​😳 36% абитуриентлар 56,7 балл ҳам тўплай олмаган

ДТМнинг mandat.dtm.uz сайтидаги очиқ маълумотларига кўра, жорий йилда 892 минг 710 нафар абитуриент тестга кирган.

Минг афсуслар бўлсинким, уларнинг 319 минг нафари (35,8%) ўтиш балининг энг қуйи чегараси бўлган 56,7 бални ҳам тўплай олмаган. Бу даҳшат!

Энг ёмон кўрсаткич, Тошкент вилоятида (39,1%), нисбатан яхшироқ натижа Тошкент шаҳрида (29,5%) қайд этилган (пастдаги жадвалга қаранг).

56,7 балл — бу тўплаш мумкин бўлган энг юқори 189 балнинг 30%и дегани. Яъни абитуриент ҳеч бўлмаса 30% билимга эга бўлса, ушбу кўрсаткични тўплай олади. 30% билим эса рейтинг тизимидан қиёс олсак, ҳатто 2 баҳо ҳам эмас! 1 баҳо десак тўғри бўлар балки.

Яъни 2 баҳога ўқиганлар ҳам тахминан 35-55% натижа кўрсата олиши керак.

Тасаввур қиляпсизми, яқин ўртада мактабларимизни тугатган абитуриентларнинг 36% фоизи, аниқроғи 319 минг ёшлар (балки орасида кам сонли ёши катталар ҳам бордир) фанларни 2 баҳога ҳам билишмайди.🤦‍♂️

❓56,7 балл тўплаш шунчалик қийинми? Нечта саволга тўғри жавоб бериш керак эди?

Ушбу бални олиш учун қуйидагича жавоб бериш кифоя эди:

Мажбурий блокдаги 10 та саволдан 5️⃣ тасига;
Мутахассислик блокидаги 20 та саволдан 4️⃣ тасига.

Шунда 56,7 балл олиш мумкин эди. Кечирасизлару, бунинг нимаси қийин?

Мажбурий блокдаги саволлар ўта ва ўта осон даражада бўлса, мутахассислик блокидаги саволларга эса ҳаммасини битта ҳарф, масалан "А" қилиб белгиласа ҳам 4 тадан ошиқ чиқса, наҳотки 319 минг абитуриентлар шуни ҳам эплай олмаган? Бу даҳшат эмасми?

Ёшларни гапиртирса, дарров «ота-онам камбағал, шароитимиз йўқ, репетиторга пулимиз етмайди», деб гап бошлайди ва айбни осонгина отасига тўнкаб қўя қолади. Ваҳоланки, ҳеч бўлмаса 2 баҳо даражасида ўқиш учун репетиторга бориш шартмас. Озгина қўлига китоб олса, салгина кўнглида хоҳиш бўлса етарли эди.

Тез орада жорий йилги кириш баллари ҳақида ҳам таҳлилларимни эълон қиламан. Унда ҳам кўриш мумкинки, кириш баллари анчайин паст, Ўзбекистондаги барча йўналишларнинг 70%ида кириш бали 100 балдан паст бўлган. Бошқача айтганда 100 балл тўплай олган абитуриент 2720 та йўналишга кира олар эди. Демак, ўқишга кириш аслида қийинмас, шунчаки оммавий билимсизлик бизни қамраб олган. Бу ҳақда ҳали яна батафсил гаплашамиз.

Рақамлардан кўриниб турибдики, абитуриентларнинг умумий билим даражаси анча паст. Йиллар давомида таълимнинг ташлаб қўйилгани, бугун ўзининг салбий «мевасини» бермоқда. Бу бизни кўпроқ ташвишга солиши, халқ таълими тизимига бор кучимизни, маблағимизни аямасдан ташлашимиз кераклигини англатади.

❓Сизнингча, нега билим даражамиз хавотирли даражага келиб қолди? Ўқувчиларнинг катта қисми энг элементар ва содда билимларни ҳам билмаслигига сабаб нима?


