​😳 36% абитуриентлар 56,7 балл ҳам тўплай олмаган

ДТМнинг mandat.dtm.uz сайтидаги очиқ маълумотларига кўра, жорий йилда 892 минг 710 нафар абитуриент тестга кирган.

Минг афсуслар бўлсинким, уларнинг 319 минг нафари (35,8%) ўтиш балининг энг қуйи чегараси бўлган 56,7 бални ҳам тўплай олмаган. Бу даҳшат!

Энг ёмон кўрсаткич, Тошкент вилоятида (39,1%), нисбатан яхшироқ натижа Тошкент шаҳрида (29,5%) қайд этилган (пастдаги жадвалга қаранг).

56,7 балл — бу тўплаш мумкин бўлган энг юқори 189 балнинг 30%и дегани. Яъни абитуриент ҳеч бўлмаса 30% билимга эга бўлса, ушбу кўрсаткични тўплай олади. 30% билим эса рейтинг тизимидан қиёс олсак, ҳатто 2 баҳо ҳам эмас! 1 баҳо десак тўғри бўлар балки.

Яъни 2 баҳога ўқиганлар ҳам тахминан 35-55% натижа кўрсата олиши керак.

Тасаввур қиляпсизми, яқин ўртада мактабларимизни тугатган абитуриентларнинг 36% фоизи, аниқроғи 319 минг ёшлар (балки орасида кам сонли ёши катталар ҳам бордир) фанларни 2 баҳога ҳам билишмайди.🤦‍♂️

❓56,7 балл тўплаш шунчалик қийинми? Нечта саволга тўғри жавоб бериш керак эди?

Ушбу бални олиш учун қуйидагича жавоб бериш кифоя эди:

Мажбурий блокдаги 10 та саволдан 5️⃣ тасига;
Мутахассислик блокидаги 20 та саволдан 4️⃣ тасига.

Шунда 56,7 балл олиш мумкин эди. Кечирасизлару, бунинг нимаси қийин?

Мажбурий блокдаги саволлар ўта ва ўта осон даражада бўлса, мутахассислик блокидаги саволларга эса ҳаммасини битта ҳарф, масалан "А" қилиб белгиласа ҳам 4 тадан ошиқ чиқса, наҳотки 319 минг абитуриентлар шуни ҳам эплай олмаган? Бу даҳшат эмасми?

Ёшларни гапиртирса, дарров «ота-онам камбағал, шароитимиз йўқ, репетиторга пулимиз етмайди», деб гап бошлайди ва айбни осонгина отасига тўнкаб қўя қолади. Ваҳоланки, ҳеч бўлмаса 2 баҳо даражасида ўқиш учун репетиторга бориш шартмас. Озгина қўлига китоб олса, салгина кўнглида хоҳиш бўлса етарли эди.

Тез орада жорий йилги кириш баллари ҳақида ҳам таҳлилларимни эълон қиламан. Унда ҳам кўриш мумкинки, кириш баллари анчайин паст, Ўзбекистондаги барча йўналишларнинг 70%ида кириш бали 100 балдан паст бўлган. Бошқача айтганда 100 балл тўплай олган абитуриент 2720 та йўналишга кира олар эди. Демак, ўқишга кириш аслида қийинмас, шунчаки оммавий билимсизлик бизни қамраб олган. Бу ҳақда ҳали яна батафсил гаплашамиз.

Рақамлардан кўриниб турибдики, абитуриентларнинг умумий билим даражаси анча паст. Йиллар давомида таълимнинг ташлаб қўйилгани, бугун ўзининг салбий «мевасини» бермоқда. Бу бизни кўпроқ ташвишга солиши, халқ таълими тизимига бор кучимизни, маблағимизни аямасдан ташлашимиз кераклигини англатади.

❓Сизнингча, нега билим даражамиз хавотирли даражага келиб қолди? Ўқувчиларнинг катта қисми энг элементар ва содда билимларни ҳам билмаслигига сабаб нима?


