❗️​​Ўзбекистонда коронавируснинг “британча штамм”и қайд этилди

Минг афсуски, “COVID-19”нинг мутацияга учраган янада кучли “британча штамм”и юртимизда ҳам илк бор қайд этилди.

Оила аъзолари билан биргаликда Дубай шаҳрига бориб қайтган 10 ёшли тошкентлик Ш. (қиз бола) исмли фуқарода аниқланган.

Ҳаммадан илтимос, санитария-гигиена қоидаларига риоя қилинг, албатта ниқоб тақинг, масофа сақланг, антисептиклардан фойдаланинг!

❗️БОЛАЛАРНИ АСРАНГ!


👉 @xushnudbek 👈

733 comments

Show 100 more comments
Yana darslar onlinega oʻtadimi
Dilorom_ Isomiddinovna
Britancha shtamp xavfli emasmi osha haqida ham maʼlumot berilsa yaxshi bulardi
Лочинбек Бердийоров
Oliy oʻquv yurtlari ham onlaynga qaytish kerak chunki karantinga royal qilinmayapti
Uncha vohma qilasilar karantin bumaydi hozir ham chiqib yotibdiku bir ikta karantin bugani yoqku
Onlayn o'qishni qaytarib, qattiq karantin yana joriy etilsa maqsadga muvofiq bolardi. Bu safar yosh bolalar kasallanyapti qizchada kyzatilgani bu daxshat biz onalar un. Olloh avvalo o'zi saqlasin lekin oldini olganimiz yaxshida baribir. Kasallik avj urmay turib .
Победитель
Rostan ham hamma beparvo bob qoldi
Barchamizni Allohning o'zi asrasin
Muhammad Jahongirov
Ularni ózini bitta joyga qamab izalyatsiya qilish kerak bòlmasa kòpayib kelsa tamom.
Oilam mening baxtim
Oldingidan ham kuchli mutatsiyalangan hozirgi dorilarga òlmaydi
Kamoliddin Raimov
Sanatkorlarimizdan ham ko'pchiligi Dubayga ketuvdi shekilli.Takshiruvni kuchaytirish kerak
Universitetlarni onlinega o'tkazish kerak tezz.aks xolda juda tez tarqatadi.eng gavjum joy.darsda masofa saqlangani yoq.1 ta partada 3 tadan o'tiribmiz.patokda 1ta xonaga 70 ta bola otiribmiz
Online oqitish va oqish tizimiga O'zbekiston hali tayyor emassss
Malohat Ortiqboyeva
Iltimos bu yerda oliy talimlarni aralashtirmaylik shuncha kantrakt tolab 1kursda endi kelib oqishda oqiyappiz onlayin tizmda oqishga imkonyatimiz ham sharoitimiz ham yetarli emas oliy talimlar sanitariya qoidalariga amal qilib ananaviy tizimni davom ettirishsin
Давлат Ниёзов
Баъзи одамлар шу бошимизга келган вирусдан ҳам тўғри хулоса чиқармади.Тўғри йўлга кирмади.Яна ўша бузуқлик,ёлғончилик,расволик қилиб юрибди.Бу вирус ўшалар учун келган эди.Баъзи ҳаромхўрларга кучи етмагани учун вирус ўзини янада кучайтириб қайтди.Жамиятимизни бузиб расволикдан ўзини тиймаганларни олиб кетиши керак бу.Ақилли вирус экан.Вирусни мағлуб қилиш учун одамлар ўзларини ўнглаб ёмонликлардан тийиб фақат яхшилик қилишга ўтишлари шарт.
Show next 100 comments