⚡️ДТМ ўз сайтида тест синовлари 2 та фандан бўлиши ҳақидаги режани маълум қилди

«Коронавирус пандемияси шароитидаги карантин абитуриентларимизнинг ўқишга кириш тайёргарлигига ҳам жиддий таъсир кўрсатмоқда», - дейилади ДТМ сайтидаги хабарда.

«Ана шундай чекловлар даврида абитуриентларимиз ўзлари хоҳлаганларидек тайёргарлик кўра олмадилар. Бунақа пайтда уларга ёрдам бериш, енгилликлар яратиш, фақат битирувчилар учун эмас, балки абитуриентлар учун ҳам фойдалидир.

Бу йил абитуриентларнинг уйидан чиқмаган ҳолда рўйхатдан ўтишини ташкил этиш, тест топшириқларини соддалаштириш, кириш тест синовларини содда шаклда ва қисқа вақт ичида ўтказиш каби енгилликлар яратиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.

Жорий йилнинг 30 апрель куни Президентимиз раҳбарлигида ўтган йиғилишда белгиланган топшириқлар ва тасарруфида ОТМлари мавжуд бўлган вазирлик, идора, ташкилотлар томонидан киритилган таклифлар асосида ҳамда абитуриентларни қийнаб қўймаслик мақсадида фақат 2020-2021-ўқув йили учун истисно тариқасида қабул тест синовлари мажбурий фанларсиз, 2 та мутахассислик фанларидан ўтказилиши режалаштирилмоқда. Ушбу 2 та мутахассислик фанлари 2019 йил декабрь ойида белгиланган тартибда тасдиқланиб, кенг жамоатчиликка эълон қилинган эди.

Алоҳида таъкидлаш керакки, инфекция бутунлай бартараф этилмаган шароитда абитуриентларнинг 1000 ўринлик биноларда 3-4 соат қолиб кетишига йўл қўйиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам мазкур ўқув йилида тест синовлари ўтказиладиган биноларда кўпи билан 700 тагача ўрин тайёрланади, ҳар бир абитуриент учун камида 3 кв.м жой ажратилади, санитария-гигиена талабларига биноан, уларда ниқоб, қўлқоп билан тестда иштирок этиши таъминланади. Абитуриентнинг тана ҳарорати ўлчангач, бинога киритилади. Бинолар камида 4 маротаба дезинфекция қилинади. Буларнинг бари тест топширувчилар, гуруҳ назоратчилари ва жараёнга жалб этилган бошқа шахсларнинг саломатлигини ҳимоялаш мақсадида амалга оширилади.

Қайд этилган ушбу жараён ҳам карантин чекловлари бутунлай олиб ташлангандан сўнг амалга оширилади.

Кейинги ўқув йилидан бошлаб, ҳамма жараён белгиланган тартиб-қоидалар асосида бўлишини такроран эслатиб ўтамиз».


