⚡️ДТМ ўз сайтида тест синовлари 2 та фандан бўлиши ҳақидаги режани маълум қилди

«Коронавирус пандемияси шароитидаги карантин абитуриентларимизнинг ўқишга кириш тайёргарлигига ҳам жиддий таъсир кўрсатмоқда», - дейилади ДТМ сайтидаги хабарда.

«Ана шундай чекловлар даврида абитуриентларимиз ўзлари хоҳлаганларидек тайёргарлик кўра олмадилар. Бунақа пайтда уларга ёрдам бериш, енгилликлар яратиш, фақат битирувчилар учун эмас, балки абитуриентлар учун ҳам фойдалидир.

Бу йил абитуриентларнинг уйидан чиқмаган ҳолда рўйхатдан ўтишини ташкил этиш, тест топшириқларини соддалаштириш, кириш тест синовларини содда шаклда ва қисқа вақт ичида ўтказиш каби енгилликлар яратиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.

Жорий йилнинг 30 апрель куни Президентимиз раҳбарлигида ўтган йиғилишда белгиланган топшириқлар ва тасарруфида ОТМлари мавжуд бўлган вазирлик, идора, ташкилотлар томонидан киритилган таклифлар асосида ҳамда абитуриентларни қийнаб қўймаслик мақсадида фақат 2020-2021-ўқув йили учун истисно тариқасида қабул тест синовлари мажбурий фанларсиз, 2 та мутахассислик фанларидан ўтказилиши режалаштирилмоқда. Ушбу 2 та мутахассислик фанлари 2019 йил декабрь ойида белгиланган тартибда тасдиқланиб, кенг жамоатчиликка эълон қилинган эди.

Алоҳида таъкидлаш керакки, инфекция бутунлай бартараф этилмаган шароитда абитуриентларнинг 1000 ўринлик биноларда 3-4 соат қолиб кетишига йўл қўйиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам мазкур ўқув йилида тест синовлари ўтказиладиган биноларда кўпи билан 700 тагача ўрин тайёрланади, ҳар бир абитуриент учун камида 3 кв.м жой ажратилади, санитария-гигиена талабларига биноан, уларда ниқоб, қўлқоп билан тестда иштирок этиши таъминланади. Абитуриентнинг тана ҳарорати ўлчангач, бинога киритилади. Бинолар камида 4 маротаба дезинфекция қилинади. Буларнинг бари тест топширувчилар, гуруҳ назоратчилари ва жараёнга жалб этилган бошқа шахсларнинг саломатлигини ҳимоялаш мақсадида амалга оширилади.

Қайд этилган ушбу жараён ҳам карантин чекловлари бутунлай олиб ташлангандан сўнг амалга оширилади.

Кейинги ўқув йилидан бошлаб, ҳамма жараён белгиланган тартиб-қоидалар асосида бўлишини такроран эслатиб ўтамиз».


