​😳 36% абитуриентлар 56,7 балл ҳам тўплай олмаган

ДТМнинг mandat.dtm.uz сайтидаги очиқ маълумотларига кўра, жорий йилда 892 минг 710 нафар абитуриент тестга кирган.

Минг афсуслар бўлсинким, уларнинг 319 минг нафари (35,8%) ўтиш балининг энг қуйи чегараси бўлган 56,7 бални ҳам тўплай олмаган. Бу даҳшат!

Энг ёмон кўрсаткич, Тошкент вилоятида (39,1%), нисбатан яхшироқ натижа Тошкент шаҳрида (29,5%) қайд этилган (пастдаги жадвалга қаранг).

56,7 балл — бу тўплаш мумкин бўлган энг юқори 189 балнинг 30%и дегани. Яъни абитуриент ҳеч бўлмаса 30% билимга эга бўлса, ушбу кўрсаткични тўплай олади. 30% билим эса рейтинг тизимидан қиёс олсак, ҳатто 2 баҳо ҳам эмас! 1 баҳо десак тўғри бўлар балки.

Яъни 2 баҳога ўқиганлар ҳам тахминан 35-55% натижа кўрсата олиши керак.

Тасаввур қиляпсизми, яқин ўртада мактабларимизни тугатган абитуриентларнинг 36% фоизи, аниқроғи 319 минг ёшлар (балки орасида кам сонли ёши катталар ҳам бордир) фанларни 2 баҳога ҳам билишмайди.🤦‍♂️

❓56,7 балл тўплаш шунчалик қийинми? Нечта саволга тўғри жавоб бериш керак эди?

Ушбу бални олиш учун қуйидагича жавоб бериш кифоя эди:

Мажбурий блокдаги 10 та саволдан 5️⃣ тасига;
Мутахассислик блокидаги 20 та саволдан 4️⃣ тасига.

Шунда 56,7 балл олиш мумкин эди. Кечирасизлару, бунинг нимаси қийин?

Мажбурий блокдаги саволлар ўта ва ўта осон даражада бўлса, мутахассислик блокидаги саволларга эса ҳаммасини битта ҳарф, масалан "А" қилиб белгиласа ҳам 4 тадан ошиқ чиқса, наҳотки 319 минг абитуриентлар шуни ҳам эплай олмаган? Бу даҳшат эмасми?

Ёшларни гапиртирса, дарров «ота-онам камбағал, шароитимиз йўқ, репетиторга пулимиз етмайди», деб гап бошлайди ва айбни осонгина отасига тўнкаб қўя қолади. Ваҳоланки, ҳеч бўлмаса 2 баҳо даражасида ўқиш учун репетиторга бориш шартмас. Озгина қўлига китоб олса, салгина кўнглида хоҳиш бўлса етарли эди.

Тез орада жорий йилги кириш баллари ҳақида ҳам таҳлилларимни эълон қиламан. Унда ҳам кўриш мумкинки, кириш баллари анчайин паст, Ўзбекистондаги барча йўналишларнинг 70%ида кириш бали 100 балдан паст бўлган. Бошқача айтганда 100 балл тўплай олган абитуриент 2720 та йўналишга кира олар эди. Демак, ўқишга кириш аслида қийинмас, шунчаки оммавий билимсизлик бизни қамраб олган. Бу ҳақда ҳали яна батафсил гаплашамиз.

Рақамлардан кўриниб турибдики, абитуриентларнинг умумий билим даражаси анча паст. Йиллар давомида таълимнинг ташлаб қўйилгани, бугун ўзининг салбий «мевасини» бермоқда. Бу бизни кўпроқ ташвишга солиши, халқ таълими тизимига бор кучимизни, маблағимизни аямасдан ташлашимиз кераклигини англатади.

❓Сизнингча, нега билим даражамиз хавотирли даражага келиб қолди? Ўқувчиларнинг катта қисми энг элементар ва содда билимларни ҳам билмаслигига сабаб нима?


