3 kundan buyon mobil ilova ishlashida uzilishlar kuzatilmoqda. Sababi hozirda eski versiya va yangi versiya ikkalasi ham ishlayotganida. Bugundan eski versiyani oʻchirish boʻyicha soʻrov joʻnatdik, sababi birgina eski versiyaning oʻzi 50 mingdan ortiq yuklab olingan. Erta tongda va kechki payt (ota-onalar farzandlari bilan birga vaqtida) server koʻtara olmayapti. Eski versiyasini oʻchirganimizdan keyin, serverlarni ham kuchaytiramiz.
Foydalanuvchilar koʻpayishi orqali bunday muammo kelib chiqishi aslida “yoqimli bosh ogʻriq”, lekin tez orada hal qilishga va’da beramiz. Esingizda boʻlsa, 16-yanvarda saytimizda ham shunday muammo kuzatilgan edi. Serverini 4 barobar kuchaytirdik (bularning barchasi katta mablagʻ talab etadi) va hozir sayt boʻyicha umuman muammo yoʻq. Endi mobil ilovamiz joylashgan serverni ham 3-4 marta kuchaytiramiz.
Biz bilan birga ekanligingiz uchun tashakkur, noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!
Khiso va Kun testi jamoasiga katta rahmat, olloh rozi bo'lsin. Farzandlarimizni bilimli va aqlli bo'lishlarida qilayotgan har bir ishlaringiz tahsinga loyiq.