклайлик колгани булади
Xalq talim tizimining xattoki yaxshi darajadayam ishlamasligi nazarimda...
Zahiddinovna
sxolov
Tavval belgilash uchun borarkanda testga shunda shunaqami
Oqigan odam bilganini belgiledi bilmagandan keyin boshqa iloji ham yogda
O'qituvchilar o'z ustida ishlamaydi.Oylik kam o'qituvchilar boshqa qo'shimcha ishlarga o'tib ketgan. Tiofa olish pul. O'qituvchilarni oyligini oshirib natija talab qilish kerak. O'quvchilarda o'qishga bo'lgan fikr umuman salbiy. O'qishga umuman qiziqishmaydi. Oila a'zolari ham e'tibor bermaydi. To'g'ri sharoit yo'qlar ham ko'p. Ta'limga e'tibor past jamiyatda ham. Bilmadim yana. Bizning qishloqda shunday.
+++++
10-11синф укитувчиларини кераги йук.репититорга борса укувчилар.пулга .
ХуршидБек
Хозир шароит анча яхши барча фанлардан китоблар етарли фақатгина болаларда хохиш йуқ 15 йил олдин умуман китоб бумаган 98-99Йиллар биз сср ленин деган сузларни учириб яроқсиз ярим бети йуқ нима уқийотганимизни тушунмасдан уқиганмиз кутубхонада битта китобни устида 20Киши йотиволиб ўқирдик умримиз далада пахтада утган амо хозирги болалардан билим кучлироқ булган ўқишга қизиқиш булган умуман репититорга бормасдан 125 бал туплап кантрак буганман уқитмай турмушга бериворишган хози 3та фарзандли булиб 33 йошда бу йил ўқишга кирдим атиги бир ой тайорландим нима демоқчи ман шунчаки хохиш булиш керак шароит мухим емағс амма нарсани шароитга боглаш тугри емас
Ehhhh ... Asosiy sababi taʼlim sohasida yengilliklar juda koʻp boʻlgani va farzandlarga eʼtiborsiz boʻlgan ota ona asosiy va maktab 🙄🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️

Daxshat lekin🤯
maktab o'qituvchilari repititordan kuchli bo'lsa o'shanda tizim yaxshilanadi.
Bu holga keb qoganimizning asosiy sababi maktabdan tashqari qóshimcha tógaraklarning kópayib ketgani. Oddiy misol, avvallari nólevoy sinflar yoki pochemuchkalar deyarli bólmagan, tabiiyki, bog'cha tarbiyachilari bolalarni maktabga tayyorlash, ularga harf tanitish kabi vazifalarni óz zimmalariga olishgan, va sidqidildan órgatishgan. Pochemuchkalar chiqib, ota onalar maktabdan oldin bolalarini albatta ósha pochemuchkalarga oborishiga qat'iy ishongan bog'cha opalar bu vazifalarni ózlaridan soqit qila boshlashdi. Huddi shu kabi, maktablardagi kópchilik óqituvchilar ham, óquvchilarning repetitorga aniq borishiga ishonib darslarni qól uchida ótiadigan bólishdi. Eng yomoni, Óquvchilarning ózlari ham maktabda kerakli bilimni olishlariga ishonmay qóyishdi(( Afsuski universitetlarga tayyorlovchi hamma repetitorlar ham zór órgata olmaydi, va qarabsizki, kórsatkich tushgandan tushib boradi.
IMHO.
Ассалому алайкум Хушнудбек сизга ёзишимдан максад мен шу йил талаба булдим Карши давлат педагогика университетга тулов шартномаси асосида укишга Кабул килиндим лекин университет хозирги Кунда китоб туманига перевод булди оилавий шароитим китоб туманига бориб укишга тугри келмайди каерга мурожаат килсам булади
Хасбияллоху ва ниьмал вакил!
Assalomu Alekum. Hamma Bir gapi etvotide Maktab maktab maktab deb Ammo birinci maktab bu oila oilada tarbiyaga ilm fanga etibor beriwmi qoyiwdi. Ota onalar boru uz farzandlarini uqituvcisini ismligini yoki bolasi necinci sinfga otkanini bliwmidigan ota onalar ham borde. Bolaga hamma narsa olib berib kam boliwmasin deyiwadiyu ammo biror sabab ili sababsz ham masalande Tugulgan kun yoki.... bolaga kitob sovga qliwmidi bor wunaqalar ham ammo barmoq b.n sanagulik. Lekin maktabda dars tayyorlab kelmagani sabab oqtuvci qatturo dakki beriwsa ota onaga srazi etiwadi vaholanki ota yo ona borib ustozini kopni icida beobru qlib keliwadi. Oldinlari oqtuvcinga etaman darsiligini qil deyiwsa qorqardik yoki bugun baho olib kelmasan tv kormisan moltik kormisan deb tv qoyib beriwmasdi ota onamz. Aybni atrofdan emas uz uzimizadan qidiriwimiza kere. Masulyatszlik bekorci vaqt kop boldimi bola tarbiyasi ozgaradi. Wu sabab aybdor faqat uzimiz. Bu mani wahsiy fikrim.