👉 @xushnudbek 👈

757 comments

Show 100 more comments
Ана энди узингизга келаяпсиз якин 10 йилда яхши натижа кутиб утирманг 60 балл билан укишга кирган физика еки математика укитувчисидан нима натижа кутасиз .факат переводчиларни емонлайсиз. Улар уз вактида 150__-155 балл билан киролмай четга кетганлар лекин уларга 30 тадан 60та савол ута кийин варианда ташланган. Уларбунданда яхши натижа бериши мумкин эди. Лекин бир йил тулик тайерланаолишмади.Абитуриентлар шунча осон дан хам натижа бера олмадику. 2021 йилдаги 60 балл билан кирган укитувчида укиган укувчидан 2027-2028 йилларда 6. Фоиз натижа кутамиз иншаоллох
O‘qiydiganlar kirolmayabdi tayyorlanmaydiganlar pul bn oqib yotibdi
Oʻqishga kirish oson boʻlib qoldi korrupsiya qonunlashgan 50 mln ber xohlagan oʻqishga kir va 4 yildan keyin oʻzing xohlamasang ham oʻqituvchi boʻlasan boshqa ish ham yuq va kitobdan koʻchirib ol deb bir soat vaqt oʻtkarasan boʻldi, natijada 11 sinf bolasi 5 xonali sonni oʻqishni bilmaydi. Bakalavr bosib ketdi hamma yoqni maktablarda 10 soatdan ish bor 1 mln oylikga kim ham jonini kuydirib dars beradi,ikki soat borib shuni olsam boʻldi deydi-da taksichilik qilyapdi hamma
Бахор
Нега билим паст. Чунки ёшлар хам пул топиш фикрига тушиб колишди. Ишлаб келиб укишга топширсам кантрагимни тулайман ёки супер кантрак киламан деяпти. Бунга ким йул куйиб беряпти. Пули бор укийди паст бал тупласаям деб давлат йул куйиб беряпти.
Имя
Tik tokda 189 ni ursa kerak
Ilyosbek Asatullayev
Keling talim tizimiga sirtdan holis qaraylik. Biz faqat magistirlarimiz va bakalavrlarimizning ayrimlari bilan fahrlana olamiz. Albatta iqtidorli yoshlar O‘zbekitonda judayam ko‘p. Lekin qaysi ota ona aytadi mening farzandim iqtidorsiz deb. Hammaning o‘ziga yarasha bilim darajasi, iqtidori, salohiyati bor yoki bo‘lgan. Kollej yoki letsey bitiruvchilariga kelsak ular o‘z muassasini oliy ta‘lim uchun yo‘l sifatida ko‘radi ko‘pchiligi albatta, hammasi emas. Demak qisqa qilib aytganda ta‘lim tayanchi bu maktab. Bu hech kimga sir emas. Albatta maktab uchun islohotlar ko‘p qilingan va qilinmoqda. O‘qituvchilarga qatiy talablar qo‘yilgan. Maoshlar ko‘tarilgan. Bularning hammasi yoshlarga kuchli ta‘lim-tarbiya berish uchun albatta. O‘qituvchilar bor kuchi bilan harakat qilishyapti tasanno. Lekin zamon uchun bu baribir kamlik qilyapti shunday emasmi? Biz bir ko‘chat ekmoqchi bo‘lsak uning ildizini avaylab yerning yumshoq qismiga o‘tqazamiz. Uni tik holatda o‘tqazmasak daraxt egri bo‘lib o‘sadi, ildiziga shikast yetkazsak u juda sekin rivojlanadi yoki umuman qurib qoladi. Eng asosiysi uning ildiziga suv quyamiz tanasi yoki bargiga emas! Maktab talimini ham bir bog‘ deb tasavvur qilsak undagi daraxtlarning eng avvalo ekilishiga so‘ngra o‘sishiga e‘tibor qaratishimiz kerak. Undan ham avval bu darxtlarning nihollari keladigan joy yani maktabgacha ta‘lim bizning dolzarb masalamiz hisoblanadi. Maktabgacha ta‘lim O‘zbekiston hududining har qaysi hududida har xil. Hatto ayrim bolalarga shu ham nasib etmaydi. Hozircha bu masalaga yechim topish biroz mushkul. Jilla qursa biz maktabga qadam qo‘ygan o‘sha nihollarni to‘g‘ri parvarish qilish imkonimiz bor. Bola ota onaning qo‘lidan maktab qo‘liga otgach uning 70% ta‘lim va tarbiyasi maktab ixtiyoriga o‘tadi. Har bir bola alohida bir nihol diylik. U nihollarning har birini alohida alohida parvarishlash juda qiyin masala. Chunki ular juda ko‘p. Lekin bir biriga qaysidir