👉 @xushnudbek 👈

757 comments

Show 100 more comments
MEDIC
Juda suqma piyozakansz
Maga birtiyinli qizig'i yo'q haqiqatni yozdim.Haqiqat achchiq bo'ladi.Harakat qilib intilib o'qisa kiradi bo'masa fitna qilib yozib-chizib yuraveradi.Manga yozishingiz shartmas
Repetitorga qatnaydiganlar majburlikdan oʻqishi mumkin, boshqalar maktabga davomat uchungina boradi, telefon, ijtimoiy tarmoqlar qiziq ular uchun, afsuski ijtimoiy tarmoq yoshlarning vaqtini olib, fikrlarini chalgʻitib yuboryapti. 😔😔😔
Oybek
OLIY TALIMNI BITIRIB CHIQAYOYGAN PEDADOGLARNI YAXSHI OQITISH KERAK AVVAL
Gulsara 18.12
Xikmatova
Assalomu alaykum Xushnudbek aka hozirgi gaplarim shaxsiy fikrim. Negaki o‘quvchilar maktabda oylik kam e‘tibor beradigan bo‘lsak o‘qishga kirish un tayorlanayotgan abiturentlarning eng kuchlilari o‘qituvchi bo‘lishni xoxlamaydi negaki oylik kam. Va ular o‘zini oylik ko‘p joyga urishadi bu achchiq haqiqat hattoki o‘zim ham shunday qildim. Undan kn maktabda o‘quvchilarni ba‘zi bir keraksiz fanlardan bezori chiqqan ularni yo‘q qilib eng asosiy zamonaviy fanlar IT oid fanlar suniy intelektga oid fanlar qo‘yilsa odobnoma mehnat fanlarini unutsak, xullas gap ko‘p ta‘lim sifatini qaytadan ko‘rib chiqish kk
Assalomu alaykum. Uzru men sizning fikrizga umuman qo‘shilmayman, nega endi odobnoma va mehnat darslaridan qutulaylik deyapsiz, nima shu fanlarni o‘qib bolalar savodsiz bo‘lyaptimikan . Yaponiya ta‘lim tizimini bilsangiz birinchi sinfdan tarbiyaviy fani o‘qilinadi bola o‘z mentaleteti bo'yicha tarbiyalanadi. Nega endi bizda olib tashlanishi kerak. Hozir ayrim oilalarimizda oddiy tarbiya mezonlari bo‘lmish o‘tirib turish, hurmat izzat kattalardan yuqorida o‘tirmaslik, bobo buvisini hurmat qilishlik kabi tarbiya mezonlari hamma oilalarda berilmayapti, ota onalarimiz pul topib amal taqal qilib bola qornini to‘yg‘azishu ustini but qilish shu vazifamiz deyishyapti. Voholanki ota bobolarimiz odiy loy shuvoq uylarda yashab ham olim tarbiyali bo‘lishgan. Odobnoma darslarda tarbiyani o‘rganadi , mehnat darslarida mehnat qilish qobiliyati shaklantiriladi. Mening fikrimcha oila maktab hamkorligi kuchli bo'lsin. Ota ona bolasiga telefon berib qo'yib, o‘qishiga ahamiyat bermay qo‘ysa bitta maktab hech narsa qila olmaydi. O‘qituvchi bolani bitta ura olmaydi, haqqini talab qiladi ota ona haqqi yo‘q urushga deb voholanki o‘zi dars tayyorlashiga umuman ko‘maklashmaydi, nazorat qilmaydi. Sadriddin Aynining ''Eski maktab ''hikoyasini o‘qigan bo'lsangiz bolalarni otasi maktabga keltirgan paytda eti sizdan suyagi bizdan deb o‘qituvchi qo'liga tutqazib ketishgan. Yana bir gap tarbiya bo'lmagan joyda ta‘limni ham tashkil etib bo'lmaydi. Shuning uchun odobnoma, texnologiya darslari ham maktabda muhim dars hisoblanadi.
Sabablar yetarli birinchi navbatda poraxo'rlik kuchli. Bu esa kelajakni orqaga suradi. Oylikni ko'tarish yetarli bo'lmaydi menimcha. Pul ko'paygandan keyin poraxo'rlik yana kuchayadimi? Kuch adolatdadir. Bu narsani barcha sohalarda kuchaytirish kerak. Shunda o'z mevasini tezroq beradi.
Assalom super kantrak bali nechi bulgan
MEDIC
Hullas o'rtoqlar nima bosayam osmonimiz musaffoku
زيلولا🕊
MEDIC
Deme aniq Med yoki baland soxa yozgansz
Filologiya Ingliz tili
MEDIC
زيلولا🕊
Filologiya Ingliz tili
Yog'e shunaqa balandmi bu soxa
Mukhriddin Umaraliyev
