⚡️ДТМ ўз сайтида тест синовлари 2 та фандан бўлиши ҳақидаги режани маълум қилди

«Коронавирус пандемияси шароитидаги карантин абитуриентларимизнинг ўқишга кириш тайёргарлигига ҳам жиддий таъсир кўрсатмоқда», - дейилади ДТМ сайтидаги хабарда.

«Ана шундай чекловлар даврида абитуриентларимиз ўзлари хоҳлаганларидек тайёргарлик кўра олмадилар. Бунақа пайтда уларга ёрдам бериш, енгилликлар яратиш, фақат битирувчилар учун эмас, балки абитуриентлар учун ҳам фойдалидир.

Бу йил абитуриентларнинг уйидан чиқмаган ҳолда рўйхатдан ўтишини ташкил этиш, тест топшириқларини соддалаштириш, кириш тест синовларини содда шаклда ва қисқа вақт ичида ўтказиш каби енгилликлар яратиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.

Жорий йилнинг 30 апрель куни Президентимиз раҳбарлигида ўтган йиғилишда белгиланган топшириқлар ва тасарруфида ОТМлари мавжуд бўлган вазирлик, идора, ташкилотлар томонидан киритилган таклифлар асосида ҳамда абитуриентларни қийнаб қўймаслик мақсадида фақат 2020-2021-ўқув йили учун истисно тариқасида қабул тест синовлари мажбурий фанларсиз, 2 та мутахассислик фанларидан ўтказилиши режалаштирилмоқда. Ушбу 2 та мутахассислик фанлари 2019 йил декабрь ойида белгиланган тартибда тасдиқланиб, кенг жамоатчиликка эълон қилинган эди.

Алоҳида таъкидлаш керакки, инфекция бутунлай бартараф этилмаган шароитда абитуриентларнинг 1000 ўринлик биноларда 3-4 соат қолиб кетишига йўл қўйиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам мазкур ўқув йилида тест синовлари ўтказиладиган биноларда кўпи билан 700 тагача ўрин тайёрланади, ҳар бир абитуриент учун камида 3 кв.м жой ажратилади, санитария-гигиена талабларига биноан, уларда ниқоб, қўлқоп билан тестда иштирок этиши таъминланади. Абитуриентнинг тана ҳарорати ўлчангач, бинога киритилади. Бинолар камида 4 маротаба дезинфекция қилинади. Буларнинг бари тест топширувчилар, гуруҳ назоратчилари ва жараёнга жалб этилган бошқа шахсларнинг саломатлигини ҳимоялаш мақсадида амалга оширилади.

Қайд этилган ушбу жараён ҳам карантин чекловлари бутунлай олиб ташлангандан сўнг амалга оширилади.

Кейинги ўқув йилидан бошлаб, ҳамма жараён белгиланган тартиб-қоидалар асосида бўлишини такроран эслатиб ўтамиз».