ma‘noda yaqin bo‘lgan nihollarni parvarishlash bir muncha oson va samaraliroq. Bog‘ deb ataganimiz maktabda ekilayotgan bu ko‘chat deb ataganimiz o‘quvchilarni to‘gri joylashtirish kerak. Egri o‘sgan daraxtning shoxlarini kesib unga ozor bergandan ko‘ra uni oldinroq tik holda va o‘ziga munosib joyga ekish kerak. Bilamizki tik holda lekin nomaqbul joyga ekilgan daraxt ham tashqi ta‘sir natijasida egri bo‘lib ketishi hech gap emas. Ammo hech qachon tik o‘sgan daraxtlar orasida egri daraxt ulardan o‘rnak olib to‘g‘ri bo‘lib ketmaydi! Qanday o‘sgan bo‘lsa shunday o‘sib ketaveradi. Daraxtlarning barglari yoki tanasiga emas ildiziga suv quysak kutgan natijaga erishamiz. Qisqa qilib aytganda Maktab yoshiga yetgan bolalarni bilim darajasi, salohiyati va iqtidoriga qarab sinflarga bo‘lish keraj deb o‘ylayman. Bu mening shahsiy fikrim.
👎👎👎
Shalola Zohidovna
Bilim saviyasi ancha pasde shu un umuman uqimagan tayyorlanmagan odam ham 80bal olishi kere edi db uylimiman
Камол Жумаев
ЁШЛАРГА НИМА БЕРСАК,ШУНИ ОЛАЯПМИЗ!
Yuqori ball to'plaganni ham deyarli hammasi repetitorda tayyorlangan
Hammasini oʻzgartirishni bir boshidan boshlash kerak . Avvalo yosh nikohni tartibga solish kerak , ota - onalar bolaga tarbiya berishda juda koʻp xato qilishyapti. Atrofimdagi yoshlaga qarasam umuman maqsadi yoʻq. Qachonki insonda maqsad bsa bilimi ham , dunyo qarashi ham boshqach bdi. Bolaga yoshlikdan maqsad qoʻtishni oʻrgatish kk uning uchun uni oiladagilari ham uquvli boʻlishi kk. Maktabdagi ustozi ming bilimsiz boʻlsa ham bolani oʻzida hayotdan yashashdan maqsad bsa boʻldi , hammasini uddalaydi.
Faqat öqitish sifati emas ota onalarning talabi kam bolasini darslarini kuzatmayti talab qilmaydi hozirgi ota onalar
Ilhomjon Halimov
Assalom alaykum.Ta'limni kuchaytirishni parametrlari judayam koʻp.Xususan maktablarda oʻqituvchilarning ilm salohiyatini oshirishga qaratish kerak.Taʼlimga oid qarorlarni chiqarishda ham maktab,internatlarda faoliyat yuritayotgan ilmli ustozlar fikri bilan oʻrtoqlashish kerak.Har qanday oʻquvchini ham qabul qilish darajasiga qarab unga ilm berish mumkin
MEDIC
.
O‘qiydiganlar kirolmayabdi tayyorlanmaydiganlar pul bn oqib yotibdi
Kalla bormi qande qib o'qib turib uzbga kira olmedi o'qisa kiradimi
Super kantrakla qachondan boshlab uqisa buladi
Assalomu alaykum. Meni fikrim o'qituvchilarni obrusi tushib ketgan shuning uchun ham o'quvchilar ularni gaplarini bilimlarini pisanda qilishmaydi, oyligi esa o'sha o'sha "2" million. 1000$ darakning hidi ham yo'q. Bu ketishda bizni kelajagimiz deb maqtanib yurgan bolalar qanday qilib olim bilimli daho insonlar bo'lib yetishadi. Maktabni juda qattiq olish kerak. O'qituvchini obrusini ko'tarsin agar buni uddalay olishmasa o'qituvchini oyligini yaxshigina ko'tarsin obruni o'zlari topib olaverishadi.
MEDIC
Bu axmoq bilmaydi bunaqa narsani aka, savodsiz deb xaqorat qiladi holos, musofirlik nimaligini bilmaydi
Шунда турса боладию 66.1 кимасдан 56.7 бал килинганми нимага Уни котарадилар
Make a Wish
Bu juda yomon 😬😬😬😬😬
Bu holatda kelajak nima bo'ladi. Ey ahli ilmsizlar ko'zlaringni kattaroq ochinglar o'zlaringni o'ylamasalaring ham kelgusida tug'uladigan bolalaringni o'ylanglar bolalar ota-onasiga qarab ish tutadi 😭😭😭😢😥😥😥😢😫
Bu turishda O'zbekistonimiz jar yoqasiga kelib qoladi 🥺🥺🥺🥺🥺🥺
O'zlaring uchun bomasa ham farzandlaring uchun o'qiylar🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️
Show next 100 comments