Bundan buyog'iga ta'lim sifatimiz yildan yilga tushib ketaveradi. O'zi dabdala endi bundan battar bo'ladi endi. Bunga sabab majburiy ta'limni 12yil emas 11yil bo'lgani. Qolaversa litseylar soni keskin qisqarib ketishi. Mayli kollejlar yo'q bo'lgandayam litseylar sonini kamaytirish emas ko'paytirish kerak edi. Hozir abituriyentlar maktabdan to'g'ri borib imtixon topshirishyapti. Uzb maktablaridagi o'qituvchilarni bilimi u qadar zo'r emas, kuchli chuqur bilim bera olishmayapti sababi otam zamondagi o'qituvchilar haliyam. Ular hozirgi kirish imtixonlaridagi savollarni ko'pini ishlay olishmaydi. Nega maktabda 11yil o'qigan bola o'qishga kira olmaydiyu lekin repetitorda 2-3yil tayyorlangan abituriyentlar testda 150-200ball yig'ishadi. Bunga sabab repetitor domlalari kuchli chuqur bilimga ega. Miyyasini ochib quyib qo'yadi. Talab ham qilib oladi. Shunday o'quv markazlari bor qabulni o'ziga imtixon qilib oladi. Imtixondan o'tolmasangiz o'quv markazida o'qiy olmaysiz. Qolaversa ular har oy blok testlar o'tkazishadi. Uyam mayli oliy ta'limni ham rasvosi chiqdi. Itniyam bitniyam super kontraktkka olib yotibdi. Qisqa qilib aytadigan bolsam, testda 1ball olsayam puli ko'p bolsa super muper degan kontraktktlarni to'lab o'qishyapti. Imtixondan yiqilganlar kelasi yilga topshirishi kerak aslida. Menga qolsa super degan tushunchani yo'q qilardim.chiziqdan pastda turganlarni umumman kiritmas edim. Kontraktkka kirganlarni puli bolmasa o'rnini ochiq qoldirar edim. O'rniga hech kimni super qilib olmasdim. O'zi universiretlarda o'quv binolari yetishmayapti. Yotoqxona haqida esa og'iz ochmayman. Buniyam qo'yib turaylik:bu yil o'qishga kira olmagan abituriyentlar osongina O'rta Osiyo davlatlariga imtixonsiz firmaga 500-1000$berib kirib olishyapti. Kelasi yilga esa o'zimizga perevod qilib olyapti.Ayyorlikni qarang. 56ni ko'zini yumib taxminan belgilasayam to'play oladi. Menga qolsa eski test tizimi yaxshi edi yani 36talik test tizimi. 5-6yil oldin qiyin testlar tushardi. Abituriyentlar qiynalib kitobdan qidirib topar edi javoblarni.Zato esida qolar edi. Hozir esa vashee oson savollar. 1-avgustda hamma bir kunda test topshirib qutular edi. 20-avgustda javob chiqar edi. O'qisgga qabul qilinganlar bemalol 1-sentabrgacha kelib joy topib olar edi. Hozir esa 1-avgustda testga kirganlar 5-6sentabrgacha mandatni kutishadi.o'sha eski qiyin test tizimini qoldirib shaffoflikni kuchaytirib qo'yish kerak edi. Chetdan perevod qilib kelganlar uyoqqa imtixonsiz kirishgan bolsa bizda ertaga qanqaqa qilib yetuk kadr bo'lib chiqadi? Shu savol qiynaydi. Super bn perevodni yo'qotish kerak. Perevod bn superlar o'qishni varragini chiqarib yuborishdi. Pulni deb ta'lim sifati yo'qolib bo'ldi. Menimcha bundan buyon yetuk kadr kerakmas davlatga.Faqat pul qilish bolib qoldi. Davlat ertaga u dumbullarga qayerdan ish topib beradi. O'zi ishsizlik yuqori darajada. 4yildan keyin ishsizlik urchib ketadi. Diplom bor ish yo'q. Bilimli yetuk kadrlar qora ish qiladi yoki rossiyaga ketadi.O'rtoqlar bizga faqat oliy ma'lumotli kadrlar emas. Hunarmandlar , ustalar,tikuvchilar va hokazo kasblar ham kerak. Litsey bn kollejlarni qaytaraylik. Kasblar ham kerak bizga
Menham shunga qushilaman maktabda 9-sinifdan imtixon qilish kk 10.11 siniflarga imtixondan oʻqtganlarni 2 yil maktab tayorlasin qani natija bulmas mikan e 9 yilda olaolmagan bilimni 2 yilda bersa buladi buni isboti bir yil repetor qatnaganlar oʻqishga kirishiyaptiku utaolmaganlarini shuncha kolejj bush yotibdi u yerlarga ham qatiy tartib oʻrnatib bolalarni qizlarni kasbga oʻrgatish kk edi 2 yilda tikuvchi mantiyor va hokozalardan mutaxasis tayor bulardi
Qachon chiqadi
#Go'shtlargaLayfhak 🛑Bilasizmi, osha Qirgiziston, qozogiston OTMlariga o'qishga kirish aslida mutlaqo tekin. Xech qanaqa 3 mln 5 mln emas. Consalting firmalar sizni xujjatizni oladida, ozlari topshirib qoya qoladi va sizdan 10 mlngacha (medfak, yurfak narxi) pul olishadi. Aslida ular xech qanday katta ish bajarishmaydi. Xujjat topshiradi xolos.
Buni ozingiz xam osha OTMga borib qilsez boladi, imtihoni yoq. Xujjat topshirasiz va kontrakt yarmini tolaysiz boldi SIZ TALABASIZ.
Toshkentdan Qirgizistongacha yolkira narxi bordi keldi 300 ming somga tushadi xolos.
Gosht bolmang jojachalarim ota onezga men chetga topshiraman 1000$ ekan deb janjal qilmang. Bu juda oddiy narsa yani chetda talaba bolish. Sodda bolmang yana qaytaraman😡😡😡🤦🏼‍♂️🤦🏼‍♂️
Uqiw bowlanib kettikuu
Show next 100 comments