Yoshim 40dan o‘tib abiturentlik pog‘onasini bosib o‘tdim 70ball oldim to‘g‘ri degan savollarim ham noto‘g‘ri ekan bu uyat men uchun nailoj o‘rta maxsus degan nomdan qutulamanmi deb topshirgandim afsus bu yil ham nasib etmadi.To‘g‘ri yoshlar dangasa lekin o‘qituvchilar harakat qilishadi ota onalar pul berib o‘qitsa surushtirib turadi lekin bepul maktabdan doim kir qidiradi bolasini surushtirishni o‘rniga hamma bir xil emas lekin ba‘zi ba‘zida shundaylar borda oramizda
Ассалому алейкум!Абитуриентлар шунчалик паст балл туплашига сабаб уларнинг укимаслигида телефонга берилиб кетишганида ....
Xikmatova
Assalomu alaykum Xushnudbek aka hozirgi gaplarim shaxsiy fikrim.
Negaki o‘quvchilar maktabda oylik kam e‘tibor beradigan bo‘lsak o‘qishga kirish un tayorlanayotgan abiturentlarning eng kuchlilari o‘qituvchi bo‘lishni xoxlamaydi negaki oylik kam. Va ular o‘zini oylik ko‘p joyga urishadi bu achchiq haqiqat hattoki o‘zim ham shunday qildim. Undan kn maktabda o‘quvchilarni ba‘zi bir keraksiz fanlardan bezori chiqqan ularni yo‘q qilib eng asosiy zamonaviy fanlar IT oid fanlar suniy intelektga oid fanlar qo‘yilsa odobnoma mehnat fanlarini unutsak, xullas gap ko‘p ta‘lim sifatini qaytadan ko‘rib chiqish kk
Keling talim tizimiga sirtdan holis qaraylik. Biz faqat magistirlarimiz va bakalavrlarimizning ayrimlari bilan fahrlana olamiz. Albatta iqtidorli yoshlar O‘zbekitonda judayam ko‘p. Lekin qaysi ota ona aytadi mening farzandim iqtidorsiz deb. Hammaning o‘ziga yarasha bilim darajasi, iqtidori, salohiyati bor yoki bo‘lgan.
Kollej yoki letsey bitiruvchilariga kelsak ular o‘z muassasini oliy ta‘lim uchun yo‘l sifatida ko‘radi ko‘pchiligi albatta, hammasi emas.
Demak qisqa qilib aytganda ta‘lim tayanchi bu maktab. Bu hech kimga sir emas. Albatta maktab uchun islohotlar ko‘p qilingan va qilinmoqda. O‘qituvchilarga qatiy talablar qo‘yilgan. Maoshlar ko‘tarilgan. Bularning hammasi yoshlarga kuchli ta‘lim-tarbiya berish uchun albatta. O‘qituvchilar bor kuchi bilan harakat qilishyapti tasanno.
Lekin zamon uchun bu baribir kamlik qilyapti shunday emasmi?
Biz bir ko‘chat ekmoqchi bo‘lsak uning ildizini avaylab yerning yumshoq qismiga o‘tqazamiz. Uni tik holatda o‘tqazmasak daraxt egri bo‘lib o‘sadi, ildiziga shikast yetkazsak u juda sekin rivojlanadi yoki umuman qurib qoladi. Eng asosiysi uning ildiziga suv quyamiz tanasi yoki bargiga emas! Maktab talimini ham bir bog‘ deb tasavvur qilsak undagi daraxtlarning eng avvalo ekilishiga so‘ngra o‘sishiga e‘tibor qaratishimiz kerak. Undan ham avval bu darxtlarning nihollari keladigan joy yani maktabgacha ta‘lim bizning dolzarb masalamiz hisoblanadi. Maktabgacha ta‘lim O‘zbekiston hududining har qaysi hududida har xil. Hatto ayrim bolalarga shu ham nasib etmaydi. Hozircha bu masalaga yechim topish biroz mushkul.
Jilla qursa biz maktabga qadam qo‘ygan o‘sha nihollarni to‘g‘ri parvarish qilish imkonimiz bor. Bola ota onaning qo‘lidan maktab qo‘liga otgach uning 70% ta‘lim va tarbiyasi maktab ixtiyoriga o‘tadi. Har bir bola alohida bir nihol diylik. U nihollarning har birini alohida alohida parvarishlash juda qiyin masala. Chunki ular juda ko‘p. Lekin bir biriga qaysidir ma‘noda yaqin bo‘lgan nihollarni parvarishlash bir muncha oson va samaraliroq.
Bog‘ deb ataganimiz maktabda ekilayotgan bu ko‘chat deb ataganimiz o‘quvchilarni to‘gri joylashtirish kerak.
Egri o‘sgan daraxtning shoxlarini kesib unga ozor bergandan ko‘ra uni oldinroq tik holda va o‘ziga munosib joyga ekish kerak. Bilamizki tik holda lekin nomaqbul joyga ekilgan daraxt ham tashqi ta‘sir natijasida egri bo‘lib ketishi hech gap emas. Ammo hech qachon tik o‘sgan daraxtlar orasida egri daraxt ulardan o‘rnak olib to‘g‘ri bo‘lib ketmaydi! Qanday o‘sgan bo‘lsa shunday o‘sib ketaveradi.
Daraxtlarning barglari yoki tanasiga emas ildiziga suv quysak kutgan natijaga erishamiz.
Qisqa qilib aytganda
Maktab yoshiga yetgan bolalarni bilim darajasi, salohiyati va iqtidoriga qarab sinflarga bo‘lish keraj deb o‘ylayman.
Bu mening shahsiy fikrim.
Илтимос жавоб ёзинг маслахат беринг
Show next 100 comments