Bir necha kun oldin qizlar uchun alohida olimpiadalar oʻtkazish haqida
rejani aytgan edim.
Kecha Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari bilan shu haqida maslahatlashib bir qarorga keldik. Har oy turli fanlardan qizlar uchun olimpiada oʻtkazamiz. Bu oyni 21-oktabr “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan” kun munosabati bilan ona tili va adabiyot faniga bagʻishlamoqchimiz. Mart oyigacha barcha fanlardan olimpiada oʻtkaziladi va gʻoliblar Toshkentda katta tantanali tadbir davomida taqdirlanishadi. Ma’lumot uchun, bu oydagi olimpidani 20-oktabr kuni oʻtkazishni rejalashtirmoqdamiz. Tayyorgarlik ishlari tugashi bilan kanalimizda va OAV da olimpiada haqida batafsil ma’lumot beramiz!