​😳 36% абитуриентлар 56,7 балл ҳам тўплай олмаган

ДТМнинг mandat.dtm.uz сайтидаги очиқ маълумотларига кўра, жорий йилда 892 минг 710 нафар абитуриент тестга кирган.

Минг афсуслар бўлсинким, уларнинг 319 минг нафари (35,8%) ўтиш балининг энг қуйи чегараси бўлган 56,7 бални ҳам тўплай олмаган. Бу даҳшат!

Энг ёмон кўрсаткич, Тошкент вилоятида (39,1%), нисбатан яхшироқ натижа Тошкент шаҳрида (29,5%) қайд этилган (пастдаги жадвалга қаранг).

56,7 балл — бу тўплаш мумкин бўлган энг юқори 189 балнинг 30%и дегани. Яъни абитуриент ҳеч бўлмаса 30% билимга эга бўлса, ушбу кўрсаткични тўплай олади. 30% билим эса рейтинг тизимидан қиёс олсак, ҳатто 2 баҳо ҳам эмас! 1 баҳо десак тўғри бўлар балки.

Яъни 2 баҳога ўқиганлар ҳам тахминан 35-55% натижа кўрсата олиши керак.

Тасаввур қиляпсизми, яқин ўртада мактабларимизни тугатган абитуриентларнинг 36% фоизи, аниқроғи 319 минг ёшлар (балки орасида кам сонли ёши катталар ҳам бордир) фанларни 2 баҳога ҳам билишмайди.🤦‍♂️

❓56,7 балл тўплаш шунчалик қийинми? Нечта саволга тўғри жавоб бериш керак эди?

Ушбу бални олиш учун қуйидагича жавоб бериш кифоя эди:

Мажбурий блокдаги 10 та саволдан 5️⃣ тасига;
Мутахассислик блокидаги 20 та саволдан 4️⃣ тасига.

Шунда 56,7 балл олиш мумкин эди. Кечирасизлару, бунинг нимаси қийин?

Мажбурий блокдаги саволлар ўта ва ўта осон даражада бўлса, мутахассислик блокидаги саволларга эса ҳаммасини битта ҳарф, масалан "А" қилиб белгиласа ҳам 4 тадан ошиқ чиқса, наҳотки 319 минг абитуриентлар шуни ҳам эплай олмаган? Бу даҳшат эмасми?

Ёшларни гапиртирса, дарров «ота-онам камбағал, шароитимиз йўқ, репетиторга пулимиз етмайди», деб гап бошлайди ва айбни осонгина отасига тўнкаб қўя қолади. Ваҳоланки, ҳеч бўлмаса 2 баҳо даражасида ўқиш учун репетиторга бориш шартмас. Озгина қўлига китоб олса, салгина кўнглида хоҳиш бўлса етарли эди.

Тез орада жорий йилги кириш баллари ҳақида ҳам таҳлилларимни эълон қиламан. Унда ҳам кўриш мумкинки, кириш баллари анчайин паст, Ўзбекистондаги барча йўналишларнинг 70%ида кириш бали 100 балдан паст бўлган. Бошқача айтганда 100 балл тўплай олган абитуриент 2720 та йўналишга кира олар эди. Демак, ўқишга кириш аслида қийинмас, шунчаки оммавий билимсизлик бизни қамраб олган. Бу ҳақда ҳали яна батафсил гаплашамиз.

Рақамлардан кўриниб турибдики, абитуриентларнинг умумий билим даражаси анча паст. Йиллар давомида таълимнинг ташлаб қўйилгани, бугун ўзининг салбий «мевасини» бермоқда. Бу бизни кўпроқ ташвишга солиши, халқ таълими тизимига бор кучимизни, маблағимизни аямасдан ташлашимиз кераклигини англатади.

❓Сизнингча, нега билим даражамиз хавотирли даражага келиб қолди? Ўқувчиларнинг катта қисми энг элементар ва содда билимларни ҳам билмаслигига сабаб нима?


