​😳 36% абитуриентлар 56,7 балл ҳам тўплай олмаган

ДТМнинг mandat.dtm.uz сайтидаги очиқ маълумотларига кўра, жорий йилда 892 минг 710 нафар абитуриент тестга кирган.

Минг афсуслар бўлсинким, уларнинг 319 минг нафари (35,8%) ўтиш балининг энг қуйи чегараси бўлган 56,7 бални ҳам тўплай олмаган. Бу даҳшат!

Энг ёмон кўрсаткич, Тошкент вилоятида (39,1%), нисбатан яхшироқ натижа Тошкент шаҳрида (29,5%) қайд этилган (пастдаги жадвалга қаранг).

56,7 балл — бу тўплаш мумкин бўлган энг юқори 189 балнинг 30%и дегани. Яъни абитуриент ҳеч бўлмаса 30% билимга эга бўлса, ушбу кўрсаткични тўплай олади. 30% билим эса рейтинг тизимидан қиёс олсак, ҳатто 2 баҳо ҳам эмас! 1 баҳо десак тўғри бўлар балки.

Яъни 2 баҳога ўқиганлар ҳам тахминан 35-55% натижа кўрсата олиши керак.

Тасаввур қиляпсизми, яқин ўртада мактабларимизни тугатган абитуриентларнинг 36% фоизи, аниқроғи 319 минг ёшлар (балки орасида кам сонли ёши катталар ҳам бордир) фанларни 2 баҳога ҳам билишмайди.🤦‍♂️

❓56,7 балл тўплаш шунчалик қийинми? Нечта саволга тўғри жавоб бериш керак эди?

Ушбу бални олиш учун қуйидагича жавоб бериш кифоя эди:

Мажбурий блокдаги 10 та саволдан 5️⃣ тасига;
Мутахассислик блокидаги 20 та саволдан 4️⃣ тасига.

Шунда 56,7 балл олиш мумкин эди. Кечирасизлару, бунинг нимаси қийин?

Мажбурий блокдаги саволлар ўта ва ўта осон даражада бўлса, мутахассислик блокидаги саволларга эса ҳаммасини битта ҳарф, масалан "А" қилиб белгиласа ҳам 4 тадан ошиқ чиқса, наҳотки 319 минг абитуриентлар шуни ҳам эплай олмаган? Бу даҳшат эмасми?

Ёшларни гапиртирса, дарров «ота-онам камбағал, шароитимиз йўқ, репетиторга пулимиз етмайди», деб гап бошлайди ва айбни осонгина отасига тўнкаб қўя қолади. Ваҳоланки, ҳеч бўлмаса 2 баҳо даражасида ўқиш учун репетиторга бориш шартмас. Озгина қўлига китоб олса, салгина кўнглида хоҳиш бўлса етарли эди.

Тез орада жорий йилги кириш баллари ҳақида ҳам таҳлилларимни эълон қиламан. Унда ҳам кўриш мумкинки, кириш баллари анчайин паст, Ўзбекистондаги барча йўналишларнинг 70%ида кириш бали 100 балдан паст бўлган. Бошқача айтганда 100 балл тўплай олган абитуриент 2720 та йўналишга кира олар эди. Демак, ўқишга кириш аслида қийинмас, шунчаки оммавий билимсизлик бизни қамраб олган. Бу ҳақда ҳали яна батафсил гаплашамиз.

Рақамлардан кўриниб турибдики, абитуриентларнинг умумий билим даражаси анча паст. Йиллар давомида таълимнинг ташлаб қўйилгани, бугун ўзининг салбий «мевасини» бермоқда. Бу бизни кўпроқ ташвишга солиши, халқ таълими тизимига бор кучимизни, маблағимизни аямасдан ташлашимиз кераклигини англатади.

❓Сизнингча, нега билим даражамиз хавотирли даражага келиб қолди? Ўқувчиларнинг катта қисми энг элементар ва содда билимларни ҳам билмаслигига сабаб нима?