👉 @xushnudbek 👈

1230 comments

Show 100 more comments
Muxlisa Abduraxmonova
DTM a'zolaridan iltimos qilardimki 5 ta fan bolishini qaytadan korib chiqishlarini
Muxlisa Abduraxmonova
5 ta fan bòlishi hech kimga halaqit bermaydi hurmatli DTM a'zolari
Dilshodbek Salimov
5 ta fan bomasligi adolatsizlik degan "adolat talabgorlari" ga bitta savolim bor. Xosh miyelani ishlatila 5 ta fan bolsa adolat boladimi. Kimdurla 3 ta fan. Kimdurla 4 ta fan oqishiga tori keladi biologiya kimyo oqiganla 5 ta fan oqishiga tori keladi. Ayni vaziyatda eng maqbul qaror 2 ta fan. Ozi avvalo 5 ta fan tizimi kamchiliklarga ega
To'g'ri aytasiz. 5 ta fan kamchilikka ega
Buni bizda sinab korishyaptida Aka, Togrimi? Yana bir narsa 2 TA FAN DEB HAMMAYOQGA JAR SOLAYOTGANLAR QACHONDAN BOSHLAB DTMNI aytganini qiladigan bop qoldilar, shunga javob berilar. Ollohga shukur 5 ta emas hamma fanni oqiganmiz MAKTABDA. Buning un repetitorlar shartmas. Yoki Internet Yoq joylarda Maktab ham yoqmi. Keyin PREZIDENTIMIZ hamma yoshlar bilimli bo'lsin deb aytgan 5 ta fan bolishini. KKIMGA KERAK BO'LSA OSHA OQURSIN KELAJAKDA FOYDA BOLADI OZIGA DEMAGAN, OTAMIZ hammani Oylab MAJBURIY deb aytgan. Sizlarga bu qarorlar yoqib tushayotgan bo'lishi aniq!!! Sizlarga savolim bor, nima uchun aynan shunaqa qaror chiqqandan Keyin ovozlarin Kotarilib ketti. Oldinroq Unaqa emas edi shekilli. Hamma ozini bilib majburiy fanni oqiyotgandimi? Xo'sh 5 ta fandan oqiganlar bilib qoyin 2 lasiga ham tayyor. Ular nimadan xafa ayteymi? Adolatsizlikdan, doim xorak bolishdan. Noliyvermelar deysizlar,Ollohga shukur hech Kim Kim nolimayapti. Sogligimiz joyida. Biz 5 ta fan bolishi tarafdorimiz. Axir Biz ham Ozbekiston fuqarosimizku Togrimi? 2 ta fan o'qiganlarni ham tushunaman Bazilari yetkaza olmagan. Nima qilish kerak unda. Demak Hukumat Qandaydir ADOLATLI QARORNI chiqarsin.!!!
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Manimcha bu yili oldingi yillardagiga o'xshab 3 ta fan bo'lgani yaxshi edi.
Fayzullayeva Muharramoy Akmaljon qizi 1- guruh
Hurmatli DTM imtihondan 1 kun oldin aytasizlarmi imtihon qaysi fanlardan boʻlishini sentyabrdan biri shu muommo majburiy fan boʻlsa boʻlsin anigʻini aytilarda endi abituryentlar shundogʻam 2 oydan biri masofaviy oʻqishib nima boʻlsa boʻlyapti bizga qisqa aniq javob kerak 2 ta ixtisoslashgan fan yoki 5 ta blok yechasizlar shu narsani ayting .Biz shu kungacha nima boʻlarkin dib shu kunga yetib keldik 12 may kuni aniq boʻladi deganlar qani aytilarda endi .Taʼlim vazirligi DTM sal insofliroq boʻlilar....
Qanday qilib DTMNI rasmiy insonlari bilan boglansa bo'ladi? Biladiganlar yozilar. 1914 ga qisez faqat xodimlar olyapti!!
Fayzullayeva Muharramoy Akmaljon qizi 1- guruh
Bu nima diganiz bugun birinchidan 13 - may 1- avgustgacha 5 ta fanni zoʻr oʻqilikmi yoki 2 ta fanmi kimyo biologiya oʻqiydiganlar nima qilishsin bu yozyotganlarimizi bironta DTM xodimi koʻradimi oʻzi
yaxshi bbdi 2 ta fan bb🤩🤩
Abduvohidov Ahrorbek°°°
DtM ga katta Rahmat
Adolatli bulganliklari uchun
Boshqalarni kura olmaslik yaxshimas
Hamma uzini bilsin
Mukhammadjonova♡
Bu ham bolsa bizni va boshqalarni xavfsizligini òylab qilingan ish. Majburiy fanlarni òqigan bolsak òzimiz uchun yaxshi.
Mahliyo
Biz 2ta fan bolishi tarafdorimiz nega 2ta fan bòlmas ekan nima sababdan bu qaror chiqadi hammani arosatda qoldirib biz majburiy fanlarni endi boshlagan edik ulgurolmay qolamizku onlayn dars deysiz lkn unda hecham mukammal òrgana olmaymiz unda oldin tayyorlanganlar kirib ketaveradimi 5fan tayyorlanganlar adolatsizlik deydi bizchi ular ham òzlarini òylab aytishyabdi bizni kim òylaydi òzimiz kutgandek tayyorlana olmadik endi nima qilamiz
Bal qandey beriladi ikkalsigiyam bir xil mikan???
Hozirgi sharoitda eng tuģri yòl bu, òqigan odam har qanaqasiga òz bilimini kòrsatib òqishga kira oladi... Rahbarlarimiz har tomonlama òylab keyin chiqarishgan bu qarorni...
Asadbek Teshaboyev
Nimaga SENTYABRDA chiqqan qarorni qimasdan, Hozirgi qarorni maqullayapsiz?
Endi hamma tayyorlanganiga qarab munosabat bildiryapti-da qarorga. Aslida sentabrdan tayyorlanish kerak edi. Bunga karantinni 30% aloqasi bulishi mumkin. Bu uchun 5ta fanni qisqartirish bizga yengillik emas aslida. Buni afsuski hamma tushunmaydi
Aziza Karimova
Assalomu alaykum Xushnudbek, magistraturaga topshirsh haqida ham malumot bersangiz, iltimos
Salom Xushnud aka ikkinchi mutaxassislik va magistratura haqida ham ma'lumot bersangiz !
Bu haryilgi oyinlardan bittasi otgan yilham dtm nima bolishini oxirida aytgandi buyilku pandemiya dep bahona qilado
Show next 79 comments