❓Хориждан ва нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчиришда белгиланган ўтиш бали неча баллга қиёсан олинган?

Хабарингиз бўлса керак, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан хориждан, шунингдек Ўзбекистондаги нодавлат ва хорижий (филиаллар) олийгоҳлардан давлат ОТМларига ўқишни кўчириш учун белгиланган ўтиш баллари эълон қилинди.

Шу ўринда бир савол туғилмоқда: жорий йилда кириш тест синовларида максимал балл 280,5 балл бўлиши кутилмоқда. шунга кўра, ушбу кўрсатилган баллар қайси баллга қиёсан олинган, 189 баллгами ёки 280,5 баллгами?

✅ ЖАВОБ: юқоридаги суратда кўрсатилган ўтиш баллари 189 баллга нисбатан олинган.

P.S.: ўқишни кўчиришга оид яна қандай саволларингиз бор? Яқин кунларда ушбу мавзу юзасидан овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз.


👉 @xushnudbek 👈

571 comments

Show 100 more comments
103-guruh Ishqurbonova Xursanoy Xaitmuratovna PU3-BT/93
Assalomu alaykum men õrta maxsus õqtuvchiman 15 yildan beri Boshlangich sinflarga dars beraman yaqinda direktorimiz ogohlantirish xati berdi.bu yildan boshlab ishlay olmadi ekanmiz.Xozir men xususiy unversitetda sirtdan õqimoqdaman 1-kursda yõnalishim bõyicha men keyingi yildan yana ishlay olamanmi iltimos aniqlik kirtib bersangiz oldindan raxmat .Allox panoxida asrasin sizni🤲🤲
Assalomu aleykum.
Xushnudbek meni qizim Qo'qon Universitetda 2-bosqich talabasi.Uni davlat OTM lariga o'tkazish uchun qayerga murojaat qilishim kerak.va qanday amalga oshiraman.qanday xujjatlar talab etiladi.
BERDIYOROVA IRODA
1 OTM DAN boshqa OTM ha granddan grandga pervod qilsa boʻladi mi xuddi shu yoʻnalishga javob bering iltimos
Bo'ladi agar propiskangiz bor.joyga perevod qilsangiz. Masalan siz agar siz Andijondan bo'lsangiz u o'qishingiz Qoraqalpoqda bo'lsa grand bo'lib tushadi.
Shu guruhga yozila savollarini albatta javob berishga harakat qilaman
Дилафруз Шарофиддинова
Узимиз Фаргона вилоятидан чегара олди Бешарик туманиданмиз.Мен хам кизимни Андижон педагогика институтидан. Фаргона университетига кучиртирмокчи эдим. Андижон бошка вилоят булганлиги уйга катнагани кийинчиликлар булятгани учун.
Normurodov Sirojiddin Qurbonmurod o'g'li
Assalamu alaykum Xushnudbek aka meni ukam nodavlat tashkilotlar da oʻqiydi Toshkentda Surxondaryo ga perevod qilishimiz kerak qanday xujjat olishimiz kerak ,nodavlat tashkilotlar Oʻzbekiston da tan olinadimi agar nodavlatni bitirsa
ISFT institutidan davlat OTM ga perevod qilsak biz ham imtihon topshiramizmi. Ta'lim inspeksiyasidan so'raganimizda ( o'qishga topshirayotgan paytimizda) imtihonsiz perevod bo'ladi degan edi. Ana shunga oydinlik kiritib bering . Javob uchun oldindan rahmat !
Assalomu alaykum Xushnudbek aka.Xorijdan óqishni kóchirish 189 ball lik sistema bóyicha olingan bólsa,2022-2023-óquv yili uchun maksimal ball 280,5 qilib rejalashtirilgan.DTM masʼullarining tasdiqlagan qarori bóyicha shu yil ham 189 balllik sistema bóyicha test olinadimi.Yoki Xorijiy mamlakatlar Ózbekistonga kóchirish ballari ham hali óshanga qarab ózgaradimi.Shu haqida maʼlumot berib óting.Ismim,Kamoliddin Rahmatov.Samarqanddanman.Javobingizni kutaman.
Show next 100 comments