👉 @xushnudbek 👈

757 comments

Show 100 more comments
Оқымайтуын гөрсаўат, муғаллимди тыңламайтуғын, муғаллим бақырса бийҳая ата анасын алып келип сазайы қылатуғынлар көбейип кеткен, әсиресе Ташкент мектеплеринде. Муғаллим тәрепинен оқымай келетуғын, жалқаў, шоқ, талабаларды жазалаў(бақырыў, шапалақ тартыў ҳ.т.б) ға нызам менен рухсат бериў керек. Болмаса мектеп оқыўшылары мектеп оқытыўшыларының төбесине минип кеткен.
Assalomu Alaykum yozayotgan gapimni iltimos oqib koring va etbor qarating ommaviy bilimsizlikga faqatgina mablag' yoki sharoit sabab emas sabab bo'laolmaydi ham eng avvolo yosh avlodni kopchiligi maktab darsligini ozlashtirmaydi va bunga hechkim nazoratni otkazmaydi oquvchilar oz ustida ishlamaydi chunki undan hechkim qattiq talab qilmaydida bu meni .maktab domlalarni ayblamoqchimasmanu lekin kop oqutuvchilar darsni otib beradi boldi bola tushundimi yomi otilgan darsdan mantiqan tushinib yetganmi.shu dars mavzuzi nima ozi uni ahamiyati qanaqa qaerlarda as qotadi bu mavzuga oid savollarga qaerlarda duch keladi.umuman qizigi yooq aksariyat o'qituvchiga ham oquvchiga ham.test topshirayotganlar aksariyati qishloqlardan yaxshi ilimli talab qiladigan oqituvchilarimiz dars mavzusizni ahamiyatiga dolzarbligiga etibor qaratadigan bugungi kundagi muommolarini biladigan domlalarimiz oz ripetetorligini qiladi chunki oqituvchini ilmini u yerda bolalar qanaqa foydasi borligini hayotda nima un kerakligini qaerlarda duch kelishini bilib keyin boradida va kerak bolsa domla beradigan ilimdan ziyotroq talab qilib boshlaydi .men shunaqa oylayman uzur kimnidir xafa qilgan bolsam.bugungi kunda xalq talimiga mablag' emas koproq etibor qattiq qollik va nazorat ayniqsa otilayotgan darslardan fan oqitovchilari bugungi kun talbiga javoblari bormi shogirtlarini kattaa xayotga zamonaviy dunya bozor iqdisodiyotida oz tengdoshlari bn raqobatda ustun kelaoladimi yomi qanday raqobat qiladi ular bn oz sozini aytaoldimi buni oylab ham kormasa kerek .topgan gapi oylik kam sharoit yoq..kechirasiz ilmiz otkir bolsin kimdir ilmizdan foyda korsin qanaqadir natijaga erishsin sizga foyda sharoit oz ozidan yaxshilanaveradi .unutmanki ilm izlab bormaydi ilmni izlab keladi.har bir shogird ustozidan nimadir olsa boradida qandaydir natijaga erishishni bilsa oqiydida bu elementlarni yetkara bilish kerak nafaqat ilm balki hayoti saboqlar ham hayot tarzini ham etborga oladi yoshlar
Zaybal blin otkan yili 161 bilan yiqlgandim bu yul 135 bilan jalab yana nimaga bollla ni bilm darajasi tuwb ketindeslllla bilin....wuncha ball bn ham yiqtadmi jalab..🤬🤬🤬
S. Saydazimov
Muammo maktabda emas. Maktabdagilar reja bo'yicha dars o'tadi. Xoxlagani oladi, xolagani olmaydi. Lekin aniq javob testlar o'ta murakkab tuzilgan. Uni bitiruvchi maktab o'quvchisi tugul. Kerak bo'lsa oliy ma'lumotli o'qituvchi ham ishlay olmaydiganlari bor. Testlarni Sal soddalashtirish kerakmidi. Yoki dtmchilani o'z yo'nalishi bo'yicha o'zini testini ishlatib ko'rish kerak.