👉 @xushnudbek 👈

1230 comments

Show 100 more comments
Assalomu Alaykum Xushnudbek aka.Dtm saytida bir ma'lumotga ko'zim tushdi.Ya'ni, test sinovlari 2ta mutaxasislik fanlardan emas balki 2ta majburiy fanlardan ham bo‘lishi mumkin deyishyapti, buni qanday tushunsak bo'ladi.Agar men to'g'ri tushungan bo‘lsam O‘zbekistondagi hamma abiturientlar bir xil fanlardan imtihon topshiradimi?
Гулнора Каххоровна
Bu yil 2ta mutaxasislikka topshirish aniq boldimi
Salom Xushnudbek aka. Kechirasiz sizga bir savol bilan murojaat qipmoqchiman. Bu yil o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishining sirtqi shakliga topshirmoqchiman. Lekin bu yilgi bloklarning qanday bo'lishi haqida to'liq ma'lumotga ega emasman. Aytishlaricha bu yil sirtqi va kunduzgi yo'nalishning bloklari turli xil bo'lar ekan. Men ona tili va ingliz tili fanlari bo'yicha tayyorgarlik ko'rayotgandim. Lekin eshitishim bo'yicha o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishining sirtqi shakliga bu fanlar to'g'ri kelmaydi. Agar shunaqa bo'lsa ona tili va ingliz tili fanlariga tayyorgarlik ko'rayotganlarga ona tili va adabiyoti ga yaqinroq qanday yo'nalishlar borlogini ayta olasizmi. Iloji bo'lsa sirtqi yo'nalishlarini ham. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
🌼🌼Erkatoy🌼🌼
Aslini olganda hamma òzicha haq. Òzinikini ma'qullayapti . Bir sòz bilan aytganda kòplar òzini òylayapti lekin prezidentimiz davlatimiz hammamizmi òylayapti buni nimasi yomon norozilarga maslahatim shukr va sabr qiling axir hozir hamma sinovda
🌼🌼Erkatoy🌼🌼
Men ham sentyabrdan beri 5 ta fan òqiyman lekin hozirgi vaziyatni inobatga olsak 2 fan topshirganim eng yaxshi tanlov
🌼🌼Erkatoy🌼🌼
Norozilik bildirishdan oldin hammani òylash kerak faqat òzini emas oldin tangani 2 chi tomonini ham òylash kerak
Muzaffar
Assalomu aleykum Xushnudbek aka menda savol bor : bu barcha abituriyentlarni qiziqtirayotgan savol Ona tili yo'nalishini qiziq qiziq ma'lumotlar tarqalyapti buni qarangki, endi Ona tili va adabiyot yo'nalishiga topshirish asosiy fanlar ONA TILI va ChET TILI bo'lsa,, Universitetga emish bu qanchalik to'g'ri? Endi ONA TILI va TARIX bo'lsa institutga shu kabi tarqalayotgan xabarlar FEYK xabarmi yoki haqiqat buni ko'plab abituriyentlar kanal gruppalarda shunday xabarlar tarqalyapti shu ochiq oydin qonunlar bilan kanalga qo'yishingizni so'rayman bu biz uchun juda muhim. Bu savolni etiborsiz qoldirmaysiz degan umiddaman!!!
🇺🇿Abituriyentlarga shu haqda to'liq tushintirsangiz. Barcha noto'g'ri tushinyapti.
Aniq endi 2 ta fandan test buladimi.
Khanayev
talabalik hammaga narib qilsin
Juda yaxshi ish boldi. Nimasi kerak 3ta kerakmas fanni yodlab. Baribir oqish davomida esdan chiqib ketadi ular. Undan kora motaxassislik faniga qattiqroq tayyorlangan yaxshi. Foydali qaror boldi.👏👏👏
Assalom u aleykum. IELTS masalasiniyam koʻrib chiqishsa boʻlardi nimaga b1 olganlarga imkoniyat boru IELTS 5 olganlarga yoʻq
Assalomu alekum.Xushnud aka szdan iltimos srtqi yonalishlar togrsda xam ma'lumotlar bering bu yil man MTT topshirmoqchiman ammo xech qanday ma'lumotga ega emasman otgan yili 5ta fandan imtixon bolgan edi bu yilchi? iltimos ma'lumot berin
💫👑Miracle👑💫
Mana Qozog'iston o'qishi chiqib ko'pchilik uqimay yurganlar ham shuyoqa topshirib osongina uzimizga bez egzamin perevod qildi. Lekin bu yerda egzamin bn qat'iy tartib asosida kirganlarga nisbatan bu nohaqlik. Chunki o'z kuchi bn kirish un qancha vaqti va qanchalab pulini sarf qilishadi va bu kirgangacha davom etadi. Kupchiligi uynab yurib oxirida uqish kerakligini bilib Qozogistonga topshirishyaptida. Ham bu yilgi test sinovi mayli 5ta qiyin deyildi lekin 2tayam juda ozmasmikin hech bulmasa 3ta qilish kerak edi. O'qiyman degan abituriyent shamni yorug'idayam o'qiydi
Hozir agar shu qaror tasdiqlansa 5ta fan õqiganlar bilan 2ta fan õqiganlarning darajasi teng bôlib qoladi.Lekin vijdonan aytganda menam 5ta tôliq õqiganim yõq biroq õqiganlarchi ularni taqdiri nima bõladi axir ularda nima ayb hozir bu qaror tasdiqlansa menga va boshqa yan 5ta fanni tõliq ôqimaganlarga yaxshi zõr bõladi lekin õqiganlarga insofsizlik bõmidimi.Xullas DTMdagilarga nima bõlyapti õzi maqsad savollarni osonlashtirishmi yoki 5ta fan õqiganlarni qiynashmi?
Nechta yonalishga topshirsa boladi
✈️✈️ALIShER✈️✈️
IKKITA FAN TANLANGANLIGI JUDA YAXSHI QAROR BO‘LIBDI!LEKIN BIR SAVOL:ENDI TEST SAVOLLARING SONICHI?30TADAN ORTIQ BO‘LADIMI?NEGA BU HAQIDA ANIQLIK KIRITILMAYAPTI?SHUNGA HAM IZOH BERSINLAR...
Карорда айтилишича 2020-2021-йилда (яъни хозирги 10-синф битирувчилари) хам 2 та фандан имтихон топшириши РЕЖАЛАШТИРИЛМОКДА. Келаси йил укишга топширадиганлар анник 2та фандан топширадими👆? Ахир уз она тилисини билмаган кадрдан нима кутиш мумкин? Зеро, "Уз тарихини билмаган халкнинг келажаги юк". Бу каби кадрлар билан кандай килиб фукаролик жамияти курамиз? Менимча 5та фан жуда маъкул.
Nigora Jumayeva
Yuqorida aytilgan fikirlaga qushilaman 5ta fandan tayyorgarlik kurayotgan bulajak talabalarimiz bemalol boshqa otmga ham topshira oladi biriga bolmasa albatta boshqa OTM ga kiradi buni nimasi yomon
Nigora Jumayeva
Hamma abutrentlarimizi ham 5ta fandan tayyoargarlik kurish un imkoniyati yetmedi tayyorlov kurslari esa tekin oqitmedi 2 ta fan esa ulaga og'irlik qilmaydi 😉
Nigora Jumayeva
Hurmatli Xushnudbek mn bolsa sirtqi bolimlar haqida ham ma'lumot bering iltimos .
Show next 100 comments