KUNTESTI da nega uzilishlar boʻlmoqda?

3 kundan buyon mobil ilova ishlashida uzilishlar kuzatilmoqda. Sababi hozirda eski versiya va yangi versiya ikkalasi ham ishlayotganida. Bugundan eski versiyani oʻchirish boʻyicha soʻrov joʻnatdik, sababi birgina eski versiyaning oʻzi 50 mingdan ortiq yuklab olingan. Erta tongda va kechki payt (ota-onalar farzandlari bilan birga vaqtida) server koʻtara olmayapti. Eski versiyasini oʻchirganimizdan keyin, serverlarni ham kuchaytiramiz.

Foydalanuvchilar koʻpayishi orqali bunday muammo kelib chiqishi aslida “yoqimli bosh ogʻriq”, lekin tez orada hal qilishga va’da beramiz. Esingizda boʻlsa, 16-yanvarda saytimizda ham shunday muammo kuzatilgan edi. Serverini 4 barobar kuchaytirdik (bularning barchasi katta mablagʻ talab etadi) va hozir sayt boʻyicha umuman muammo yoʻq. Endi mobil ilovamiz joylashgan serverni ham 3-4 marta kuchaytiramiz.

Biz bilan birga ekanligingiz uchun tashakkur, noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!

9 comments

Муаттар Расулова
Тугри топганлар борми?
Муаттар Расулова
Тепадиги саволга?
Testlar hali yòqku
Charchamanglar, ishlarizga omad, xalqni farzandi uchun jon kuydiradigan shunday mard o'g'lonlar ko'paysin. Olloh madadkor bo'lsin
Nargiza Mansurxanovna
Лекин биз хали хам регестр.ута олмаяпмиз😔
Луиза Бурхановна
Чарчаманлар катта рахмат
Assalomu aleykum.Ha hich kirib bulmadi rosa aylanib turdi.Tugrilandimi. Uzimizdan mikin dib turganmdim.Tezro tuzalib ketsin.Omad.Rahmat
Khiso va Kun testi jamoasiga katta rahmat, olloh rozi bo'lsin. Farzandlarimizni bilimli va aqlli bo'lishlarida qilayotgan har bir ishlaringiz tahsinga loyiq.
Ozada Oynura Zevarjon
Testlarga ulanib bolmayabdiku