Savol qiyinmaseeeee
shu mavzuda ogiz ochilsa hamma ozi hohlagan tomonga sudraydi kimdur oquvchini oqtuchini yana kimdur davlatni ham ayblaydi. Yechim yoq ekaaaaaaan. Hullas yevropa va oqishda nufuzi baland davlatlarni metodikasini qollay qollash kerak😑
Nam xohlagani oladi xoxlagani olmaydi bu qanaqasi oqituvchi hamaga bir xil darsni ozlashtirishiga komaklashish kerak oqituvchiga qoyilgan talab qoida bor oladimi omaydimi farqi yoq faqat reja boyicha darsni otadi ketadi vaqt otsa boldi shunaqa demoqchimi unday bolsa darsni xoxlagan bolalarni tanlab otsin oylik ham shunga qarab berilsin ozlashtirmayotgan aniqrogi sizni ilmizdan bahramand bolmaganlar un mablag ham olinmasin
Assalomu-alaykum mening fikrimcha har bir òquvchini boshlanģich sinfdan psixolog qaysi kasbga qiziqishini aniqlab unga katta maqsad qòydirib Ota-onasi bilan hamkorlikda maqsadi sari ishonch bilan harakatlanishiga dalda bòlib turishi kerak.
Shohista
Ilm olishga ot-ona rah'batlntirishi kerak.Ota-onalar qiziqishi kerak.Farzandining o'qishiga.Faqat o'qi...o'qi degan bilan ish bitmaydi Shaxsiy ibrat ko'rsatishi lozim.Maktablarda savodsiz o'qituvchilar yig'iib qolgan deyishadi.Savodlisini ota-ona talab qilsin.Rahbarlar sen attestatsiyadan o'tolmading deb bo'shatib ko'rsin-chi...
Lekin ota-ona talab qilishi mumkin.
Hatto direktorni ham hozir ota-onalar saylayapti.
Ko'pchilil ota-onalar sinf rahbarini tanimaydi.Majlisga chaqirsangiz vaqti yo'q.Xuddi bolasining o'qishi ustozlarga kerakday iddao qilishadi.Ustozlar va ota-onalar bir yoqadan bosh chiqarishi kerak.Bollarini ilmga hirmat ruhida tarbiyalash kerak.
Maktab oquvchilari uchun bejetdan mablag'ajratilayapti va bu bablag'larning ma'lum qismi oqituvchilarga yonaltirilgan sababi oquvchilarni ozlashtirish un ilm berish un ota onaga ajratilayotgan yooguu raxbariyat ham kimga vasifa qoyayapti etibor qarating kimdan talab qilish kerakligini oylab koringizlar
Gulbahor
Xayrli kun! Ayb ustozlarda emas o'wuvchining o'zida.Sinfda 30 nafar o'quvchi bsa o'wituvchini tushuntirganini 20 nafari eshitib tushunadi 10 nafari esa tushunmay wolsa Ayb ustozdami? Hech qaysi bola maktabdagi hamma fanlarni mukammal o'zladhtira olmaydi chunki ularning qiziwishi har xil. Har narsaga oylikni bir muncha olayotgan pulni Pesh qilavermanglar... Ota onalar ham nazorat qilsinda bolalarini! Agar kelajagi kk bsa...
Assalomu alaykum Aka oldin ham aytganman hozir ham 3 yoqlama ta'lim tizimi yullga quyish kk bu borada menda aniq bir ishlanma bor agar etibor qaratsangiz...
@mfss1020 telegram
Nimaga repititorga borishimiz kerak. Shuni maktabda órgatishsin.