👉 @xushnudbek 👈

757 comments

Show 100 more comments
Ochig'ini aytsam tarbiya birinchi o'rinda oilada keyin maktabda va ikkalasi birgalikda tarbiya va bilim beradi. Hozirgi kunda hamma ham emas ayrim ota onalar va o'qituvchilar bolalarni unitib qoyishayabdi bunga sabab mana shu bazi maktablar o'qituvchilari juda eski tizimda darsga keladi ketadi darsni qanday otdi nimani or'gatdi bizga qorong'u shuningdek ota onalar ham maktabda farzandi nimani o'rgandi nima vazifa berdi ishi yo'q hammasi o'z tashvishlari bilan ovvora. Bu tizimda ikki tomon ham hamkorlikda harakat qilmas ekan tizimni yaxshilash qiyin menimcha hozirgi kunda ta'lim yizmida elektrin kundalik chiqdi bu kundalikda o'qituvchi qanday dars o'tayotgan jarayonini ham yoritib borish funksiyasi qo'shilsa juda yaxshi bo'lardi. Yani har bir sinf onlayin kamera bilan jixozlanib kundalik orqali ota onani kuzatish imkoni baydo bolsa juda ham yaxshi bolardi. Shunda o'qituvchining qanday dar o'tayotganini ota onalar farzandi darsda qanday qatnashayotganigini ko'rib borar edi va kamchiliklarni to'g'irlashga harakat qilar edi. Ushbu taklimga nima deysizlar?
Assalomu alaykum super kontrakt qachon ciqarkin
Assalomu alaykum, yosh o'qituvchi sifatida bu holatga shunday baho beramanki, avvalo oiladagi muhitni rad etmagan holda, aybni oxirgi 15 yillikdagi ta'lim muhiti va o'qituvchilar saviyasini pastligida deb bilaman. Bunga esa o'qituvchilar oyligi va obro'yining pastligi, majburiy mehnatga jalb qilinganligida (noyabr o'rtasigacha paxtada yurganimiz, o'qituvchilarimiz bizga dars bersa berib, bermasa bozordagi savdo ishiga yugurib ketishi esimda). Korrupsiyani aytmasa ham bo'ladi. Yoshlarda haliyam pulim bo'lsa, super o'qib diplomni ham sotib ola olaman degan tushuncha ustun. Hech bo'lmasa maktab bazasini bilish hayotda va jilla qursa, onam aytganlaridek farzandlariga dars qildira olish darajasida bilim olish kerakligi targ'ib qilinishi kerak
......
Super kontraktga faqat 4 balgacha yetmaganlarni kiritish kerak
Super narxlari chiqdimi
......
Faqat qarorni kutyabmiz
Bekhzod Ilyosov
Assalomu alaykum!
1) ta'limga yoʻnaltirilgan mablagʻlar juda koʻp, kamaytirish kerak, qurilishga koʻproq sarflash kerak
2) sinfda oʻquvchilar sonini 30 tadan 50 taga oshirish kerak 45 minutda dars nima boʻpti
3) oʻqituvchini uyma uy, yurib xatlov (sabab maʼlum) qilishni koʻpaytirish kerak, elektron propiska tizimi, mahallada maʼlumot boʻlsa ham oʻqituvchi yaxshiroq eplaydi
4) oʻqituvchilarni ishga olishda tanish bilishni kuchaytirish kerak, mutaxassis boʻlmasa ham darslarni oʻtaveradi nima boʻpti malaka qogʻoz ham muammomi
5) dars oʻtmasa ham talab etilgan papka hujjatlarni toʻldirib rasm otchetlar boʻlsa yetadi, bilim shart emas
6) qanchalik dars sifatsiz boʻlsa shuncha qoʻshimcha darsga qatnaydigan bolalar (albatta pullik) kppayadi, direktorga va oʻqituvchiga foyda, baribir bola kira olmaydi nima qipti
7) oliy dargohga imtiyoz orqali kirishni koʻpaytirsh kerak
8) repititor degan tushunarsiz tizimni qoʻllab quvvatlash kerak shundan foyda hammaga, chunki ular katta soliq toʻlaydi
9) Pedagokikads oʻqiydigan talabalarga diplom olishni "osonlashtirish" kerak, koʻproq savodli bolalar bitirib maktablarga kelishadi, va bolalarimizga dars berishadi
Ассалому алайкум,перевод учун супер контракт нархлари ва бу учун ариза качон анниг ёзилиши хакида хам маьлумот бериб утсангиз илтимос,олдиндан рахмат хурматли админ!
Дилдора
Синфларда укувчи куп, хар кунлик утилган дарсни укитувчи мунтазам утган темани укувчи узлаштирганига ишонч хосил килиш керак утган темани хар бир укувчидан сураш керак, укитувчи методикаси яхши булиши керак, тушунтиришни билиши керак, бир хил укувчи дарсни бир марта тушунтирганда тушунади, бир кайта соддалаштириб тушунтирганда тушунади
NoZiMa MiRzAyeVa NiZoMovna!
Assalomu alaykum! Qõshimcha kontraktga arizalar qachondan qabul qilinadi biladigonlar yordam berizlar
Ш.Шеркулов
Демак укишга топширганларнинг 30 фоизи 1 бахога билмаса, укишга топширмаганларнинг 80-90 фоизи хам 1 бахога лойик деса булади. Бу таълим тизими улганлигидан далолат беради.
Xalq ta'limi tizimini tubdan isloh qilish kerakmi deb o'ylab qolaman... Ayniqsa finlar va yaponlarning ta'lim tizimidagi yutuqlarni o'zlashtirsak zo'r bo'lardi.
O'zi dars 45 min bo'lsa, darsda 45 tagacha o'quvchi o'tirishi, maktab darsliklarining saviyasizligi, maoshning pastligi, o'qituvchining bilimsizligi, jamoada nosog'lom muhitning avj olgani, bolalarning uyda tayinli tarbiya olmaganligi... xullas bu nuqtalarni ancha davom ettirish mumkin...
Hamroyev Husniddin
Assalomu alaykum super kontrakt narhlari qachon chiqadi
Мана бизнинг фожеамиз.....
AziFar
Supper kontrakt narxlari qachon chiqarkin a .perevod supperi un arizalar yozilyaptimi iltimos bilganla aytvorila
+++++
Суппер контракт качон чикади.админ шуни билиб беринг.неча кундан бери шу саволни беради хамма.
Hozirgi o'quvchilarning o'zida ham hoxish yo'q Ustoz sifatli dars o'tmagan taqdirda ham hech bo‘lmasa kitob o'qib , nimalarnidir bilib olsa bo'ladi 1 sinfda uzog'i 4 5 6 o'qishga jiddu jahd qilishi mumkin qolganlarga hammasi shunchaki va bir tin bo'p qogan
......
Talabalar ijarasi masalasida ham VA ijara shartnomasi haqida batafsil malumot bersangiz iltimos
......
RoBim
Og'zimbor ekan deb xarnimani gapiravermang
Sendan so'ramiyman senga gapiryotganim yoqmi suqilma xopmi biliming yoq bolgandan keyin super deb yopishasanda manfaatingni o'ylama
Hozirgi o‘quvchilarda o‘qishga xohish yo‘q. O‘qituvchi o‘quvchini miyasini ochib bilimni solib qo‘ymaydiku.
Show next 28 comments