👉 @xushnudbek 👈

1230 comments

Show 100 more comments
Xushnudbek aka agar iloji boʻlsa IELTS masalasiniyam soʻrab bering
Dildora
Salom.Jurnalistikaga qanday imtihon bo'ladi.Ona tili Ingliz tilidanmi yoki ona tili va amaliymi
Go'zal
Xushnudbek aka agar iloji boʻlsa IELTS masalasiniyam soʻrab bering
BC da 30maydan boshlashi rejalashtirilmoqda, lekin idp hali biror gap aytmadi
Pakhlavon
Jismoni madaniyat chi 🤕
Doimgiday 2 hafta qolganida aytiladimi
Amaliy topshiradiganlarda qanday buladi
Muxlisa Abduraxmonova
Sug'diyona
Fikrizga qushilaman buni nohaqlik ekanligini faqat uqiganla his qiloladi
Men ham shuni aytyamman faqat ozilari òylamaylar diyilyatiyu òzimizi ozimiz òylamasak bizi hech kim oylayotgani yoku
Muxlisa Abduraxmonova
Hali qaror rejalashtirilmoqda bòlsa sorab qolardimki DTM azolaridan 5 ta fandan qilishlarini shunda hech qanday nohaqliklar bòlmaydi yoqsa bòshida 3tafan edi shundòĝligicha qolishi kk edi kop abitruentlar 5 ta fanga jonini berib oqiganlar bor shularni ham ozgina òylasaylar bòlar edi bu òta nohaqlik bòladi agar 2 ta fan bòlsa
Dilshodbek Salimov
5 ta fan bomasligi adolatsizlik degan "adolat talabgorlari" ga bitta savolim bor. Xosh miyelani ishlatila 5 ta fan bolsa adolat boladimi. Kimdurla 3 ta fan. Kimdurla 4 ta fan oqishiga tori keladi biologiya kimyo oqiganla 5 ta fan oqishiga tori keladi. Ayni vaziyatda eng maqbul qaror 2 ta fan. Ozi avvalo 5 ta fan tizimi kamchiliklarga ega
Bc da 30 iyundan boshlanarkanmi registratsiya yana
Ungacha boʻlmasakanmi
Muxlisa Abduraxmonova
Dilshodbek Salimov
5 ta fan bomasligi adolatsizlik degan "adolat talabgorlari" ga bitta savolim bor. Xosh miyelani ishlatila 5 ta fan bolsa adolat boladimi. Kimdurla 3 ta fan. Kimdurla 4 ta fan oqishiga tori keladi biologiya kimyo oqiganla 5 ta fan oqishiga tori keladi. Ayni vaziyatda eng maqbul qaror 2 ta fan. Ozi avvalo 5 ta fan tizimi kamchiliklarga ega
Kerak bolsa hammasini òqish kk edi. Sizga ham savolim majburiy fanlar bòlishini nimasi yomon majburiy fanlar 1 darajadagi savollar tushadi deyilgan shuni ishlolmaydimi hech kim mablaĝi yetmaslik bu baxona izlagan imkon topar izlamagan baxona òsha mablaĝi yetmaydiganlar maktab òqituvchilaridanmi yoki bòsh1a oqiydigan tanishlaridanmi iltimos qilib ozgina yalinsa ham shular tushuntirib beradi 5 ta fan bolishi hech kimga halaqit bermaydi siz òqimagan ekansizda oo 5 tafanni siz oqimagan bòlsangiz biz òqiganmiz shuncha vaqtimizni sarflab
Muxlisa Abduraxmonova
Keyin qòshtirnoq ichidagi adolat talabgorlari emas haqiqattan ham adolat talabgorlarimiz sizlardan farqli òlaroq
Muxlisa Abduraxmonova
DTM a'zolaridan iltimos qilardimki 5 ta fan bolishini qaytadan korib chiqishlarini
Muxlisa Abduraxmonova
5 ta fan bòlishi hech kimga halaqit bermaydi hurmatli DTM a'zolari
Dilshodbek Salimov
5 ta fan bomasligi adolatsizlik degan "adolat talabgorlari" ga bitta savolim bor. Xosh miyelani ishlatila 5 ta fan bolsa adolat boladimi. Kimdurla 3 ta fan. Kimdurla 4 ta fan oqishiga tori keladi biologiya kimyo oqiganla 5 ta fan oqishiga tori keladi. Ayni vaziyatda eng maqbul qaror 2 ta fan. Ozi avvalo 5 ta fan tizimi kamchiliklarga ega
To'g'ri aytasiz. 5 ta fan kamchilikka ega
Buni bizda sinab korishyaptida Aka, Togrimi? Yana bir narsa 2 TA FAN DEB HAMMAYOQGA JAR SOLAYOTGANLAR QACHONDAN BOSHLAB DTMNI aytganini qiladigan bop qoldilar, shunga javob berilar. Ollohga shukur 5 ta emas hamma fanni oqiganmiz MAKTABDA. Buning un repetitorlar shartmas. Yoki Internet Yoq joylarda Maktab ham yoqmi. Keyin PREZIDENTIMIZ hamma yoshlar bilimli bo'lsin deb aytgan 5 ta fan bolishini. KKIMGA KERAK BO'LSA OSHA OQURSIN KELAJAKDA FOYDA BOLADI OZIGA DEMAGAN, OTAMIZ hammani Oylab MAJBURIY deb aytgan. Sizlarga bu qarorlar yoqib tushayotgan bo'lishi aniq!!! Sizlarga savolim bor, nima uchun aynan shunaqa qaror chiqqandan Keyin ovozlarin Kotarilib ketti. Oldinroq Unaqa emas edi shekilli. Hamma ozini bilib majburiy fanni oqiyotgandimi? Xo'sh 5 ta fandan oqiganlar bilib qoyin 2 lasiga ham tayyor. Ular nimadan xafa ayteymi? Adolatsizlikdan, doim xorak bolishdan. Noliyvermelar deysizlar,Ollohga shukur hech Kim Kim nolimayapti. Sogligimiz joyida. Biz 5 ta fan bolishi tarafdorimiz. Axir Biz ham Ozbekiston fuqarosimizku Togrimi? 2 ta fan o'qiganlarni ham tushunaman Bazilari yetkaza olmagan. Nima qilish kerak unda. Demak Hukumat Qandaydir ADOLATLI QARORNI chiqarsin.!!!
Show next 97 comments