👉 @xushnudbek 👈

757 comments

Show 100 more comments
Hamma narsa õqtuvchilarda dib õyleman Õqtuvchilarni boshqatdan õqitish kk. Oliy ta'limni õzgartirish kerek Õqtuvchilar agar õzgarsa õquvchilariyam õzgaradi .Bu mani fikrim))
Madina
Super muper degan narsa bekor chiqdi. Ba'zi bolalar ota onasida pul ko'rdimi tamom kirolmasam super qilishadi deb bemalolxo'ja bo'lib yuradi. Natijada esa 57 ham to'plolmaydi
Men maktabda o'qituvchi bo‘lib ishlayman. O‘quvchilarim yaxshi bilim olishlari uchun qo'limdan kelgan barcha bilimimni va harakatlarimni ayamayman. Tinimsiz o‘z ustimda ishlab boraman. Ba‘zan 1 soat dars o'tish uchun 2,3 soat tayyorgarlik ko'rishga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilar orasida vaqtning qadriga yetmaydigan, o'zini va o‘zgalarni hurmat qilmaydiganlar bor. Shuncha sharoitdan va imkoniyatlardan foydalanmaydiganlarga hayron qolasan kishi.
Alhamdulillah
shaxsan man hech qana repititorga bormay ish orasida ozim tayyorlandim qizziqanm sababli 69.3 bal oldim agar tayyorlanganimda bundanda yuqori olgan bolardim baribr ozizdayam bölish kerak qiziqish VA eng asosiysi OMAD
To'g'ri birinchi o'rinda qiziqish va OMAD. Qizim bu yil 11 sinfni bitkazdi, yil boshidan maktabidan ajratib shaharga pullik kurslarda tayyorlandi. Qizim o'zi maktabdan ko'ngli to'lmagani uchun qancha sarf harajat bo'sayam shaharga qatnab o'qidi. Va mana Xudoga behisob shukur o'zining yo'nalishi bo'yicha grant asosida talaba bo'ldi.
Maktab ôquvchilari ôta darajada katta qismi bilimsz hec narsa bilmay bitiryapti. Maktab ôyinchoq bolib qolgan juda kop joyda🤦‍♂️. Hec bir ôquvchi ustozini gapiga quloq solmaydi, ozgina qattiq gapirsa darrov 2ta gap bn tili burro bolib gap qaytarishni biladi. Hozir óqituvchilar ôquvchilardan qôrqib qolgan. Xullas chuqurroq kirishish kerak maktab tizimiga, isloh qilish kerak yaxshilaab. Hozir hamma hayolida maktabni faqat shu õynab kulib bitirish kerak deb hisoblaydi menimcha. Men õz fikrimni aytdim. Masalan bizda 80-90% maktab ôquvchilari bitiruvchilari bilim saviyasi juda past. Maktablarda nazorat, tartib-intizom yôq, hamma xohlagan ishini qiladi..... bolalarni ham taribiyasi ancha buzilgan deb ôylayman maktabdagi. Sal qattiqroq ushlash kerak barbram ôquvchilarni, shunda sal qôrqib ôqisa keyinchalik ôziga foyda bõladi albatta. Hozirgi kundagi yosh avlodni miyasida asosan, shu internet yulduzi bôlib yurish asosiy maqsadga aylanib qolgan. Afsus🤦‍♂️.
Men ôzim maktabda ôqigan davrim bn solishtirib aytdim, asosan ôzim ôqigan maktabning hozirgi holatini ham kôrib, bilib aytdim. Tõğri, ayrim joylarda bordir zôr maktablar zôr óquvchilar bilimli, ilmli, ammo juda kam. Mana statistikani ôzi ham aytib turipti. Xushnudbek aka tôppa-tõğri qiladi mana shunaqa muammolarni olib chiqib qachongacha ôzimizni ovuntirib yuramiz: haaa, korrupsiya korrupsiya deb, axir ôqish ham kerakku, ozroq harakat ham qilish kerakku, juda kopchilik bitiruvchilar miyasiga shu narsa õrnashib qolib, kirolmasa, yetarli ball tôplay olmasa darrov haa õyin bõldi, balo-battar bõldi deya boshlaydi, hech ham ôzim yaxshi ôqimagan ekanmanda demaydi kõpchiligi. Aslida esa, mana kôrib turganinggizdek 100, 90, hattoki 56 ball ham ololmaydi. Najot haqiqattan ham ilmda! Boshqa chorasi yõq.
Madina