Eng avvolo bola kelajagi maktab kelajagi maktab kelajagi millat kelajagidir vatan taraqqiyotidir shuni bilb xalqimiz bolalarini maktabga yuboradi shuni un davlatimiz maktab quradi mablag ajratadi zamon talabiga javob bersin yoshlarimiz deb ne ne mashaqatlar chekayabti budjetimiz vazifa kimga qoyilayapti kim bajarish kerak buni oylab korinchi nma oziga qoyilgan vasifadan domlalar bunchalik qutilishni oylashadi harbiylar boxina qilayotgani yooguu qishloq xojaligi xodimlari oz vasifasini kigadir yuklayaptimi yoki shifokorlar borsaiz bemor bolib borin ota onaizga deyayotgan yogu
Ўқувчи бошланғич синфда эканлигида, аксарият ота она фарзанди таълим тарбияси билан яхши шуғулланади...5-синфдан бошлаб, 6-7-8 синфларда аксарият (ҳаммаси эмас.) ота она, фарзанди таълим тарбияси билан шуғулланишни унутишади...
Мана шу 3-4 йил, ўрта синфларда олинмаган билим, 11-синфга борганда, ота онани фарзандини репититорга олиб боришига олиб келади..
Агар ўқувчи, ҳар бир синф кесимида пухта тайёрланса, ўқиса, ўқишида танаффус бўлмаса, тажрибамдан маълум, мактаб билан алоқасини узмасдан, репититорга бормасдан ҳам ўқувчилар олийгоҳларга киришди..Ҳаттоки давлат грантига ҳам
~UrinoVa
Assalomu aleykum. Nimaga ko'pchilik birinchi o'rinda o'qituvchini ayblaydi. Ayblashdan avval o'ziz 30-35 ta boladan 40 daqiqa ichida ham uyga vazifasini so'rab, ham yangi mavzu o'tib beringchi....! Karantin vaqtida ota- onalar 2 ta bolasiga mavzu tushuntira olmay o'qituvchilariga rahmat aytvorishdiku...... Yana nima uchun o'qituvchilar aybdor bo'lib qolishdi. Uyda ham bolaga ozgina e'tibor berilsa manimcha yaxshi bo'lardi ..
2720ta yo'nalish qani 100bal bilan oddiy o'qishgayam kirolmadimku man
Assalomu alaykum Xushnudbek agʻa meninshe mamlekette ayib sebebi jil sayin kvotalardn sanin kobeytp grantlar berip jiberildi bul ese sawatsizliqqa alip kelindi Joqari oqiw ornina kiriw qiyin oqip tayarlanip zorga kirer edik hazirleri oqiwga sawatsiz oqiwshida sawatli oqiwshida kirip oqip atir ayirimlari oz ati familyasin jaza almaydi bular erten qanday Mugʻallim bolip shigadi degen soraw qiynaydi meni
Joqari oqiw orni mamleket bizneske aylandirp jiberdi hazir oqiwga kiriwde ansat bitiriwde ansat boldi Odam kore Joqari oqiw orninda 10adam oqip 8adam jaqsi so istin qaniygesi pedagogiki bolp shiqani jaqsi edi.So waxitta jumisszliq bolmas edi .Sanda bar sapada jok qanigelikler pedagok lar bitirp shiqpaqta bular bitrgensn erten mekteplerge baradi mekteptegi balalarimz bul pedagokten ne uyrenedi jaydin pondamentin jaqsilap quymasan koʻp otpesten Jay qulap qaladi sondiqtan Joqari oqiw ornin hammesin mekteplerdi janadan reformalaw kerek dep oylayman
Super kontrakt haqida ham post qoldirinsh Xushnudaka
Усмоновна
Ассалому алайкум Хушнутбек илтимос манга бир саволимга жавоб беринг илтимос Тошкентда Юридик лецей техникум булгани йукми лецей жойда колганми илтимос шу хакида малумот бериб юборинг
👨‍💼🧑‍🏫👨‍⚕️
Тепадагла пахта куяман деб 80-90 туплаган переводчилани тупойга чиказудила,курдик узимиздаглаям,уладан баттар экан
Show next 100 comments