O'qituvchida emas, hamma ayb o'zimizda ya'ni ota onada. Farzandlarni taltaytirib yuborganmiz
Õqituvchilar nimani õrganishgan bõsa shuni õrgatishadi ularda ayb yõq shunga aytdim ularni boshqatdan õqitish kk dib
Alhamdulillah
`kirish imtixonlarining balini oldindan belgilab qoyish kerak yonalishlarni ösha balga qarab harakat boshlanadi oqiyman digan bolaga
Xitoy Koreya va Yaponiya shu 3 davlatning Tajribasini órganib chiqsak .... Asta sekin òzimzda qóllasak faqat ajratiladigan pullarni oshqozonimzga yeb yubormasdan. ....
Òzim talabaman oilaliman Oliy óquv yurtlarida ham òqib ham shogird tushib ishlashga yarim stavka bolsa ham ruxsat berilsa manimcha kadrlar yetshmovchiligi ham kamayardi ham talabalar ota onamga yuk bolmay dib óqishga bormasdan biznes bilan kamroq shugulanib bilim olishga ham ulgurgan bòlar edi
Davlat beradigan stipendiya talabaga urvoq ham bolmaydi ... Arendaga tolasa ovqat yoq ovqat yemasa Arendaga yoq ...
Maktab òquvchilarida xozirgi kunda xoxish ishtiyoq yoq òqtuvchilar urmaydi sókmaydi man òqigan davrda óqimasak kaltak boshimzda sinardi xozirrchi???
O'qituvchi yaxshi ishlashi uchun birinchi navbatda qorni to‘q , ust-boshi butun, ko'ngli xotirjam bo'lishi kerak. Oylik judayam past. U yog'ini to'rtsang, bu yog'iga yetmaydi.
Xushnudbek aka to'g'ri aytayabsiz lekin, omadga bog'liq bo'lishini ham unutmang. maktabda 2 ga uqigan bola 80-90 ball olyabdi repititorga bormasdan borsayam tayinli uqimasdan shunaqa ball olyabdi. 56.7 balldan kam olganlar orasida yoshi kattalar tahmin tavakkalga topshirganlar qancha shularni ham % ni chiqarsa kurardik DTM ni
Man tanqid qilmoqchi emasman shunchaki yozishdan oldin tangani 2-tomoniga ham nazar solish kerak demoqchiman.
Erkinjonova Sevara
Hamma narsa õqtuvchilarda dib õyleman Õqtuvchilarni boshqatdan õqitish kk. Oliy ta'limni õzgartirish kerek Õqtuvchilar agar õzgarsa õquvchilariyam õzgaradi .Bu mani fikrim))
Õsha siz aytgan õqituvchilar ham bir paytlar ôquvchi bõlgan. Kelajakni õylab farzandlarni, yosh avlodni tôğri yolga solib, tõğri tarbiya berib, ilmli qilish kerak. Shunda ular ham siz aytgan hozirgi ôqituvchilardek bõlib qolmaydi.
Farhod
Asalomu alaykum .Maktabga yangi oliy malumotli o‘qituvchi keldi 1 sinfni unga berishdi .O‘sha oliy malumotli o‘qituvchi maktabda juda past bahoda o‘qigan .Uni qoralamoqchimadman uni o‘qitgan ustozi aytayapti bu meni o‘quvchim bu qanday qilib bolani yetaklay olarkan .Aytganizdek tavakkalga test topshirib super muperda o‘qidi .Bugun darsni boshlashni bilmayapti . Ota onalar 2 haftadan beri maktabga qatnaydi .Boshqa o‘qituvchi quying deb rahbarga.Nima emush. U oliy ma‘lumotli qo‘shni maktabda birontayam oliy qolmagan . Zamon shunday .Lekin maktabda 20 30 yildan buyon ishlab yurgan texnikumni bitirgan o‘qituvchi bugun xor .4 5 soat dars o‘qitayapti .Oliy qilib kel o‘qib qo‘y .Bu nima degan gap .Maktab tabaqada oliy o‘rta .Chunga ham chek qo‘yish kerak .Nima deb o‘ylaysiz. Bilimli yoshlar bilan imtixonga kirdik o‘tolmadik .Oliy bo‘lish kerak deb 40 45 ga kirgan o‘qituvchilar Qozog‘istonda Tojikistonda uloqib yuribmiz .Fikrlarimizni inobatga olarsiz Sizlardan javob kutaman..
Maktab kollejlarda dars utilsa topadida savolga javobni. Dars utilmagandan keyin qanaqib topadi
Show next 100 comments